Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nolga teng bo‘lmagan qiymat bilan o‘ynash.
- Oral bosqich
- Ortiqcha oqlash samarasi.
- Penis (erkaklar jinsiy a’zosi)ga rashk qilish
- Prayming.
Nazorat lokusi. Odamlar o‘z xayotlarini shaxsiy intilishlari va harakatlari orqali «ichkaridan», yoki tasodiflar va tashqi kuchlar orqali «tashqaridan» nazorat qilinadi deb idrok qilishlari darajasi.
Naturalistik adashish. Kuzatilayotganga nisbatan nima yaxshi ekanligini aniqlash xatosi. Masalan: nima odatiy bo‘lsa -normada, nima normada bo‘lsa – yaxshi. Nevrotik xavotir – EGO nazorat qilib bo‘lmaydigan instinktiv mayllar tahdidi ostida bo‘lganda individ tomonidan his qilinadigan qo‘rquv ko‘rinishidagi emotsional javob (ID – (U ong osti) dan kelayotgan impulslar EGOga noxushlik keltiradi degan qo‘rquv). Nolga teng bo‘lmagan qiymat bilan o‘ynash. Umumiy yutuq nolga teng bo‘lishi shart bo‘lmagan o‘yin. Hamkorlikda har ikkala o‘yinchi ham yutishi mumkin; raqobatlashib ikkalasi ham yutqazishi mumkin. Normalar. Umum tomonidan qabul qilingan va kutiladigan xulq qoidasi. Normalar «to‘g‘ri» xulqni talab qiladi. Normativ ta’sir. Odamning e’tibor qozonish uchun boshqalarning istaklarini qondirish istagiga asoslangan konformizm. Ong – individuum har qanday ayni paytda anglaydigan fikr va hissiyotlar. Ong oldi – har qanday ayni paytda individuum anglamaydigan, lekin ozgina qiyinchilik yoki umuman qiynalmasdan (masalan: tug‘ilgan kuningiz) anglanishi mumkin bo‘lgan fikr va hissiyotlar. Ongsizlik – odamning o‘zi anglamagan holda, avtomatik tarzda bajaradigan, uyqu, gipnoz, lunatiklik holatidagi harakatlari ongsiz hisoblanadi. Ongsizlik dialektikaning birinchi qonuniga ko‘ra ongga antogonistik, siqib chiqarilgan tabiiy instinktlarning makoni hisoblanadi. Ongsizlik tug‘ma bo‘lib, odamning butun xulqini belgilab beradi. Oral bosqich – qiziqish va lazzatlanishning asosiy manbai og‘iz bo‘lgan psixoseksual taraqqiyotning birinchi bosqichi. Oral harakter – Freydning taraqqiyotning oral bosqichida tutilib qolgan shaxs tipi haqidagi kontseptsiyasi. Shunday tipga ega bo‘lgan shaxs tipi passivlik, tobelik, ishonuvchanlik (oral - passiv) yoki negativizm (boshqalarning takliflariga qarshilik ko‘rsatish – passiv negativizm, yoki ko‘rsatma va buyruqlarga teskari harakat qilish – aktiv negativizm), boshqalarni ekspluatatsiya qilish va sarkazm (boshqalarni erga urish, ustidan kulish) (oral – sadist (boshqalarga og‘riq va aziyat etkazishdan lazzatlanish)) sifatlari bilan ajralib turadi. Ortiqcha oqlash samarasi. Agar odamlar shundoq ham jon-jon deb bajaradigan ishlariga xaq to‘lansa, unda ular o‘z harakatlarini ichki motivlashgan deb emas, balki tashqaridan boshqarilayapti deb hisoblay boshlaydilar. «Oyoqni eshikka qo‘yib olish» fenomeni. Arzimagan iltimosga yon bergan odamlar keyinchalik jiddiy talablarga ham yon berishlari tendentsiyasi. Penis (erkaklar jinsiy a’zosi)ga rashk qilish – psixoanaliz nazariyasida qizaloqning penisga ega bo‘lish mayli va o‘zida shunday organ yo‘qligini anatomik kashf qilishi. Plyuralistik savodsizlik. Boshqa odamlarning reaktsiyalari, xissiyotlari va fikrlari xaqida noto‘g‘ri tasavvur. POIR. Keskinlikni yumshatish uchun izchil va ikki yoqlama tashabbuslar – xalqaro keskinlikni yumshatish uchun mo‘ljallangan strategiya. Prayming. Xotirada spetsifik assotsiatsiyalarni faollashtirish. Proektsiya – individuum o‘zining nojoiz istaklarini boshqalarga tegishli deb xisoblaydigan himoya mexanizmi. Prosotsial xulq. Ijobiy, konstruktiv, ijtimoiy foydali xulq; antisotsial xulqning teskarisi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling