Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrelyatsion tadqiqotlar.
- Ko‘chirish.
- Libido
- Ma’qullash.
- Maishiy realizm.
- Mudroqlik samarasi.
- Mukofotlovchi istaralilik nazariyasi.
Kompetentlilik. O‘zining shaxsiy muvaffaqiyatliligi va foydaliligi xissidan kelib chiqadigan, odamga o‘zining atrofdagilar bilan samarali o‘zaro hamkorlik qilish qobiliyatini anglatadigan kuch va ishonchda ifodalanadigan psixosotsial sifat.
Konflikt. Idrok qilinadigan harakat va maqsadlar nomuvofiqligi. Konformizm. Guruhning real yoki tasavvurdagi bosimi ostida xulq yoki e’tiqodlarni o‘zgartirish. Korrelyatsion tadqiqotlar. O‘zgaruvchi qiymatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan tabiiy aloqalarni o‘rganish. Kreditlilik. Ishonchlilik. «Kreditli» kommunikator bir vaqtninig o‘zida ham ekspert, ham ishonchga sazovor odam sifatida idrok qilinadi. Ko‘chirish. Agressiyani frustratsiya manbaidan boshqa nishonga o‘tkazish. Yangi nishon odatda ijtimoiy ma’qulroq bo‘ladi. Lazzatlanish tamoyili – reallikning cheklashlari yoki talablariga qaramasdan har qanday istak va ehtiyojlarni shu zahoti qondirishni talab qiladigan yo‘nalish. Latent davr – libidoning mudroqlik va diqqatning o‘z jinsiga mansub tengdoshlari bilan munosabatlarda qiziqish va malakalarni rivojlantirishga jamlanadigan davri. Libido – asosan jinsiy xulqdan lazzat qidiradigan psixik energiyaning bir qismi (seksual energiya). Liderlik. Alohida a’zolar guruh faoliyatini motivlashtiradigan va o‘z orqasidan ergashtiradigan jarayon. Ma’qullash. Ijtimoiy bosimga mos harakat va e’tiqodni o‘z ichiga oladigan konformizm. Madaniyat. Odamlarning katta guruhi uchun umumiy bo‘lgan, avloddan avlodga uzatiladigan tushunchalar, ustanovkalar, odatlar va xulq xususiyatlari. Maishiy realizm. Tashqi ko‘rinishidan kundalik vaziyatlarga o‘xshaydigan eksperiment. Ma’qullash. Ijtimoiy bosimga mos harakat va e’tiqodni o‘z ichiga oladigan konformizm. Me’yordan tashqari g‘amxo‘rlik – bolalarda o‘z-o‘zini nazorat qilishning rivojlanishi haqida etarli darajada yoki umuman qayg‘urmaydigan ota-onalar xulqini tasvirlaydigan atama. Men – falsafiy tushuncha bulib, shaxs o‘ziga hisob beradigan va mas’uliyatni his qiladigan, rejalashtirilgan harakter sub’ektini bildiradi. Men hayvoniy mayllar paydo bulishining tsenzori hisoblanadi. Tsivilizatsiya va ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti davomida Men madaniyat tomonidan shakllantiriladi, ya’ni jamiyatdagi madaniy va axloqiy munosabatlar har bir odamga ta’sir qiladi, u bilan qo‘shilib ketib sub’ektiv “Men” ni tashkil qiladi. «Men» - struktura. Odamning o‘z-o‘ziga taalluqli bo‘lgan ma’lumotni qayta ishlashni tashkil qiladigan va yo‘naltiradigan o‘z-o‘ziga ishonch. Mudroqlik samarasi. Xabarning kechikkan ta’siri; biz xabarni eslaymiz-u, unga ishonmaslik sababini unutganimizda paydo bo‘ladi. Muzokaralar. Ziddiyat qatnashchilari o‘rtasida bevosita muloqot yo‘li bilan kelishuvni qidirish. Mukofotlovchi istaralilik nazariyasi. Kimning xulqi biz uchun foydali bo‘lsa, yoki kim biz uchun foydali voqealar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu odamlar bizga yoqishi xaqidagi nazariya. Mustaqil o‘zgaruvchan qiymat. Tadqiqotchi manipulyatsiya qiladigan eksperimental omil. Nazariya. Kuzatilayotgan hodisalarni tushuntiradigan va bashorat qiladigan integratsiyalashgan tamoyillar to‘plami. Nazorat illyuziyasi. Aslida nazorat qilib bo‘lmaydigan xodisalarni shaxsiy nazoratim ostida yoki yana ham kuchliroq nazorat qilinayapti deb idrok qilish. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling