Bilim olish istagi, biz uchun farzdir. Shiorimiz bizning, dars muqaddasdir


Download 60.63 Kb.
bet2/4
Sana18.10.2023
Hajmi60.63 Kb.
#1707470
1   2   3   4
Bog'liq
Fazoviy jismlar kombinatsiyasi dars ishlanma docx

Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) dars shiorini e’lon qilish: “Bilim olish istagi, biz uchun farzdir,
Shiorimiz bizning, dars muqaddasdir”
c) davomatni aniqlash;
d) tozalikka e’tibor;
e) guruhlar nomlarini e’lon qilish: “SILINDRLAR” va “KONUSLAR”
O’tilgan mavzularni takrorlash:
Guruhlarga bo’lib qo’yilgan o’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar yozilgan tarqatmalar beriladi.
O’quvchilar “Meni toping” o’yini tarzida tarqatmalardagi atamalarni o’sha so’zni ishlatmasdan ta’riflaydilar har bir to’g’ri berilgan savolga va to’g’ri javobga bittadan rag’bat kartochkasi berib boriladi.
Yangi mavzuning bayoni:
Geomertiya- yunoncha so’z bo’lib, “yer o’lchash” degan ma’noni bildiradi.
Geomrtriya ikki qismdan iborat: Planimetriya va Stereometriya.
Planimetriya – tekislikdagi, Stereometriya- fazodagi geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi.
Geometrik shakllarni bir-biridan farqlash uchun ularga mos ta’rif beriladi.
Fazoviy shakllar ham ikki turga ajraladi:

  1. Aylanish jismlari: shar , silindr, konus.





To’g’ri to’rtburchakni bir tomoni atrofida aylantirishdan hosil bo’lgan shakl SILINDR deb ataladi. To’g’ri to’rtburchak hosil qilgan sirt silindrning yon sirti va hosil bo’lgan doiralar silindrning asosi deyiladi.
To’g’ri burchakli uchburchakni bir kateti atrofida aylantirishdan hosil bo’lgan shakl KONUS deyiladi. Bu aylantirishda ikkinchi katet hosil qilgan doira konusning asosi, gipotenuza hosil qilgan sirt konusning yon sirti va qo’zg’almasdan qolgan uchburchak uchi konusning uchi deb yuritiladi.
Doiraning o’z diametri atrofida aylanishidan hosil bo’lgan shaklga SHAR deb ataladi. Bu aylantirishda aylana hosil qilgan sirt SFERA deyiladi.


  1. Download 60.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling