Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet106/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Axloqiy xavotir – individuumning EGOsi (MENi) SUPEREGO (Yuqori - Men) tomonidan jazolanish xavfi tug‘ilganda u tomonidan his qilinadigan uyat va aybdorlik hissi.

  • Axloqiy eksklyuziya. Aloxida shaxslar yoki guruhlarni axloq va adolat qonunlari amal qiladigan sohadan tashqarida deb idrok qilish. Axloqiy inklyuziya esa aksincha, boshqalarni axloqiy tamoyillar amal qiladigan soxa doirasiga qo‘shadi.

  • Bazaviy baho hatosi. Ayni paytdagi hodisa uchungina harakterli bo‘lgan xususiy faktlar ta’siri ostida bazaviy baholovchi informatsiya (ko‘pchilik odamlar xaqidagi informatsiya)dan to‘liq foydalanmaslik yoki uni payqamaslik tendentsiyasi.

  • Baholash qo‘rquvi. Bizni boshqalar qanday baholashlaridan havotirlanishimiz.

  • «Begona» guruhning gomogenligi samarasi. «Ularning» guruhi «bizning» guruhimizga nisbatan ko‘proq bir biriga o‘xshaydi. Shunday qilib «ular – bir biriga o‘xshashadi; biz – turli tumanmiz».

  • Bidat. Guruh yoki uning alohida a’zolariga nisbatan asossiz salbiy ustanovka.

  • Birlamchi jarayon – instinktiv ehtiyojlarni fantaziyada qondirish. Asosiy ehtiyojni qondirish bilan assotsiatsiya qilinadigan ob’ekt obrazini shakllantirganda individuumning keskinligi kamayishini izohlaydigan psixologik fenomen.

  • Birlamchilik samarasi. Boshqa barcha teng kuchli sharoitlarda birinchi bo‘lib taqdim qilingan ma’lumot odatda kuchliroq bo‘ladi.

  • Bixevorial meditsina. Salomatlik va kasalliklar xaqidagi bixevorial va tibbiy bilimlar integratsiya qilinadigan va foydalaniladigan fanlararo soha.

  • Bixevorial tasdiq. Ijtimoiy kutishlar odamlarni shunday harakat qilishga majbur qilib, ularning xulqi boshqalarni shu kutishlarni tasdiqlashga undashga sabab bo‘ladigan, o‘z-o‘zidan amalga oshadigan bashoratlar tipi.

  • Boxabar qilingan tekshiriluvchi roziligi. Tekshiriluvchilar eksperimentda qatnashish yoki qatnashmasliklarini hal qilishlari uchun ularni etarli darajada boxabar qilishni talab qiladigan etik tamoyil.

  • Verifikatsiyalashganlik. Nazariyaning qiymatini aniqlash uchun ishlatiladigan mezon. Adekvat nazariya qat’iy aniqlangan, mantiqiy o‘zaro bog‘langan va empirik asoslanadigan kontseptsiyalardan iborat bo‘lishi kerak.

  • Vositachilik. Uchinchi betaraf tomonning aloqalarni yaxshilash va takliflar kiritish yo‘li bilan ziddiyatni bartaraf qilishga intilishi.

  • Gender. Psixologiyada- «erkak», «ayol» tushunchasiga aniqlik beruvchi sotsial-biologik tavsifnoma.Jins biologik kategoriya bo‘lganligi uchun sotsial psixologlar aksariyat biologik asoslangan gender farqlarini «jinsiy farqlar» sifatida qarashadi.

  • Gender roli. Erkaklar va ayollar uchun ulardan kutiladigan xulq (norma) namunalari to‘plami.

  • Genital bosqich – psixoseksual taraqqiyotning to‘rtinchi va oxirgi bosqichi bo‘lib, bunda etuk geteroseksual munosabatlar shakllanadi (bosqich o‘smirlikdan umrning oxirigacha davom etadi).

  • Genital harakter – Freyd tomonidan ideal psixik salomatlikni belgilash uchun kiritilgan atama. Harakterning bunday tipi seksuallilikning me’yoriy darajasiga ega bo‘lgan, boshqalar bilan intim munosabatlarga qobil, o‘z sermaxsul faoliyati bilan jamiyatga hissa qo‘shadigan individuumlarda uchraydi.

  • Geterostaz. Odamlar shaxsiy o‘sishga intilish, stimullarni qidirish va o‘z-o‘zini amalga oshirish bilan motivlashganlar deb tasdiqlash.

  • Gomeostaz. Odamlar zo‘riqishni kamaytirish va ichki muvozanat holatini saqlashga intilish bilan motivlashganlar deb tasdiqlash.


  • Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling