Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet107/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Guruh. Bir necha daqiqadan ko‘proq vaqt mobaynida bir-biri bilan hamkorlik qiladigan, bir-biriga ta’sir qiladigan, o‘zini «biz» sifatida idrok qiladigan ikki va undan ortiq odamlar.

  • Guruh ichida. Guruhga mansublik, umumiy identichlilik xissiga ega bo‘lgan «Biz» - odamlar guruhi.

  • Guruhdan tashqarida. Odamlar o‘z shaxsiy guruhlariga o‘xshamaydi va undan farq qiladi deb xisoblaydigan «Ular» - guruhi.

  • Guruhiy qutblanish. Guruh ta’siri tufayli uning a’zolaridagi azaldan mavjud tendentsiyalarning kuchayishi; guruh ichida fikrlar bo‘linishining o‘rniga o‘rtacha tendentsiyaning o‘z qutbiga tortilishi.

  • Dala tadqiqotlari. Laboratoriyadan tashqarida, tabiiy, real xayotiy vaziyatlarda bajarilgan tadqiqot.

  • Dalillarga qarshi oldindan ishoch. Shaxsiy asossiz fikrni tasdiqlaydigan ma’lumotlarni qidirish tendentsiyasi.

  • Dezinformatsiya samarasi. Xodisaning sodir bo‘lishida ishtirok etgan odam u xaqida yolg‘on informatsiya oladi va keyinchalik bu dezinformatsiyani bo‘lib o‘tgan hodisa xaqidagi o‘z xotirasiga kiritib qo‘yadi.

  • Deindividualizatsiya. O‘z-o‘zini anglashning yo‘qolishi va baholash qo‘rquvi; anonimlikni ta’minlaydigan va alohida individga diqqatni tortmaydigan guruhiy vaziyatlarda paydo bo‘ladi.

  • Depressiv realizm. Engil depressiya holatida (o‘z «Men»i foydasiga emas) ob’ektiv mulohazalar, atributsiya va bashoratlar tuza oladigan odamlar tendentsiyasi.

  • Determinizm. Bizning butun xulqimiz qandaydir xodisalar ta’siriga bog‘liq va shuning uchun erkin namoyon bo‘lmaydi deb tasdiqlash.

  • Diskriminatsiya. Guruh yoki uning a’zolariga nisbatan noxaq salbiy munosabat.

  • Dushmanlik agressiyasi. Nafrat tufayli uyg‘onadigan va shaxsiy maqsadga aylangan agressiya.

  • Do‘stlik-muxabbat. Xayoti bizning shaxsiy xayotimiz bilan chambarchas bog‘liq odamga nisbatan xis qilinadigan muloyimlik.

  • Yolg‘on konsensus samarasi. Nojoiz yoki samarasiz xulq, biron bir qarashning keng tarqalganligiga oshirib baho berish tendentsiyasi.

  • Yolg‘on noyoblilik samarasi. Qobiliyatlar va o‘rinli yoki samarali xulq keng tarqalganligi faktini etarlicha baholay olmaslik tendentsiyasi.

  • Yon berish. Tashqi ta’sirlar ijtimoiy bosimga mos kelsa ham ichki norozilik ishtirok etadigan konformizm.

  • Jamoachilik. Shaxsiy maqsadlarga nisbatan u yoki bu guruh (odatda, oila yoki ishchi guruh) maqsadlariga ustunlik berish kontseptsiyasi. Shunga mos ravishda o‘z-o‘zini identifikatsiya qilish amalga oshadi.

  • Jipslik. Guruh a’zolarining masalan, o‘zaro simpatiya xisobiga bir birlari bilan aloqalari darajasi, «Biz» xissi.

  • Jismoniy jozibadorlik stereotipi. Jismoniy jozibador odamlar ijtimoiy ma’qul sifatlarga ega bo‘lishadi prezumptsiyasi: nima chiroyli bo‘lsa demak, yaxshi.

  • Jozibalilik. Auditoriyani jalb qiladigan sifat. Sub’ektiv ma’qullash katta rol o‘ynagan holatlarda jozibali (ko‘proq nimasi bilandir auditoriyaga o‘xshaydigan) kommunikator ishonchliroq bo‘ladi.

  • ID – mazmuni nasliy yo‘l bilan olingan omillardan iborat bo‘lgan shaxs tuzilishining qirrasi. ID o‘ta sezgir, irratsional va har qanday cheklashlardan holi.

  • Identifikatsiya – bolaning o‘z shaxsiy xavotiridan ozod bo‘lish va ichki ziddiyatlarini susaytirish uchun boshqalarning, birinchi navbatda ota – onasining harakter xususiyatlarini o‘zlashtirishi jarayoni.


  • Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling