Psixikaning ijtimoiy – madaniy asosga proektsiya qilinishi – Freydning bu nazariyasi marksistlar tomonidan keskin tanqid qilingan. Darvin nazariyasiga tayanilsa, “ontogenez filogenezning qaytarilishi” hisoblanadi, ya’ni organizmning individual taraqqiyoti butun turning taraqqiyotini qaytaradi. Shunday qilib odamning taraqqiyotini kuzatib, jamiyatning qanday rivojlanishini aytib berish mumkin, chunki odamning taraqqiyoti jamiyat taraqqiyotini aynan takrorlaydi.
Psixoanaliz – Freyd tomonidan yaratilgan taraqqiyot, dinamika va o‘zgarishlarning shaxs qurilmasi haqidagi nazariya. Psixoanalizda xulqni boshqarishda biologik va anglanmaydigan omillarga katta e’tibor beriladi. Shuningdek inson xulqi o‘z asosiga ko‘ra irratsional va ID (U – ong osti), EGO (Men – individual ong) va SUPEREGO (Yuqori – Men, ijtimoiy ong, madaniyat) ning o‘zaro harakati natijasidan iborat deb tasdiqlanadi.
Psixodinamik nazariya – anglanmaydigan psixik yoki emotsional motivlarni inson xulqining asosi deb taokidlaydigan nazariya.
Psixologiyada evolyutsion yo‘nalish. Tabiiy tanlanish qonunlariga aoslangan xulq evolyutsiyasi taolimoti. Bu taolimot tabiiy tanlanish aloxida sharoitlarda u yoki bu genlarning saqlanishi va tarqalishiga sharoit yaratadigan informatsiyani idrok qilish usuli va xulq shaklini yaratadi deb xisoblaydi.
Psixoseksual taraqqiyot – shaxs taraqqiyotini individuumning biologik mavjudligidagi o‘zgarishlar tili bilan tushuntiradigan, Freyd tomonidan yaratilgan nazariya. Har bir bosqichdagi ijtimoiy tajriba shu bosqichda o‘zlashtirilgan ustanovkalar, shaxs xususiyatlari va qadriyatlar ko‘rinishida iz qoldiradi.
Rad qilish – individuumning atrofdagilar tufayli unga tahdid solayotgan kechinmalardan ularning mavjudligidan o‘zini chetga tortish yo‘li bilan himoyalanishida namoyon bo‘ladigan himoya mexanizmi.
Ratsionalizatsiya – individuumga o‘z muvaffaqiyatsizliklarini haqiqatga yaqinroq oqlashga imkon beradigan himoya mexanizmi.
Reaktiv qarshilik. O‘z erkinligimiz xissini tiklash va himoya qilish motivi. Kimdir bizning harakatlarimiz erkinligiga dahl qilganda paydo bo‘ladi.
Reaktiv qurilma –bir hil impuls va hissiyotlarni cheklash va ularga qarama-qarshi impuls va hissiyotlarni kuchaytirish yo‘li bilan havotirlilik darajasini pasaytirishga imkon beradigan himoya mexanizmi.
Realistik guruhiy ziddiyat nazariyasi. Bid’at guruhlar o‘rtasida defitsit resurslar uchun raqobat natijasi deb xisoblaydigan nazariya.
Realistik xavotir – tahdid yoki atrof borliqdagi real xavfni idrok qilishdan paydo bo‘ladigan emotsional javob.
Reallik tamoyili – mos keluvchi ob’ekt va yoki shu ehtiyojni qondirish uchun sharoit topilmaguncha instinktni qondirishni kechroq muddatga surib turishni ko‘zda tutadigan yo‘nalish.
Regressiya – stressni bartaraf qilishga urinishda birmuncha soddaroq javoblardan foydalanish; individuumning birmuncha ertaroq, xavfsizroq va yoqimliroq taraqqiyot bosqichiga qaytishidan iborat himoya mexanizmi.
Reprezentativlik evristikasi. Biron bir narsaning ehtimollik darajasiga uning qanchalik spetsifik prototiplarni namoyon qilishi va ularga mos kelishi bahosi orqali xukm chiqarish; odamni qo‘shimcha foydali informatsiyani nazarga ilmaslikka majbur qilishi mumkin.
Reflektor harakat – IDning qo‘zg‘alish manbaiga o‘sha zahoti javob berish yo‘li bilan taranglikdan ozod bo‘lishidan iborat jarayon.
Rol. Ayni ijtimoiy pozitsiyada odamlar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini aniqlab beruvchi normalar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |