Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Torlik.
- To‘laqonli emaslik xissi.
- Faktlarga qarshi tafakkur.
- Fiksatsiya
- Harakter tipi
- Shajara mansubligi tamoyili bo‘yicha tanlanish.
«Tenglar» fenomeni. Ayollar va erkaklarning jozibalilik va boshqa sifatlar bo‘yicha o‘zlariga «tenglar ichidan» sherik tanlashlari tendentsiyasi.
Tobe o‘zgaruvchan qiymat. Mustaqil o‘zgaruvchan qiymat manipulyatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan qiymat. Topografik model – Freyd tomonidan tasvirlangan psixikaning uch darajasi modeli: ong, ong oldi va ongsizlik. Torlik. Bitta odamga to‘g‘ri keladigan maydonning sub’ektiv etarli emaslik xissi. Transfer – psixoanalitik terapiyaning muhim hodisasi bo‘lib, patsientning o‘tmishda boshqa muhim ob’ektlarga (odatda ota-onadan biriga) nisbatan his qilgan hissiyotlarini terapevtga ko‘chirishini anglatadi. Tushlarni taobirlash – tush ramzlarini talqin qilish vositasida patsientlarga ularning kasallik simptomlarini va motivatsion ziddiyatlarini tushunishlariga yordam beruvchi psixoanalitik usul. Tushuntirish usuli. Xayot hodisalarini izohlashning odatiy usuli. Izohlashning salbiy, pessimistik, depressiv usuli muvaffaqiyatsizliklarni barqaror, global va ichki sabablarga bog‘laydi. Tug‘ilish tartibi. Xayot uslubining shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan individning oiladagi ketma-ketlik pozitsiyasi (masalan, birinchi farzand). To‘laqonli emaslik xissi. Bolalikda paydo bo‘ladigan va keyinchalik balog‘at yoshida boshqalardan ustunlik uchun kurashga asos bo‘lib xizmat qiladigan shaxsiy to‘laqonli emaslik, beo‘xshovlik va noqobillik xissi. Ustanovka (attityud). Fikr, xissiyot va maqsadga yo‘naltirilgan xulqda namoyon qilinadigan, nimagadir yoki kimgadir nisbatan ijobiy yoki salbiy baholovchi reaktsiya. Ustanovkalarni emlash. Keyinchalik yanada kuchliroq xujumga qarshilik uchun zamin xozirlash maqsadida odamlarning ustanovkalariga kuchsiz xujum usuli. Faktlarga qarshi tafakkur. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, lekin sodir bo‘lmagan, tasavvurdagi muqobil stsenariylar va natijalar. Fallik bosqich – jinsiy organlar lazzatlanish va xuzur qilishning asosiy manbaiga aylanadigan psixoseksual taraqqiyotning uchinchi bosqichi. Fallik harakter – taraqqiyotning fallik bosqichida tutilib qolgan shaxs tipining Freyd tomonidan berilgan ta’rifi. Bunday shaxs tipigp ega bo‘lgan katta yoshdagi odam qo‘pollik, eksgibitsionizm, o‘ta mag‘rurlik va raqobatchilik bilan ajralib turadi. (eksgibitsionizm – umumiy mazmuni doimiy diqqat markazida bo‘lishga intilish; jinsiy mazmuni – ijtimoiy noma’qul sharoitlarda o‘z jinsiy organini namoyish qilishga intilish). Fiksatsiya – frustratsiya yoki ota-onalarning beparvoligi tufayli shaxs taraqqiyotining ilk psixoseksual bosqichda to‘xtab qolishi. Frustratsiya. Maqsadga yo‘naltirilgan xulqning tutilib qolishi. Frustratsiya – ona tomonidan ehtiyoj va istaklarning qondirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Shuningdek shaxsiy maqsadlarga erishishning tutilib qolishida ham paydo bo‘ladi. Harakter tipi – Freyd tomonidan odamlarni psixoseksual taraqqiyotning aniq darajasida tutilib qolishga mos holda klassifikatsiya qilish. Xindsayt xatosi. Biron-bir odamning natija ma’lum bo‘lib bo‘lgandan so‘ng o‘zining oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini bo‘rttirish tendentsiyasi. Shuningdek, «men shunday bo‘lishini bilardim» fenomeni sifatida ham mashxur. Shajara mansubligi tamoyili bo‘yicha tanlanish. Umumiy genlar yashovchanligi imkoniyatini oshirish uchun, yaqin qarindoshlarga nisbatan altruizm evolyutsiya jarayonida xulq modeli sifatida tanlab olingan deb tahkidlovchi nazariya. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling