Buxoro yahudiylarning diniy marosimlari
Download 146.45 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan manbalar
BUXORO YAHUDIYLARNING DINIY MAROSIMLARI Yahudiylar O‘rta Osiyoda. Ma’lumki, yahudiylar O‘rta Osiyoga qadim zamonlardan ko‘chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Ularning ichida umum e’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu xalqning O‘rta Osiyoga hijrati ko‘p asrlar mobaynida davom etdi. Taxminlarga ko‘ra, ular Assuriya quvg‘inlari paytida – er. av. VII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Hatto e.r. av. VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham xabarlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni o‘z hukmlari ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi amalga oshgan. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida gaplashishlari ham quvvatlaydi. Ularning hayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy - O‘rta Osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoning ma’lum bir qismining bosib olinishi yana yahudiylarning Turkiston Muxtoriyati va Buxoro Amirligi jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. Yahudiylik millat dini bo‘lganligi uchun yahudiylar qaerda bo‘lmasin, biri-ikkinchisidan qancha uzoq bo‘lmasin, o‘qiydigan kitobi – Tavrot, e’tiqod qiladigan dini yagona bo‘lib qolaverdi. XVIII asrda O‘rta Osiyo yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili o‘zi G‘arbiy Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag‘ribiy o‘z shahri yahudiylar uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida Buxoroga keladi. U bu erlik yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha boshlaganliklarini ko‘rib, shu erda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi. Yahudiylar doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal ko‘rganlar. Agarchi O‘rta Osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa ham, ular ko‘proq Samarqandda yashaganlar. XVIII asrning o‘rtalarida Nodir-shoh Samarqandni bosib olganida uning lashkarlari orasida turklar, lazginlar, afg‘onlar, eroniylar, shuningdek, yahudiylar bo‘lganlar. Ular Samarqandning Shoh-Kash, Chor-Raga, Novadon, Qo‘shhovuz kabi guzarlarida yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodir-shoh davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo‘lgan. Son jihatdan ko‘paygan yahudiylarning barchalari bir mavzega jam bo‘lib yashashni xohlashardi. Biroq, Buxoroda ham, uning SHahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylarni musulmonlardan ajralgan holda alohida yashashga majbur edilar. 1843 yilning bahorida mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar joyni 10000 kumush tangaga sotish haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudilardan 32 kishi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to‘rt muhr bilan tasdiqladi. SHunday qilib, yahudiylar o‘zlarining birinchi mahallalariga ega bo‘ldilar. Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini "isroel", "bane iyeroel", "yahudiy-tojik" deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. Buxoro yahudiylari atamasi birinchi boʻlib 16-asrda paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926 yilda Oʻzbekistonda 18172, 1989 yilda esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan. Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent shahri lari da yashaydilar. Buxoro yahudiylari tili yahudiy-tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi. Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali. Baʼzi olimlar (M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 6-asrda paydo boʻlganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi Bibliyadagi Xabar bilan, iyeroilliklarning oʻn pushti surgun qilingan joylardan biri sifatida tenglashtirilgan (miloddan avvalgi 722). Arxeologax tadqiqotlarga koʻra, yahudiylar Oʻrta Osiyo (Marv, Samarqand)ga 2—4—5-asr va 8-asrlarda kelganlar. Yozma manbalarga koʻra esa miloddan avvalgi 1-asr—milodiy 1-asrda Marvga, 6— 80-asrlarda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozishicha, 10-asrda Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan. Tudellik sayyoh Veniamin (12-asr)ning maʼlumoticha, Samarqand shahrida 30 ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda boʻlishlari toʻgʻrisida ilk maʼlumot 13-asrga toʻgʻri keladi. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga koʻra, 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bilan aralashib ketishgan. 16-asrda Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar mahallasi — "Mahallai koʻhna" tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda sinagogalar boʻlgan. 20-asrning 30- yillari boshlaridagi stalincha qatagon davrida 1000 ga yaqin Buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, muzey va gaz.lar yopilgan. Buxoro yahudiylaridan adabiy esdaliklarning mashhur mualliflaridan biri Solomon ben Samuel boʻlgan. U 1338 yil Urganchda yahudiy tili lugʻatini tuzgan, Moshe ben Dovud forsiyda poemalar bitgan. 17-asr oxiri — 18-asr 1-yarmida shoir Yusuf Yagudi (Mollax Iosif ben Isaak)ning "Yetti akauka" asari Buxoroda mashhur boʻlgan. Buxoro yahudiylarining asosiy mashgulotlari savdo, musiqashunoslik, artistlik, xunarmandchilik boʻlib, keyinchalik maishiy xizmat, pedagoglik sohalari, muhandis, vrachlik kasblarini egallashgan. Buxoro yahudiylari orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan: fan doktorlari — prof. Yu. I. Ishoqov, I. A. Kalantarov, B. I. Pinxasov, N. M. Mallayev; kompozitorlar — M. Leviyev, S. Yudakov; rassomlar — Yu. M. Yelizarov; Oʻzbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamayeva shular jumlasidandir. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan (1991)dan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urfodati, anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oʻqitiladigan maktab va bolalar bogchasi faoliyat koʻrsatadi. Samarqandda "Shofar" gaz. nashr qilinadi (1998). Turli diniy marosimlar erkin oʻtkaziladi. E'tiqod bilan bog'liq bo'lgan bir nechta yahudiy e'tiqodlari bor, ularni boshqa xalqlar uchun qabul qilish doim ham oson emas. 1. Monoteizm - bitta xudoga sajda qilishni cheklash deyarli noma'lum. Sababi oddiy: tabiiy hodisalar shu qadar bo'linganki, ular muqarrar ravishda turli xil xudolarga tegishli bo'ladi, keyin bu xudolarning har biri topshirilishi kerak yoki ularning nazorati ostidagi tabiiy kuchlar jamiyatga zarar etkazadi. 2. Eksklyuzivlik. Har bir qadimgi xalqda o'z xudolari panteoni bo'lgan. Ammo hamma o'z panteoniga sajda qiladigan boshqa xalqlarning mohiyatini tan oldi. Qadimgi dinlarda universallik va izchil eksklyuzivlik yo'q. Shunday qilib, Antioxning yahudiylikni yo'q qilishga urinishidan tashqari, qadimgi dunyoda diniy urushlar yo'q! Bir mamlakat boshqasini mag'lubiyatga uchratganda, ikkinchi mamlakat odatda g'olibning asosiy xudosini tan olish uchun talab qilinadi va g'olib bo'lganlar odatda bu marosimdan mamnun bo'lishadi: urushda mag'lubiyatga uchraganliklari boshqalarning asosiy xudosi juda kuchli ekanligini isbotlashdi. Fath qilingan millat dinining qolgan qismi saqlanib qoldi. Faqat yahudiylar umumiy va yagona ilohiy kontseptsiyani e'lon qilishdi: bizning Xudoyimiz yagona, hamma boshqalar xayoldir. 3. Ma'naviyat. Qadimgi dinlar xudolarni jismoniy narsalar yoki hodisalar bilan uzviy bog'lashgan. Masalan, bular: quyosh, oy, dengiz, unumdorlik, o'lim xudolari. Ko'pincha xudolarga insoniy shakl beriladi. Xudo jismoniy timsolga, shaklga yoki o'xshashlikka ega emasligini da'vo qiladigan yagona qadimiy din - bu iudaizm. 4. Axloqiy. Qadimgi dunyo xudolari o'zlarining haddan tashqari insoniy istaklarini erkaklar bilan va bir-biriga zid ravishda ko'rsatadigan mayda zolimlar sifatida tasvirlangan. Mutlaq axloqiy barkamollikning hech qanday sharti bu xudolarga taalluqli emas. Faqatgina yahudiy xudosi ushbu tavsifga javob beradi. Qadimgi madaniyatlarda bu yahudiylarning e'tiqodlari bema'ni bo'lib tuyulgan. Ular butun insoniyatning umumiy tajribasi va e'tiqodlariga zid edi. Shuning uchun yahudiylar ko'pincha chet elda hisoblanar edilar. Qadimgi iudaizmning bitta yakuniy xususiyatini ta'kidlash kerak. Qadimgi davr mobaynida yahudiylar diniy e'tiqod va marosimlarning boshqa shakllari bilan tajriba o'tkazishgan. Payg'ambarlar yahudiylarning butlarga sig'inishlari haqida guvohlik berishadi. Bobil asirligida, yahudiylarning ko'p qismi nikohga kirishgan va o'z e'tiqodlarini Bobil davriga moslashtirishgan. Yaqin Sharqda yunon madaniyati hukmronlik qilganda, ko'plab yahudiylar elitaga aylandilar. 1989 yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra O‘zbekistonda 28369 O‘rta Osiyo yahudiylari bo‘lib, ulardan 4220 tasi Buxoro shahrida, 5427 kishi esa Butun Buxoro viloyatida istiqomat qiladi. Keyingi yillarda yahudiylar hayotida anchagina ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 1987 yilning noyabr oyida O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi qoshida Buxoro yahudiy yozuvchilarining sho‘basi qayta tiklanadi. 1989 yil iyunda esa Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyida ularning asarlari ekspozitsiyasi ochiladi. 1989 yil oktyabrda Toshkentda O‘zbekiston Madaniyat ministrligi qoshida Buxoro yahudiylarining “Nekqadam” eksperemental teatr studiyasi ochiladi. 1990 yilda Toshkentda Buxoro yahudiy madaniy markazi tashkil qilinadi. Bunday madaniy markazlar Dushanbe, Samarqandda ham ochilgan edi[6]. Buxoro yahudiylarining Samarqand madaniy markazi 1992 yil yanvardan “Shofir” deb nomlangan oylik gazetasini chiqara boshlaydi. Buxoroning o‘zida yahudiylar madaniy markazi “Shalom” 1990 yil bahorida tashkil topadi. Shu yilning 5 aprelida ta’sis konferensiyasi bo‘ladi, 24 aprelda markaz shahar ijroiya qo‘mitasi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 1992 yil sentyabrda O‘zbekiston “Jamoat birlash-malari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq markaz viloyat hokimligi yustitsiya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadi va tegishli guvohnoma oladi. Buxoroda madaniy markazning tashabbuskori va faol tashkilotchisi Avkun Ashurovich Yoqubov. Bu insonning mehnat yo‘li juda qiziqarli. U Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tugatib, 30 yillardan buyon moliya organlarida ishlamoqda. O‘z ishining tajribali mutaxassisi. U Respublika Davlat sug‘urtasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat ijtimoiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 20 yildan oshiqroq O‘zbeksiton Moliya vazirligining viloyat taftish boshqarmasida rahbarlik qilgan. A. A. Yoqubov Buxoro yahudiy markazi raisi etib saylanganidan so‘ng, markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar deb hisoblandi: - Buxoro yahudiylari tarixi va madaniyatini o‘rganish va keng tashviq etish; - milliy san’atni, bayramlar, an’analar, urf-odatlar, maro-simlarni tiklash; - milliy va jahon madaniyati boyliklaridan bahramand bo‘lish; - yoshlarga axloqiy tarbiya berish, ularni barcha xalqlar va ularning madaniyatini hurmat qilish ruhida tarbiyalash; - yoshlarda fuqarolik javobgarligini shakllantirish; Bu jamoat tashkiloti qisqa muddatda Buxoro yahudiy jamoasini yagona markaz ostida birlashtira oldi. 1992 yil may oyida A. A. Yoqubov markaz faoliyati haqida axborot berdi. Bunda ikki yil ichida tashkilotning moddiy bazasi mustahkamlanganligini ma’lum qiladi. Ivrit tilini o‘rganish, bayramlar va marosimlarni o‘tkazish uchun 30 stol, 50 ta parta, 100 ta stul, o‘quv doskalari sotib olingan. Yahudiy yozuvchilarining rus va ivrit tilida yaratgan asarlari kutubxonasi tashkil qilingan. Markaz ivrit tilini o‘rganish bo‘yicha katta sondagi o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlangan. Xalq demokratik partiyasi nomi bilan markaz uchun ajratilgan turar joy binosi ta’mirlangan va uy jihozlari bilan ta’minlangan. Haftada 5 kun 130 – 150 bolalardan iborat 6 ta guruhda ivrit tili bepul o‘rgatilishi tashkil etilgan. Bundan tashqari katta yoshlilar uchun ivrit va ingliz tilini o‘rganishning kechki kurslarida 40 – 60 kishi o‘qimoqda. Milliy urf-odat, an’ana, bayram va marosimlarni tiklash hamda turmushga tadbiq etish sohasida katta ishlar qilingan. Masalan, 1991 yil 15 sentyabrda 32 o‘smir 13 yoshni qarshilagani munosabati bilan marosim o‘tkazildi. Bu marosimga Ierusalim bosh ravvini David Nisanov va Izroil diniy jamoalari arboblari Avraam Badiev va Benyamin Gulkarovlar taklif etilgan. 1991 yil 8 dekabrda Xanuko bayrami o‘tkaziladi[8]. Bu bayram ikki ming yil ilgari sodir bo‘lgan voqealar, ya’ni makavsevlar jasoratiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda vijdon erkinligi va e’tiqod, diniy marosimlarni o‘tkazishga erishilgani haqidagi mulohazalar bildirilgan. Bayramda To‘hfa Tinxasova rahbarligidagi “Nozanin” folklor ansambli konserti bilan qatnashadi. Madaniy markaz tashabbusi bilan Purim bayrami arafasida viloyat va shahar ijroiya qo‘mitasi sa’y-harakati bilan Buxoroda yangi ikkinchi sinagoga ochiladi. Bu sinagoga birinchi, ilgarigi sinagoga o‘rnida tashkil etilgan edi. Purim bayrami sharafiga Nyu-Yorkdagi “Djayn” jamiyati 17 ta kam ta’minlangan shaxslarga moddiy yordam beradi va 11 ta o‘quvchi a’lo o‘qishi uchun pul mukofoti bilan taqdirlangan. 1992 yil 18 – 20 fevralda Buxoroga Izroil elchisi Are Levin tashrifi muhim voqeaga aylangan edi. Elchi Buxoro yahudiylari hayoti va turmushi bilan tanishib, markazga ham mehmon bo‘lgan. Yahudiy xalqining asosiy bayrami Pesax ( Paxsa) bo‘lib, 1992 yil 22 aprelda bu markazda nishonlangan. Bu bayramda Izroil mamlakatidan ham mehmonlar taklif qilingan. 1992 yil madaniy markaz uchun juda mazmunli yil bo‘lgan. Shu yili Toshkentdagi “Soxnut” xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilgan. Masalan: Toshkent shahrida buxorolik talabalar bilan uchrashuv va hokazolar. Oq-tosh dam olish uyiga kam ta’minlangan oilalar bolalari markaz mablag‘i hisobidan yuborilgan. 1992 yil mayda madaniy markaz Izroil davlati mustaqilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazdi. Yuqorida o‘tkazilgan ko‘pgina tadbirlar Shveysariyaning syurix shahridagi “Veshikentam” jamiyati moddiy yordami hisobiga o‘tkazilganini A. A. Yoqubov alohida ta’kidlaydi. Yahudiy markazi boshqa milliy-madaniy markazlar bilan birgalikda tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘zbekiston Mustaqillik bayramida tojik markazi bilan birgalikda dastur tuzib chiqishi bunga misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyoning tub aholisi bo‘lgan yahudiylar tarixida o‘z tadqiqotchilarini kutib turgan “Oq dog‘lar” talaygina. Milliy-madaniy markaz faoliyatiga tayanib, bir yarim ming yil avval O‘rta Osiyoga kelib qolgan yahudiylarning shu kunga qadar yashab, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga o‘zlarining umumiy ulushlarini faol qo‘shib kelayot-ganligini, ularsiz O‘rta Osiyo tarixini tasavvur qilish qiyinligini aniqlash mumkin. Buxoro yahudiylari haqidagi ma’lumotlarni ob’ektiv o‘rganish, yozish va nashr etish ishlari mustaqil O‘zbekiston sharoitida amalga oshirila boshlandi. Foydalanilgan manbalar Yahudiylarning tashqi o'ziga xos xususiyatlari. Erkak va ayollarda yahudiylarning paydo bo'lishining belgilari. http://migurban.ru/uz/s-chego- nachat/vneshnie-otlichitelnye-cherty-evreev-priznaki-evreiskoi-vneshnosti-u- muzhchin-i.html http://e-tarix.uz/vatan-tarixi/715-maqola.html Download 146.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling