Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seksual instinkt
- Siqib chiqarish
- Stereotiplarga nisbatan ojizlik.
- Sublimatsiya
- Talab qilinadigan harakteristikalar.
- Tasodifiy tanlash.
- Tafakkurning guruhlashuvi.
Salomatlik psixologiyasi. Psixologiyaning bixevorial meditsinaga yordamini ta’minlaydigan bo‘limi.
Seksizm. 1) U yoki bu jins vakillariga nisbatan individual, oldindan shakllangan ustanovka va erga uruvchi xulq yoki 2) u yoki bu jins vakillariga tobelik holati majburlanadigan institutsional amaliyot (xatto bu amaliyot bid’at bilan motivlashgan bo‘lsa ham). Seksual instinkt – Freydning odamlar seksual qoniqish yoki lazzatlanishga intilishadi degan g‘oyasi. Sekta. 1) xudoga yoki odamga sig‘inishning o‘ziga xos rituali; 2) atrofni o‘rab turgan «yovuz» madaniyatdan izolyatsiyalanish; 3) harizmatik lider mavjudligi bilan harakterlanadigan guruh. (Mazxab, sektadan farq qilib, rasmiy dinning irmog‘idir). Siqib chiqarish – noxush fikr va impulslarni ong darajasiga etib borishiga tusqinlik qiladigan himoya mehanizmi. Soxta informatsiya manbai metodi. Tekshiriluvchilar ustanovkalarini yolg‘on yordamida aniqlash usuli. Dastavval eksperiment qatnashchilarini yangi uskuna psixologik reaktsiyalarni o‘lchab, ularning shaxsiy ustanovkalarini aniqlaydi deb ishontiriladi. Keyin tekshiriluvchilardan o‘lchov natijalarini oldindan bashorat qilish so‘raladi va shunday qilib ularning ustanovkalari aniqlanadi. Stereotip. Odamlar guruhining shaxsiy sifatlar xaqidagi fikri. Stereotiplar haddan tashqari umumlashgan, noaniq va yangi informatsiyaga rezistent bo‘lishi mumkin. Stereotiplarga nisbatan ojizlik. Kimdir salbiy stereotipning to‘g‘riligini tasdiqlaydi degan vayronkor ta’sirli xavfsirash. Strukturaviy model – Freyd tomonidan belgilangan shaxs qurilmasining ID, EGO va SUPEREGOdan iborat uch darajasi. Sublimatsiya – IDning impulslari ijtimoiy ma’qul faollikka yo‘naltiriladigan o‘rin almashtirish shakli. Super – Ego – interiorizatsiyalashgan madaniy-ijtimoiy normalar. Psixoanaliz nazariyasida shaxs qurilmasidagi etik yoki axloqiy qatlam; ota-onadan jazolash va rag‘batlantirish vositasida olingan ijtimoiy norma va xulq standartlarining individuum tomonidan internalizatsiya qilinishi. (internalizatsiya – e’tiqod, qadriyat, ustanovka, amaliyot, standart va xokazolarni o‘ziniki deb qaobul qilish yoki ularga moslashish). Talab qilinadigan harakteristikalar. Eksperimentda qatnashuvchiga undan qanday xulq usuli kutilayotganini shipshitib qo‘yish. Tasviriy idrok. Ko‘proq janjallashayotgan tomonlarda paydo bo‘ladigan bir-biri xaqidagi o‘zaro salbiy fikr; masalan, o‘z tomoni har doim axloqiy va tinchliksevar, qarshi tomon axloqsiz va agressiv deb xisoblanadi. Tasodifiy tanlash. Har bir odam teng tanlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘rov protsedurasi. Tasodifiy taqsimlash. Eksperiment shartlariga mos ravishda tekshiriluvchilarni shu sharoitlarga tushish teng imkoniyati bilan taqsimlash. (So‘rovda tasodifiy tanlash bilan eksperimentda tasodifiy taqsimlash o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering. Tasodifiy taqsimlash bizga sabab va oqibatni aniqlashga yordam beradi. Tasodifiy tanlash bizga butun turga nisbatan umumlashtirishlar qilishga yordam beradi). Tafakkurning guruhlashuvi. Birdam guruh uchun konsensusni qidirish ustunlik qilib, u muqobil harakat usulini real baholashni inkor qilishga moyil bo‘lganda odamlarda paydo bo‘ladigan tafakkur rejimi. Teng maqomlilik munosabatlari. Tenglik asosidagi aloqalar. O‘zaro teng bo‘lmagan maqomdagi odamlarning o‘zaro munosabatlari xuddi o‘zaro teng maqomli odamlarning o‘zaro munosabatlaridagiga o‘xshab ularning munosabatlarini mustaxkamlaydigan ustanovkalarni tug‘diradi. Shunga ko‘ra, bid’atlarni susaytirish uchun irqlararo aloqalar teng maqomdagi odamlar tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling