Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi mavzu: Xalq maqollarini o’rgatishda ramziy obrazlarni izohlashning metodik asoslari
Download 273.5 Kb.
|
BT 207 perevod.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
- III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning o‘rganganlik darajasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI KURS ISHI Mavzu: Xalq maqollarini o’rgatishda ramziy obrazlarni izohlashning metodik asoslari. “_____________________” yo‘nalishi ___-guruh Bajardi: Tekshirdi: TOSHKENT-2023 Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari. Bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari Maqol - og’zaki ijodning eng faol janri. Maqollarda o’z va ko’chma ma’no. Boshlang‘ich sinflarda maqollarni ikki tomonlama yondashuv asosida o‘rgatish metodikasi III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: O‘zbek bolalari o‘zlarining xilma-xil o‘yinlari va rang-barang janrdagi qo‘shiq repertualarini yaratganlarki, ularda bolalikning qalb tebranishlari, qiziqish va ehtiroslari, voqelikka munosabatidagi o‘ziga xosliklari, psixologiyasi balqib turadi. Bolalar shular bilangina cheklanmaganlar; ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan kattalar repertuariga daxldor ayrim folklor hodisalarini o‘zlashtirib – «o‘zlariniki» qilib borganlar. Bugungi kunda topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘g‘irchoq teatrining tom ma’noda bolalarniki bo‘lib qolgani hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Ana shu taxlitda o‘yinlar, qo‘shiqlar, og‘zaki nasr, muqallid yoki og‘zaki teatr tarzida tarmoqlangan va o‘zaro chambarchas bog‘lanib, bir butunlik holatiga kirgan o‘zbek bolalar folklori shakllanib ulgurgan. Mavzuning o‘rganganlik darajasi: Yosh avlodni tarbiyalashning pedagogik-psixologik masalalari O.Musurmonova, R.Djuraev, O.Jamoliddinova, Z.Ismailova, U.Mahkamov,Sh.Mardonov, M.Inomova, N.Ortiqov, B.Raximov, D.Ro‘zieva, D.Sharipova, N.Egamberdieva, M.Quronov, Z.Solievalar ilmiy ishlarida bolalar, o‘spirinlarda ma’naviyat, axloq, milliy g‘urur, madaniyatni shakllantirish, oilada va ta’lim tashkilotlarida bola shaxsini tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodi namunalarining poetik va o‘ziga xosliklari ijtimoiy pedagogik, antropologik va akmeologik nuqtai nazardan tadqiq qilingan. O‘zbek olimi M.Haydarov yozishicha: “Xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi odob-axloq,ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag‘oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir.Xususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo‘shiqlar va maqollar tarbiya darslari ekanligini,folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak”. Xalq pedagogikasining sharqona an’analari, oilaviy-maishiy yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi, ommaviy bayram- sayllar, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar sirasiga kiradi. Folklorshunos olim S.Turayev ta’kidlashicha:“Xalq og‘zaki ijodida hayotning, tafakkurning,odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi”4. Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do‘st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rang-barangdir.Bu sahifalarning har biri yosh avlod uchun odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) va xorijiy mamlakatlarning M.Montessori, M.N.Bratuxina, O.V.Akulova, T.A.Kotlyakova, O.N.Pishuxina, Ye.A.Avilova, A.Arushanova, M.Bakina, N.M.Eliash, R.M.Exaeva, Ye.V.Yudina, E.Bern, N.A.Vasileva, L.M.Volobueva, Yu.V.Gippenreyter, M.Chomaeva, N.N.Jirnova, O.L.Zvereva, T.F.Kuznesova, Ye.K.Lyutova, N.Nyukomb, L.A.Paramonova, Ye.Yu.Protasova, V.A.Slastenin, A.I.Miщenko, O.Solnseva, A.Fomina7 kabi olimlar olib borib, ularning ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalar vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning nazariy va amaliy muammolari, zamonaviy shaxsni tarbiyalashda xalq pedagogikasi g‘oyalari va xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘rni hamda ularni qo’llash mahoratining o‘ziga xosliklari o‘rganilgan. Download 273.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling