Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Instinktiv xulq.
- Integral kelishuv.
- Ichki guruh ehtirosi.
- Ishontirishning bavosita usuli.
- Ishtirok etuvchilar samarasi.
- Kateksis
- Kommunikatsiya kanali
Individualizm. Guruh maqsadlariga nisbatan o‘z shaxsiy maqsadlariga ustunlik berish kontseptsiyasi. Bunda o‘z-o‘zini identifikatsiya qilish o‘zini guruh bilan o‘xshatish orqali emas balki shaxsiy atributsiyalar vositasida amalga oshiriladi.
Instinkt – tug‘ma, organizm to‘qimalari darajasida lokallashgan, tashqi namoyon bo‘lishga va keskinlikni bartarf qilishga intiladigan qo‘zg‘alish holati. Freydning fikricha instinkt organizm tug‘ma qo‘zg‘alish holatining mayllar shaklida ifodalanadigan psixik namoyon bo‘lishidan iborat. Instinktiv xulq. O‘rganish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu turning hamma vakillarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xulq. Instrumental agressiya. Qandaydir boshqacha maqsadga erishish vositasi bo‘lgan agressiya. Integral kelishuv. «Men yutdim – sen yutding» tipidagi, har ikki tomonning manfaatlari o‘zaro foydada birlashadigan kelishuv. Informatsion ta’sir. Boshqa odamlarning reallik xaqidagi mulohazalarini qabul qilish natijasida paydo bo‘ladigan konformizm. Irqchilik. 1) Alohida irq vakillariga nisbatan individual noto‘g‘ri ustanovkalar va kamsituvchi xulq yoki 2) alohida irq vakillariga tobelik holati majbur qilinadigan institutsional amaliyot (xatto bu amaliyot bidoat bilan motivlashgan bo‘lsa ham). Ichki guruh ehtirosi. O‘z guruhiga ijobiy munosabatda bo‘lish tendentsiyasi. Ichki mutanosiblik. Nazariyaning qiymatini aniqlash uchun ishlatiladigan mezon. Adekvat nazariya bir-biridan farq qiladigan fenomenlarni ichki mutanosiblik usuli bilan izohlashi lozim. Ishontirishning bavosita usuli. Odamlarga tasodifiy omillar, masalan, oratorning yoqimliligi ta’sir qiladigan holatdagi ishontirish. Ishontirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli. Auditoriya o‘zining butun diqqatini yoqimli argumentlarga yo‘naltirgan holatdagi ishontirish. Ishtirok etuvchilar samarasi. Agar boshqa odamlar ham ko‘rib turishgan bo‘lsa odamning biron bir kishiga yordam berish ehtimoli kam bo‘ladi. Kastratsiya qo‘rquvi – (kastratsiya – lotincha atama, erkaklar urug‘doni yoki ayollar tuxumdonini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash, bichib qo‘yish, psixoanalizda erkaklar tashqi jinsiy organi, penisni (ramziy) kesib tashlash) – yosh o‘g‘il bolalarda otasi uning jinsiy organini onasiga nisbatan jinsiy raqobati uchun kesib tashlaydi degan qo‘rquv hissi. Katarsis. Emotsional bo‘shanish. Agressiyani katarsis orqali shunday tushuntirish mumkin: individuum agressiv energiyani yoki agressiv harakat vositasida, yoki tasavvurdagi agressiya xisobiga «ozod qilganda» agressiv qo‘zg‘alish susayadi. Kateksis – psixik energiyaning ob’ekt, g‘oya yoki xulqqa yo‘nalganligi. Klinik psixologiya. Psixologik qiyinchiliklarni xis qilayotgan odamlarni tekshirish, tashxis qo‘yish va davolash. Kognitiv dissonans. Biri biriga qarama qarshi bo‘lgan ikkita fikr paydo bo‘lganligini anglashda paydo bo‘ladigan zo‘riqish. Masalan, biz etarlicha asosga ega bo‘lmay turib, o‘zimizning ustanovkalarimizga qarama-qarshi harakat qilganimizda yoki mantiq boshqasini talab qilib turib boshqa variant foydasiga qaror qabul qilganimizda dissonans paydo bo‘ladi. Kommunikatsiya kanali. Yuzma-yuz, yozma, kinoplyonkada yoki boshqa biron yo‘l bilan ma’lumot uzatish usuli. Kommunitarianizm. Individualizm (odamning asosiy xuquqlarini xurmat qilish) va kollektivizm (oila va jamiyat ravnaqi xaqida g‘amxo‘rlik qilish)ni sintez qilishga urinish. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling