Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet109/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Individualizm. Guruh maqsadlariga nisbatan o‘z shaxsiy maqsadlariga ustunlik berish kontseptsiyasi. Bunda o‘z-o‘zini identifikatsiya qilish o‘zini guruh bilan o‘xshatish orqali emas balki shaxsiy atributsiyalar vositasida amalga oshiriladi.

  • Instinkt – tug‘ma, organizm to‘qimalari darajasida lokallashgan, tashqi namoyon bo‘lishga va keskinlikni bartarf qilishga intiladigan qo‘zg‘alish holati. Freydning fikricha instinkt organizm tug‘ma qo‘zg‘alish holatining mayllar shaklida ifodalanadigan psixik namoyon bo‘lishidan iborat.

  • Instinktiv xulq. O‘rganish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu turning hamma vakillarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xulq.

  • Instrumental agressiya. Qandaydir boshqacha maqsadga erishish vositasi bo‘lgan agressiya.

  • Integral kelishuv. «Men yutdim – sen yutding» tipidagi, har ikki tomonning manfaatlari o‘zaro foydada birlashadigan kelishuv.

  • Informatsion ta’sir. Boshqa odamlarning reallik xaqidagi mulohazalarini qabul qilish natijasida paydo bo‘ladigan konformizm.

  • Irqchilik. 1) Alohida irq vakillariga nisbatan individual noto‘g‘ri ustanovkalar va kamsituvchi xulq yoki 2) alohida irq vakillariga tobelik holati majbur qilinadigan institutsional amaliyot (xatto bu amaliyot bidoat bilan motivlashgan bo‘lsa ham).

  • Ichki guruh ehtirosi. O‘z guruhiga ijobiy munosabatda bo‘lish tendentsiyasi.

  • Ichki mutanosiblik. Nazariyaning qiymatini aniqlash uchun ishlatiladigan mezon. Adekvat nazariya bir-biridan farq qiladigan fenomenlarni ichki mutanosiblik usuli bilan izohlashi lozim.

  • Ishontirishning bavosita usuli. Odamlarga tasodifiy omillar, masalan, oratorning yoqimliligi ta’sir qiladigan holatdagi ishontirish.

  • Ishontirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli. Auditoriya o‘zining butun diqqatini yoqimli argumentlarga yo‘naltirgan holatdagi ishontirish.

  • Ishtirok etuvchilar samarasi. Agar boshqa odamlar ham ko‘rib turishgan bo‘lsa odamning biron bir kishiga yordam berish ehtimoli kam bo‘ladi.

  • Kastratsiya qo‘rquvi – (kastratsiya – lotincha atama, erkaklar urug‘doni yoki ayollar tuxumdonini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash, bichib qo‘yish, psixoanalizda erkaklar tashqi jinsiy organi, penisni (ramziy) kesib tashlash) – yosh o‘g‘il bolalarda otasi uning jinsiy organini onasiga nisbatan jinsiy raqobati uchun kesib tashlaydi degan qo‘rquv hissi.

  • Katarsis. Emotsional bo‘shanish. Agressiyani katarsis orqali shunday tushuntirish mumkin: individuum agressiv energiyani yoki agressiv harakat vositasida, yoki tasavvurdagi agressiya xisobiga «ozod qilganda» agressiv qo‘zg‘alish susayadi.

  • Kateksis – psixik energiyaning ob’ekt, g‘oya yoki xulqqa yo‘nalganligi.

  • Klinik psixologiya. Psixologik qiyinchiliklarni xis qilayotgan odamlarni tekshirish, tashxis qo‘yish va davolash.

  • Kognitiv dissonans. Biri biriga qarama qarshi bo‘lgan ikkita fikr paydo bo‘lganligini anglashda paydo bo‘ladigan zo‘riqish. Masalan, biz etarlicha asosga ega bo‘lmay turib, o‘zimizning ustanovkalarimizga qarama-qarshi harakat qilganimizda yoki mantiq boshqasini talab qilib turib boshqa variant foydasiga qaror qabul qilganimizda dissonans paydo bo‘ladi.

  • Kommunikatsiya kanali. Yuzma-yuz, yozma, kinoplyonkada yoki boshqa biron yo‘l bilan ma’lumot uzatish usuli.

  • Kommunitarianizm. Individualizm (odamning asosiy xuquqlarini xurmat qilish) va kollektivizm (oila va jamiyat ravnaqi xaqida g‘amxo‘rlik qilish)ni sintez qilishga urinish.


  • Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling