Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet115/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Shaxsiy maydon. Biz o‘z atrofimizda saqlab turishni ma’qul ko‘radigan bufer bo‘shliq. Bu bo‘shliqning o‘lchami yonimizda turgan odam bilan qanchalik yaqinligimizga bog‘liq.

  • Shaxsiy monitoring. Ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini taqdim qilish va kerakli taassurot uyg‘otish maqsadida xulqni boshqarish usullarini o‘rganish.

  • Shaxsiy samaradorlik. Shaxsiy kompetentlilik va samaradorlik xissi.O‘z-o‘zini xurmat qilish va shaxsiy obro‘ xissidan farq qiladi. Masalan, bombardirda yuqori shaxsiy samaradorlik va past o‘z-o‘zini baholash bo‘lishi mumkin.

  • Shunchaki ko‘z o‘ngida turish samarasi. Ilgari notanish bo‘lgan qo‘zg‘ovchilarga ular bir necha marta ko‘z o‘ngimizda paydo bo‘lgandan so‘ng ularga ko‘proq moyil bo‘lib, ijobiyroq baho berishimiz.

  • O‘z – o‘zini idrok qilish nazariyasi. Shaxsiy ustanovkalardagi ishonchsizlik bizni ular xaqida «o‘zimizni kuzatish» - ustanovkalar namoyon bo‘ladigan vaziyatlar va xulqimizni tekshirish orqali xulosa chiqarishga majbur qiladi deb xisoblovchi nazariya.

  • O‘z «Men»i foydasiga moyillik. O‘z-o‘zini qoyilmaqom idrok qilish tendentsiyasi.

  • O‘z guruhi foydasi uchun qayg‘urish. Begona guruh a’zolarining ijobiy xulqini ma’lum oqlashlar bilan tushuntirish; salbiy xulqini ularning dispozitsiyalari bilan tushuntirish (ayni o‘z guruhining shunday xulqini oqlash).

  • O‘z –o‘zini anglash. Ongning diqqatni o‘z-o‘ziga yo‘naltirilgandagi holati. Bu narsa odamlarning shaxsiy ustanovkalari va dispozitsiyalariga sezgirligini oshiradi.

  • O‘zaro bir-birini to‘ldirish. Go‘yoki ikkita odam o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar chog‘ida har ikkalasining bir-birini to‘ldirish tendentsiyasi paydo bo‘ladi. O‘zaro bir birini to‘ldirish xaqidagi munozarali faraz, aynan qiziqishlari turlicha bo‘lgan odamlar bir birlariga intilishadi, chunki bu narsa ularga bir birlarini to‘ldirishga imkon beradi deb tasdiqlaydi.

  • O‘zaro bog‘liqlik illyuziyasi. Individ tomonidan aslida yo‘q o‘zaro munosabatlarni idrok qilish, yoki o‘zaro munosabatlarni aslidagidan ko‘ra yaqinroq deb idrok qilish.

  • O‘zaro harakat. Bitta faktorning (masalan, biologik) boshqa faktorga (masalan, atrof muhitga) ta’siri samarasi.

  • O‘zaro o‘z-o‘zini oshkor qilish. Ishonchli suhbat paytida o‘zaro oshkoralik uyg‘onish tendentsiyasi.

  • O‘zgaruvchanlik. Individning butun xayoti davomida shaxs beto‘xtov o‘zgarishga uchrab boradi deb tasdiqlash.

  • O‘ziga bino qo‘yish fenomeni. Aniqlikdan ko‘ra ko‘proq ishonish tendentsiyasi, ya’ni o‘z e’tiqodlarining to‘g‘riligiga ortiqcha baho berish.

  • O‘zini oshkor qilish. Boshqa odam oldida yashirin kechinma va xissiyotlarini oshkor qilish, yorilish.

  • O‘zini oqlashning etarli emasligi samarasi. Tashqi oqlash «etarli bo‘lmagan» holatda o‘z xulqini ichki oqlash yo‘li bilan dissonansni kamaytirish.

  • O‘zlashtirilgan chorasizlik. Odam yoki xayvon doimiy qaytarilayotgan noxush xodisalarni nazorat qila olish imkoniyatini xis qila olmagan holatlarda o‘zlashtiriladigan chorasizlik va mutelik.

  • O‘z-o‘ziga murojaat qilish samarasi. O‘zimizga taalluqli bo‘lgan informatsiyani yaxshi eslab qolish va samarali qayta ishlash tendentsiyasi.

  • O‘z-o‘zimiz uchun quradigan to‘sqinliklar. O‘z shaxsiy muvaffaqiyatsizligini oqlash yo‘li bilan Men-obrazini himoya qilish.

  • O‘z-o‘zini taqdim qilish. O‘z-o‘zini namoyon qilish akti va kimningdir ideallariga mos tushadigan taassurot yoki yoqimli taassurot uyg‘otish uchun yo‘naltirilgan xulq.


  • Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling