Namozov Ulug’bek tayyorlov kursi 8-sinf 2-nazorat ishi
Download 91.12 Kb.
|
8-sinf 2-NI(12
Namozov Ulug’bek tayyorlov kursi 8-sinf 2-nazorat ishi 1.Umurtqa pog'onasi bo'limlarini ularga mos kelgan umurtqalar soni bilan birga juftlab ko'rsating: a-bo'yin, b-ko'krak,d-bel,e-dumg'aza,f-dum, g-umurtqalar; 1)5 ta, 2)5 ta harakatsiz birikkan, 3)4-5 ta , 4) 7 ta, 5) 12 ta, 6)33-34 ta. A)a-4,b-5,d-2,e-1,f-3,g-6 B) a-6,b-5,d-1,e-2,f-3,g-4 C) a-4,b-3,d-1,e-2,f-5,g-6 D) a-4,b-5,d-1,e-2,f-3,g-6 2.Ko'krak qafasi skleleti suyaklari va ular sonini juftlab yozing: a-umurtqalar, b-qovurg'alar, d-haqiqiy qovurg'alar, e-soxta qovurg'alar,f-yetim qovurg'alar, g-to'sh; 1)7 juft, 2) 2juft, 3) 1 ta, 4) 3 juft, 5)12 juft, 6)12 ta. A)a)-6,b-5,d-1,e-4,f-2,g-3 B) a-6,b-1,d-5,e-4,f-2,g-3 C) a-3,b-5,d-1,e-4,f-2,g-6 D) a-6,b-5,d-4,e-1,f-2,g-3 3.Birikish xillari va ularga mos kelgan suyaklarni juftlab yozing: a-harakatchan, b-chala harakatchan, d-harakatsiz chokli, e-harakatsiz choksiz; 1-kalla suyaklari, 2-umurtqa pog'onasi, 3-chanoq, dumg'aza umurtqalari,yuz 4-qo'l va oyoqning naysimon suyaklari. A)a-4,b-1,d-2,e-3 B) a-4,b-2,d-1,e-3 C) a-3,b-2,d-1,e-4 D) a-1,b-2,d-4,e-3 4. Odam organizmida faqat uzun g’ovak guyaklar bilan tutashadigan uzun g’ovak suyakni yozing______________________________ 5. ko’krak qafasida nechta suyak bor______________________________________________________________________________ 6. 18-umurtqaga bilan tutashgan suyaklarni sonini aniqlang. A.chin qovurg`alar ,2 ta va 2 ta umurtqa B.2ta tarafida umurtqa suyaklari C.soxta qovurg`alar ,2 ta va 2 ta umurtqa D.yetim qovurg`lar,1-juft va 2 ta umurtqa 7. Kalta naysimon (1), kalta g'ovak (2), yassi (3), g'alvirsimon (4) suyaklar turiga mos suyaklarni juftlang. a) barmoq; b) kaft; c) umurtqa; d) kaftusti; e) ensa; f) ponasimon suyak; j) kurak; h) peshona A) 1 - a, b; 2 - c, d; 3 - e, j; 4 - f, h B) 1 - c,d; 2-a, b; 3 - e, j; 4 - f, h C) 1 - a, b; 2-c,d; 3- f, j; 4 - e, h D) 1-b, d; 2-a,c; 3- e, j; 4 - f, h 8. "Soxta" qovurg'alar qayerga birikadi? A) to'sh suyagiga B) o'zaro va yettinchi qovurg'aning tog'ayiga C) o'zaro va qorin muskullari orasida yotadi D) o'zaro va o'mrov suyagiga 9. Umurtqa pog'onasining qaysi qismlarida lordoz (1) va kifoz (2) egilishlari bo'ladi? ________________________________________ 10. Qo'lning erkin suyaklariga kirmaydigan suyaklarni belgilang. a) yelka; b) bilak-tirsak; c) kaft usti; d) panja; e) o'mrov; f) kurak A) c, d B) e, f C) a, e Dhammasi kiradi 11.Naysimon suyaklarning ko'migi(a),o'rta qismi(b),ichki qismi(c) qanday bo'ladi? A)a-kovak, b-tig'iz, c-g'ovak B) a-tig'iz, b-kovak, c-g'ovak C) c-kovak,b-tig’iz,a-g'ovak D)to’g’ri javob yo’q 12.Naysimon suyaklarning kovagi nima bilan to'lgan? A)yog'simon sariq ilik B)qizil ilik C)tig'iz modda D)A va B javoblar to'g'ri 13.Uzun g'ovak suyaklarning umumiy soni nechta? A)27 B)37 C)12 D)37 14.Jarohatlanish xillari va ularda ko'rsatiladigan birinchi yordamni juftlab yozing: a-pay cho'zilganida, b-suyak chiqqanida,d-suyak ochiq singanida, e-suyak yopiq singanida, f-umurtqa pog'onasi shikastlanganida,h-miya qutisi shikastlanganida, g-qovurg'a singanida; 1-odam tekis yuzaga yuztuban yotqizilib, tibbiy yordam chaqiriladi, 2-kishi orqasi bilan yotqiziladi,uning boshi biroz ko'tarib qo'yiladi, 3-bo'g'im qimirlamasligi uchun jarohatlangan qo'l bog'ich yordamida bo'yingga osib qo'yiladi,4-ko'krak qafasi sochiq bilan mahkam bog'lanadi, 5-singgan suyak dezinfeksiya qilinib, taxtakach qo'yiladi, 6-suyaklar qo'zg'almasligi uchun taxtakach qo'yib bog'lanadi,7-shikastlangan joyga muz yoki sovuq suv bosiladi va siqib bog'lab qo'yiladi. A)a-3,b-7,d-5,e-6,f-1,h-2,g-4 B) a-7,b-3,d-6,e-5,f-1,h-2,g-4 C) a-7,b-3,d-5,e-6,f-1,h-2,g-4 D) a-1,b-3,d-5,e-6,f-7,h-2,g-4 15. Nima sababdan umurtqa pog'onasi shikastlanganda jarohat olgan kishini yotqizilgan holatda olib yuriladi? A)chunki o'tirgan holda olib yurilganda uning umurtqalari siljib, bosh miyani shikastlashi mumkin B) chunki o'tirgan holda olib yurilganda uning umurtqalari siljib, orqa miyani shikastlashi mumkin C) chunki o'tirgan holda olib yurilganda uning umurtqalari siljib, uzunchoq miyani shikastlashi mumkin D) chunki o'tirgan holda olib yurilganda uning umurtqalari siljib, oraliq miyani shikastlashi mumkin 16.Qaysi javobdagi sinishda taxtakach qo'yib bo'lmaydi? A)umurtqa pog'onasi B)qovurg'alar singanda C)qo'l singanda D)oyoq singanda 15.Qanday jarohat olinganida orqasi bilan yotqiziladi? A)umurtqa pog'onasi B)miya qutisi C)qovurg'alari D)oyog'i 16.Muskullar va ular uchun xos belgilarni juftlab yozing: a-skelet muskullari, b-yurak muskullari,d-silliq muskullar; 1-tolalari duksimon kalta,sekin va kuchsiz qisqaradi,2-tolalari ingichka,ayrim qismlari orqali o'zaro yopishgan, tez va kuchli qisqaradi,3-tolalari ingichka uzun,ko'ndalang chiziqli, tez va kuchli qisqaradi. A)a-3,b-1,d-2 B) a-2,b-2,d-1 C) a-1,b-2,d-3 D) a-3,b-2,d-1 17.Qaysi muskullarning qisqarishi odam ixtiyoriga bog'liq emas? A)skaletl muskullar va yurak muskullari B)silliq muskullar va yurak muskullari C)qo'l muskullari va yurak muskullari D) A va B javoblar 18. Yelkaning oldingi va orqa qismi muskullari qanday vazifani bajaradi? A)qo’lni kaft sohasidan bukish va yozish B)qo’lni yuqoriga ko’tarish C)tirsak bo’g’imida bukish va yozish D)bo’yin harakatlari 19.Umurtqa pog'onasidagi qiyshayishlar necha xil bo'lishi mumkin? A) 4xil B)3 xil C)5 xil D)6 xil 20.Ichki muhiti va uning tarkibiy qismlarini ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing: a-ichki muhit, b-qon, d-limfa, e-to'qima suyuqligi; 1-tiniq,biroz sarg'ish suyqulik, limfa tomirlarida bo'ladi, 2-plazma va qon hujayralardan iborat,3-qon,limfa va to'qima suyuqligidan hosil bo'ladi,4-hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat. A)a-3,b-1,d-2,e-4 B) a-4,b-2,d-1,e-3 C) a-1,b-2,d-3,e-4 D) a-3,b-2,d-1,e-4 21.Qon funksiyalari va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: a-transport,b-himoya,d-gumoral boshqarish,e-ichki muhit doimiyligini saqlash; 1-leykotsitlar orqali amalga oshadi,2-sekretsiya bezlari sintezlaydigan faol moddalar orqali sodir bo'ladi, 3-kislorod va oziq moddalarni to'qimalarga yetkazish,almashinuv mahsulotlarini chiqarish,4-ichki muhit osmotik bosimi,suv va mineral moddalar miqdori,haroratning nisbiy doimiyligini saqlash. A)a-3,b-2,d-1,e-4 B) a-3,b-1,d-2,e-4 C) a-4,b-1,d-2,e-3 D) a-1,b-3,d-2,e-4 22.Terminlar va ularga mos keladigan javoblarni juftlab yozing: a-gomeostaz, b-izotonik eritma,d-antitela,e-gipotonik eritma; 1-0,9% li osh tuzi eritmasi, 2-ichki muhitning tarkibi, osmotik bosimi,fizik va kimyoviy xossalarning nisbiy doimiyligining turg’un holati 3-past konsentratsiyali eritma, 4-mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'lgan tanachalar. A)a-1,b-2,d-4,e-3 B) a-3,b-1,d-4,e-2 C) a-2,b-1,d-4,e-3 D) a-4,b-1,d-2,e-3 23.Qaysi shaklli elementlar limfa suyuqligi tarkibiga kirmaydi__________________________________________________________ 24.gipotonik eritma deb qanday konsentratsiyali eritmaga aytiladi? A)0,9% li B)0,9% dan past C)0,9% dan yuqori D)t.j.yo'q 25. tassavur qilamiz 82 kg lik odam berilgan , yuragining sistolik hajmi 75 ml bo’lsa u 1 soat mobaynida tinch holatda o’tirni va yana 2,5 soat mobaynioda jismoniy mehnat bilan shug’ullandi va shu vaqtda uning nafas olishi minimal nafasdan 2 barobar oshgan va va 20%ga chuqurlashgan , yurak urishi ham 20% ga oshgan bo’lsa A)shuncha vaqt ishida qon yurakni necha marta aylanib chiqadi B)kirgan havo tarkibidagi O2 ning qanchasi organizmga o’zlashtiriladi (O2 kirgan havoda 21% chiqarilganida esa 16% mioqdorida hisoblansin._______________________________ 26.Ulug’bekning yuragining sistolik hajmi 68 ml bo’lsa uning yurak qorinchalari qisqarib turgan holati 3 soatni tashkil qilsa uning yuragi shuncha vaqt ichida qancha qonni o’tkazgan?_____________________________________________________________ 27.Qon ivishi jarayonlarini tartib bilan ko'rsating: a-tromboplastin qon plazmasidagi protrombinni trombinga aylantiradi,b-qon oqishi toxtaydi, d-qon tomirlari jarohatlanganda trombotsitlar yoriladi, e-fibrin tolalari jarohatlangan joyini qoplab oladi, f-tromboplastin qon plazmasiga chiqdi, g-trombin qondagi fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi. A)d,f,a,g,e,b B) d,e,a,g,f,b C) g,f,a,d,e,b D) d,f,b,g,e,a 28. Katta yoshdagi odamlarda qaysi modda massasi 1500 grammga yetadi? A)jigar B)g'ovak moddasi C)sariq ilik D)tig'iz moddasi 29.Fibrin(a),girudin(b) va geparin(s) degan tushunchalarni ma'nosi bilan to'g'ri juftlab ko'rsating: 1-qon ivimasligi; 2-zuluklar so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda,3-jigar ishlab chiqaradigan modda,qonning tomirlarda ivishiga to'sqinlik qiladi,4-fibrinogenga trombin ta'sir etishidan hosil bo'lgan erimaydigan modda. A)a-1,b-2,4, s-3 B)a-4,b-2,s-3 C) a-1,b-4, s-3 D) a-3,b-2,4, s-1 30.Qon ivimasligi bu-_____________? A)anemiya B)gemofiliya C)kandidoz D)insult 31.Yadroga ega qon hujayrasining vazifasini to'g'ri belgilang? A)immunitet B)qon ivitish C)kislorod va oziq modda tashish D)barcha javob noto'g'ri 32.odam yuragi normal sharoitda 5 soat ishlaganda uning bo’lmachalari qancha vaqt diastola holatida dam oldan bo’ladi va 2 tavaqali klapon necha marta ochiladi_____________________________________________________________________________________________________ 33.yurak sistolik hajmi 75 ml bo’ib bir minutda 72 marta ursa 7 soatdan keyon yurak necha kg qon chiqarib beradi? 34.Qon guruhlarining donorlik va retsipientlik hususiyatlarini juftlashtirib yozing______________________________________________ 35.OITSning qaysi davrida badanga eshakyemi toshib ketishi kuzatiladi? A)o’tkir davr B)terminal davri C)latentlik davr D)OITSdan oldingi davr 36.Chap bo’lma qisqargan holatda bo’lsa ushbu yurak uchun to’g’ri bo’lgan fikrni aniqlang? A)o’ng qorincha qisqargan bo’ladi, 2tavaqali klaponlar ochiq bo’ladi B)o’ng bo’lmacha qisqargan bo’ladi, 2 tavaqali klapon yopiq bo’ladi C)o’ng qorincha bo’shashgan bo’ladi, 2 tavaqali klapon ochiq bo’ladi D)chap qorincha bo’shashgan bo’ladi, 3 tavaqali klapon yopiq bo’ladi 37.Nomlarni ularga mos tushunchalar bialn juftlab yozing: a-ikki tavaqali klapan,b-uch tavaqali klapan,d-yarimoysimon klapanlar,e-yurak sikli, f- yurak avtomatiyasi; 1-qorinchalardan chiqib, arteriya bo'shlig'iga ochiladi,2-chap bo'lmadan chap qorinchaga ochiladi, 3-o'ng bo'lmadan o'ng qorinchaga ochiladi,4-yurak muskullari impulslari ta'sirida qisqaradi,5-yurak bo'lmalari va qorinchalarining bir marta qisqarib bo'shashishi. A)a-1,b-2,d-3,e-5,f-4 B) a-5,b-6,d-4,e-3,f-1 C) a-2,b-1,d-3,e-5,f-4 D) a-2,d-1,e-5,f-4 ,b-3 38. Sog`lom odamning yurak sistolasida(a) va diastolasida(b) kuzatiladigan holatlarni aniqlang? 1.uch tavaqali klapan orqali qon o`tish vaqtida bo`lmachaning holati 2.kislorodga to`yingan qon ikki tavaqali klapan orqali o`tishida chap qorinchaning holati 3.o`pka venalaridagi arterial qon qo`yilishi vaqtidagi chap bo`lmachaning holati,4.qon aorta yoyiga chiqish vaqtidagi chap qorinchaning holati 5. kovak venadan venoz quyilishi vaqtidagi o`ng bo`lmachaning holati 6. o`pka arteriyasiga qon chiqish vaqtida o`ng qorinchning holati 7. maksimal bosim hosil bo`lishi 8.uch tavaqali klapan orqali qon o`tish vaqtida o`ng qorinchning holati 9. minimal bosim hosil bo`lishi. A)a-1,4,6,9, b-3,5,7,8 B)a-2,4,6,9, b-1,3,5,7 C)a-1,4,5,8, b-2,3,9 D)a-1,4,6,7, b-3,5,8,9 39. Yurak klapanlarini joylashish tartibini ko’rsating? a-yarimoysimon b-ikkitavaqali c-uchtavaqali 1-chap qorinchava aorta qontomiri orasida 2-chap qorincha va o’pka arteriyasi orasida 3-o’ng qorincha va o’pka arteriyasi orasida 4-o’ng qorincha va aorta orasida 5-chap bo’lmacha va chap qorincha orasida 6-chap qorincha va o’ng qorincha orasida 7-o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha orasida 8-o’ng qorincha va chap bo’lmacha orasida. A)a-1,4; b-7; c-6 B) a-1,3; b-5; c-7 C) a-3,4; b-2; c-8 D) a-2,4; b-6; c-7 40. Afandining pulsi minutiga 72 tani, sistolik hajim esa, 70 ml ni tashkil qilsa, mana shu holatda 1 daqiqa ichida qon bir marta aylansa afandining og’irligi necha kg ni tashkil qiladi____________________________________ 41. Hasannnig pulsi minutiga Husanning pulisidan 2 taga ko’p, Husanning yuragining sistolik hajmi esa, 70 ml teng bo’lib yuragi orqali bir soat mobaynida, 285,6 l qon oqib o’tsa, Hasanning pulsi minutiga qanchani tashkil qiladi? ____________________________________________________ 42.Katta qon aylanish doirasi bo'ylab qon o'tadigan organlarni tartib bilan joylashtiring: a-oldingi va keyingi kovak venalar, b-kapillarlar, d-arteriolalar, e-chap yurak qorinchasi, f-o'ng yurak bo'lmasi, g-aorta, h-arteriyalar. A)e,g,h,d,a,b,f B) e,h,g,d,b,a,f C) e,g,h,d,b,a,f D) f,g,h,d,b,a,e 43.Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon o'tadigan organlarni yurakdan boshlab tartib bilan joylashtiring: a-o'pka kapillarlari, b-chap yurak bo'lmasi,d-o'ng yurak qorinchasi, e-o'pka arteriyalari, f-o'pka venalari. A)b,e,a,f,d B) d,a,e,f,b C) d,e,a,f,b D) f,e,a,d,b 44.Yurakning minutlik hajmi 5 l ni tashkil qiladi. Agar jigardan o’tadigan qon hajmi bronxlardan o’tadigan qon hajmidan, 20 martta kopligi ma’lum va bronxlar bir minutda qonni 4 % ni o’zlashtrishi ma’lum bo’lsa jigar orqali bir daqiqada o’tadigan qon hajmini hisoblang?_________________ 45.O'pka venalari bo'ylab qanday qon o'tadi? A) arterial B) venoz C) aralash D) venoz va arterial 46. Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi . . . hisoblanadi. A) limfa tomirlari yurakning chap bo'lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi B) limfa tomirlari to'qima va organlardan boshlanadi C) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi D) farqi bo'lmaydi 47. Chap qovurg'alar ostida qaysi organ joylashgan? A) jigar B) taloq C) me'da osti bezi D) o’t pufagi 48. Arteriyalarda qon oqishining o’rtacha chiziqli tezligi . . . A)0.1 sm/ sek B)10-0.1 sm/ sek C)40-10 sm/ sek D) 0.3-0.5 sm/ sek 49. Bosh miyaga qon quyilishi qanday kasallik? A)gipertoniya B)insult C)ateroskleroz D)miokard infarkti 50.Agar inson beshta sigareta cheksa, u holda qon tomirlari necha sekund davomida siqilgan holatda turishini aniqlang? A)150 B)9000 C)1800 D)3000 51.Quyidagilar orasidan funksiyasi bo'yicha ortiqchasini aniqlang? A)adrenalin B)kalsiy C)parasimpatik nerv D)simpatik nerv 52.Qon tomirlari devorining yupqalashib, uning nayining torayib qolishi qanday kasallik? A)gipertoniya B)miokard infarkti C)ateroskleroz D)t.j.yo'q 53.Burundan qon ketganida ko'riladigan tadbirlarni tartib bilan yozing: a-qon ketish sababini aniqlash uchun shifoxonaga jo'natiladi, b-ustiga sovuq suvda ho'llangan sochiq qo'yiladi, d-burun sovuq suvda chayiladi. A)b,d,a B)a,d,b C)d,b,a D)a,b,d 54.Odam necha litrdan ko'proq qon yo'qotganida halok bo'ladi? A)2-2,5 litr B)1-1,5 litr C)3-3,5 litr D)1-2,5 litr 55. Ovoz teshigi deb nimaga aytilishini aniqlang? A)hiqildoqning ichki devorida joylashgan tog'aylar B)muskullar orasidagi teshik C)paylar orasidagi teshik D)hiqildoqning tashqi devorida joylashgan tog'aylar Download 91.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling