Bilim inson manaviy kamoloti omili
Download 59.5 Kb.
|
2 5395778284527028093
BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi. Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.
G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi. Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan.
Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan. Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi. Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan. Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish va barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bо‘lgan ijtimoiy tuzum. Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha.Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bо‘lishlari lozim. >Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi tо‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: >-о‘z haq-huquqini taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin; о‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini kо‘rsin;
-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda kо‘rib, faoliyat yuritsin.Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va tо‘liq ta’rifdir. Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganida qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan tuhmatu fitnalar uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, о‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-ahloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib unga quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qо‘ni-qо‘shnilari, mahalla kо‘yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg‘urish, tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bо‘lganligi singari, о‘zi ham ularga kerakli bо‘lishga intilishi, odob-ahloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishini insoniy burch deb hisoblash, ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bо‘lib qolgan madaniy-ma’naviy merosni qadrlash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bо‘lib qolish, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ularining barqaror bо‘lishi; о‘zaro muomala-munosabatda о‘rnak bо‘lishga moyillik, birovning og‘irini yengil qilishni odat qilish, umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qabul qilingan Konstitusiyaga hurmat va unga sadoqat namunalarini amalda kо‘rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy-vtaanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash; diyonat, adolat, mehr-shafqat, ezgulikni himoya qilish; va’daga vafoli bо‘lish va boshqalar kiradi.Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bо‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jо‘sh urmaydi.Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bо‘lib, u quyidagilarni о‘z ichiga oladi: Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish;> Xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish: -butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar. Mustaqillik – bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Shu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz va mustahkamlashimiz davlat ahamiyatiga ega bо‘lgan muhim vazifa va burchdir. Shu vazifani amalga oshirish va hal qilishda yoshlar va butun xalq ongiga mustaqillik ruhini singdirish katta ahamiyat kasb etadi. >Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan yana biri milliy iftixordir. Milliy g‘urur bu milliy iftixordir. Milliy g‘urur о‘z xalqining necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-ahloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bо‘lish, avaylab-asrashdir. О‘z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, о‘z millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g‘urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bо‘lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olmaymiz. Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy qirralarining ba’zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba’zi qirralarini navbatdagi mavzularda yoritib boriladi. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q. Shu bilan birga ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi. Komillikning yо‘li odalardan faqat yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir. Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam etgan insondir.Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar. Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish – yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar. Shu tariqa о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojо‘ya hatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashdi, ularda iymon va vijdon binosining paydo bо‘lishi va mustahkamlanishini ta’minlab keldi.Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog‘imiz lozim. Mustaqil О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida iymonli bо‘lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bо‘lish nechog‘lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan bilimli,ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.Boshqa ibora bilan aytadigan bо‘lsak, Allohning о‘zi biz insonlarga buyurgan komil inson bо‘lish, halollik, tо‘g‘rilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi kо‘pdan-kо‘p olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga doimo amal qilib yashash- odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi.Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, ahloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va boshqalar.
Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog‘lab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar kirishiin umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, kо‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, о‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar. Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, dо‘stlik, g‘amxо‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalali, boadabli, iltifotli bо‘lishlik, kechirimlilik, mehmondо‘stlik, halollik, tо‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar.Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, udaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar.
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik, sog‘lom fikrli, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar.Ehtiroslilik xislatlari: kо‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, hazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, hijolatpazlik, iffatlilik va hokazolar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling