26-savol. Savolni oʻqing va faqat bitta toʻg‘ri javobni tanlang.
Habiba buvining devorga osilgan qotgan nonni boladan qizg‘anishining asl sababi
nima?
A) Bu non ona uchun oilaning barakasi hisoblanardi.
B) Bu non onaga farzandidan qolgan yagona yodgorlik edi.
C) Bu non ona uchun ocharchilik paytidagi ne’mat timsoli edi.
D) Bu non onaning farzandi qaytishiga umid ramzi edi.
27-savol. Savolni oʻqing va faqat bitta toʻg‘ri javobni tanlang.
Ermon buva: “Bunaqa yigitni xudo bitta yaratgan-u, qolipini sindirib tashlagan!” –
degan maqtovini oʻg‘lining qaysi xususiyatini ifodalash uchun qoʻllaydi?
A) Oltmishvoyning dushmandan qoʻrqmaydigan, jasur ekanligini boʻrttirish uchun
B) Oltmishvoyning oilada yolg‘iz farzand ekanligini ta’kidlash uchun
C) Oltmishvoyning boshqalarga oʻxshamasligi, oʻzgacha ekanligini bildirish uchun
D) Oltmishvoyning bolaligidan sog‘lom yigit boʻlib ulg‘ayganini aytish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |