Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOSSARIY (o‘zbek tilida) Avtokinetik fenomen.
- Adaptatsiya darajasi fenomeni.
- Adolatli dunyo fenomeni.
- Anal harakter
- Antikateksis
- Atributsiyaning fundamental xatosi.
MUSTAQIL TA’LIM:
GLOSSARIY (o‘zbek tilida) Avtokinetik fenomen. O‘z-o‘zidan harakatlanish (grekcha «auto» o‘zi, «kinetika» harakat). Qorong‘ida harakatsiz nur manbaining harakatlanayotganga o‘xshab tuyulishi. Agressiya. Kimgadir zarar etkazish uchun yo‘naltirilgan jismoniy yoki verbal xulq. Laboratoriya eksperimentlarida agressiya deganda xissiyotga ta’sir qilish uchun elektr toki bilan zarba berish yoki so‘z bilan nafsoniyatiga tegish tushuniladi. Agressiyaning bunday sotsial-psixologik ta’rifi bo‘yicha odam agressiv bo‘lmagan holda qaysar (naporistiy) bo‘lishi mumkin. Adaptatsiya darajasi fenomeni. Qo‘zg‘ovchilarning aniq darajasiga moslashish va oqibatda aynan shu darajada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga javob berish hamda diqqatni qaratish tendentsiyasi. Adolat. O‘zaro munosabatlar har bir qatnashchisining «daromadi» uning «xissasiga» to‘g‘ri proportsional bo‘lgan holat. E’tibor bering: adolat har doim ham teng «daromadni» anglatmaydi. Adolatli dunyo fenomeni. Dunyo adolatli, shuning uchun odamlar xizmatlariga yarasha narsaga ega bo‘lishadi va ega bo‘lganlariga yarasha xizmat qilishadi deb ishonishga moyillik. Altruizm. Ongli shaxsiy egoistik manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kimgadir yordam ko‘rsatish motivi. Anal bosqich – psixoseksual taraqqiyotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, unda bola ichaklar faoliyatini nazorat qilish va lazzatlanishni axlatni tutib turish va vaqtida chiqarishga jamlaydi. Anal harakter – Freydning anal bosqich taraqqiyotida tutilib qolgan shaxs tipi haqidagi kontseptsiyasi. Harakterning bunday tipiga ega bo‘lgan odam yoki baxil, qaysar, hamma narsani g‘amlovchi (anal – ushlab turuvchi tip) yoki qaxrli, tartibsiz va shafqatsiz (anal – agressiv tip) bo‘ladi. Antikateksis – instinktlarning qondirilishiga imkon bermaydigan to‘sqinlik. Arbitraj. Har ikkala tomonning fikrini o‘rganib xulosaga kelgan uchinchi betaraf tomonning konfliktni bartaraf qilishi. Atributsiya nazariyasi. Odamlar boshqalarning xulqini qanday tushuntirishadi: harakatlar sababini odamning ichki dispozitsiyalari (barqaror sifatlar, motivlar va ustanovkalar)ga bog‘lashadimi yoki tashqi vaziyatlargami?- xaqidagi nazariya. Atributsiyaning fundamental xatosi. Kuzatuvchilarning xulqqa vaziyat ta’sirini kamsitib va dispozitsiya (ichki shaxsiy sifatlar) ta’sirini bo‘rttirib baholash tendentsiyasi. (Shuningdek mos kelish ishonchi deb ham atalib, biz aksariyat odamning xulqi uning dispozitsiyalariga mos keladi deb hisoblaymiz). Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling