Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot instinkti
- Hamkorlik normasi.
- Qiyosiy deprivatsiya.
- Evristikaning ochiqligi.
- Edip yoki Elektra kompleksi
- Eksperimental realizm.
- Elektra kompleksi
- Emotsiyalarning ikki faktorli nazariyasi.
- Erogen zonalar
- Ehtimol MEN.
- E’tiqodlar mustaxkamligi.
O‘z-o‘zini hurmat qilish. Shaxsiy g‘urur xissi yoki odamning o‘z-o‘ziga keng qamrovli bahosi.
O‘lim instinkti – Freydning odamlar o‘z-o‘zini vayron qilish va o‘lim istagi bilan faollashishadi deb ataluvchi g‘oyasi (aksariyat tashqi tomondan agressiya ko‘rinishida ifodalanadi). O‘rin almashtirish – mohiyati xaqiqiy ob’ekt tomonidan o‘ch olinish ehtimoli tufayli hissiyot va impulslarni butunlay boshqa odamga yo‘naltirishdan iborat bo‘lgan himoya mexanizmi. Masalan, o‘qituvchi tomonidan tanqid qilingan talaba o‘z g‘azabini yotoqxonadagi qo‘shnisiga sochadi. O‘rtachaga qaytish. Eng yuqori natijalar yoki o‘ziga xos xulq o‘rtacha ko‘rsatkichga qaytishga intilishini bildiruvchi statistik tendentsiya. Hayot instinkti – Freydning odamlar o‘z – o‘zlarini saqlashga intilishadi degan g‘oyasi. Hamkorlar. Raqobat talab qilmaydigan ishni alohida-alohida bajaradigan, individual, bir vaqtda ishlaydigan odamlar guruhi. Hamkorlik normasi. Odamlar ularga yordam berganlarga zarar keltirishdan ko‘ra, ko‘proq yordam berishadi deb kutish. Himoya mexanizmlari – individuumni xavotir va aybdorlik hissi kabi noxush emotsiyalardan himoya qiluvchi anglanmagan reaktsiyalar. Odamga xavf soluvchi impulslarni berkituvchi yoki buzib ko‘rsatuvchi ego-himoya tendentsiyasi. Qarshilik ko‘rsatish – siqib chiqarilgan materialning ochilishiga terapiya paytida qarshilik ko‘rsatish tendentsiyasi; shuningdek psixoterapiyani muddatidan oldin to‘xtatish yo‘li bilan himoya xulqi modelini saqlash tendentsiyasi. Qiyosiy deprivatsiya. O‘zining axvolini boshqalarga nisbatan yomon deb idrok qilish. «Quyonlar». Guruhdan foyda olib o‘rniga kam narsa beradigan odamlar. Qo‘shilganlik ehtiyoji. Doimiy ijobiy o‘zaro harakatlarni kafolatlaydigan aloqalar bog‘lashga intilish. E’tiqodlar mustaxkamligi. Biron bir odamning birlamchi tasavvurlarining mustaxkamligi. E’tiqodning asosi diskreditatsiya qilinganda (obro‘sizlantirilganda) ham, e’tiqodning xaqiqiy bo‘lganligining izohi saqlanib qolaveradi. Evristikaning ochiqligi. Narsalar ehtimolligini ularning xotirada mavjudligi nuqtai-nazaridan baholaydigan samarali, lekin xatodan holi bo‘lmagan empirik usul. Agar qandaydir misollar osongina esimizga tushsa, biz ularni hamma tomonidan qabul qilingan deb xisoblay boshlaymiz. Ego – ideal – ota-onalar tomonidan bolaga o‘rgatilgan o‘z-o‘zini takomillashtirishning aniq standartlaridan iborat superegoning bir qirrasi. Individ o‘z-o‘zini baholash va mag‘rurlik hissining o‘sishiga olib keladigan maqsadlarga erishishga intilganda Ego – idealdan foydalanadi. Ego – psixoanaliz nazariyasida ijtimoiy dunyo bilan samarali hamkorlik qilish uchun zarur bo‘ladigan idrok, tafakkur, malaka va psixik faollikning boshqa hamma ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladigan shaxs qurilmasining qirrasi. Egoizm. (Ehtimol har qanday xulqning asosida yotadigan) shaxsiy farovonlikni yaxshilash motivatsiyasi. Boshqalarning farovonligini yaxshilashni maqsad qilib qo‘yadigan alg‘truizmga teskari. Edip yoki Elektra kompleksi – fallik bosqichda paydo bo‘ladigan, bolaning qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onasi bilan jinsiy qo‘shilishga intilishi, o‘zi bilan bir jinsdagi ota yoki onasi tomonidan tahdidni his qilishi va vaqti kelib ziddiyatni o‘zini o‘zi bilan bir jinsdagi ota yoki onasi bilan identifikatsiya qilish orqali bartaraf qilishidan iborat jarayon. Bola qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onasiga nisbatan erotik hissiyotni, o‘zi bilan bir jinsdagi ota yoki onasiga nisbatan esa nafrat va rashkni boshdan kechiradi. Eksperimental realizm. Eksperimentning qatnashchilarni jalb qilish va qamrab olish darajasi. Eksperimental tadqiqot. Bir yoki bir necha omillar (mustaqil o‘zgaruvchan qiymatlar) ni manipulyatsiya qilib va boshqalarini nazorat qilib (o‘zgarishsiz qoldirib), sabab oqibat xaqidagi ma’lumotlarni aniqlaydigan tadqiqot. Ekstraordinat maqsad. Hamkorlikdagi intilishni talab qiladigan umumiy maqsad; shunday maqsadki odamlar o‘rtasidagi farqni e’tiborga olmaydi. Elektra kompleksi – Freyd nazariyasidagi Edip kompleksining ayollarga nisbatan versiyasi. Emotsional qayta o‘rganish – davolashning oxirgi bosqichida qo‘llaniladigan, patsientga o‘zi anglagan narsani kundalik hayotida o‘zgarishga erishish uchun foydalanishiga yordam beradigan psixoanalitik usul. Emotsiyalarning ikki faktorli nazariyasi. Qo‘zg‘alish x yorliq q emotsiya. Empatiya. Boshqa odamning xis tuyg‘ularini jo‘shqin ichdan kechirish; o‘zini uning o‘rniga qo‘yishga harakat qilish. Entropiya – har qanday energetik tizim muvozanat holatiga intiladi deb tasdiqlovchi termodinamika qonuni. Psixoanaliz nazariyasida entropiya har qanday tirik mavjudotga o‘zlari paydo bo‘lgan jonsiz holatga qaytishga intilish hos degan maononi anglatadi. Epigenetik tamoyil. Odam o‘z taraqqiyotida albatta butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan qat’iy ketma-ketlik bosqichlaridan o‘tadi deb ta’min qilish. Har bir bosqich biologik etilish va ayni bosqich tomonidan odam oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar bilan birga keladigan inqirozda namoyon bo‘ladi. Erkin assotsiatsiya – individuum qanchalik absurd, sharmandali va mantiqsiz bo‘lmasin kallasiga nima kelsa shuni erkin gapirishi jarayonida ongsizlikni o‘rganadigan psixoanalitik usul. Erogen zonalar – badanning ichki va tashqi to‘qimalari birlashadigan va taranglik hamda qo‘zg‘alish manbai bo‘lgan nuqtalari. Etnotsentrizm. O‘z etnik guruhi va madaniyatining ustunligiga ishoch va mos ravishda boshqa guruhlarni nazar pisand qilmaslik. Ehtimol MEN. Kelajakda biz orzu qiladigan yoki shunday bo‘lishdan qo‘rqadigan obrazlar. Ehtiros-muxabbat. Boshqa odam bilan aloqaga kuchli moyillik holati. Ehtirosli sevishganlar bir-birlari bilan butunlay band bo‘ladilar, sevganlarining muxabbatiga erishganlarida ekstaz holatiga tushadilar, uni yo‘qotganlarida esa g‘am-anduxlarining chegarasi bo‘lmaydi. E’tiqodlar mustaxkamligi. Biron bir odamning birlamchi tasavvurlarining mustaxkamligi. E’tiqodning asosi diskreditatsiya qilinganda (obro‘sizlantirilganda) ham, e’tiqodning xaqiqiy bo‘lganligining izohi saqlanib qolaveradi. «Yuziga tarsillatish» texnikasi. Yon berishga erishish strategiyasi. Kimdir katta iltimos bilan murojaat qilib rad javobi olgandan so‘ng (yuziga tarsillatish), endi kichikroq iltimos bilan murojaat qiladi. Yaqinlik. Geografik qo‘shnilik. Yaqinlik (yana ham aniqrog‘i «funktsional masofa») bog‘liqlik xissining uyg‘onishini taqozo qiladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling