Bolalar psixologiyasi va ularni oʻrganish metodikalari Achilova Iqboloy Shavkatovna


Download 23.59 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1781066
Bog'liq
Achilova Iqboloy Shavkatovna


Bolalar psixologiyasi va ularni oʻrganish metodikalari
Achilova Iqboloy Shavkatovna
Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Amaliy psixologiya yoʻnalishi
121-guruh 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola bolalar psixologiyasining jihatlarini ilmiy tahlil etilgan. Shu bilan birgalikda bolalar ruhiyati va ichki kechinmalari haqida maʼlumotlar ham keltirilgan.
Kalit soʻzlar: bolalar psixologiyasi, yosh, bolalik, taraqqiyot, metodlar, oʻsmirlik, davrlar, pedogogika,
Bolalar psixologiyasi -psixologiya fanining alohida tarmogʻi boʻlib u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini shu bilan birgalikda bir yosh bosqichdan boshqasiga oʻtish qonuniyatlarini oʻrganadi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy eʼtibori bu bola tugʻilgandan to yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratiladi.D.B Elkonin takidalaganidek bola jamiyat aʼzosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan uning psixikasi rivojlanib olamni aks ettirish qobiliyati goʻdalikdan to yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi.Ushbu jarayonning oʻziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi oʻrganadi.
Bolalar psixologiyasi fanini oʻrganish maʼlum maʼnoda ushbu fanning kategoriyalarini oʻrganishdan iborat.
Biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim kategoriyalari xususida maʼlumotlar keltiramiz.
Bolalik- ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun qoʻllaniladigan tushuncha.Yosh davrlarning tasnifiga koʻra -bolalik goʻdaklik yani tugʻilgandan 1-yoshgacha ilk bolalik 1-yoshdan3-yoshgacha maktabgacha yosh 3-yoshdan 6-7yoshgacha kichik maktab yoshi 6-7yoshdan 10-11yoshgacha davrlarini oʻz ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot narsa va hodisalarning vaqt oʻtishi bilan miqdor va sifat jihatidan oʻzgarishi natijasida yuqoriroq darajaga koʻtarilishidir.
Psixik taraqqiyoti bola tugʻilgandan boshlab yosh davrlarida oʻtishi bilan psixik faoliyatning takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida toʻplangan bilim va tajribalarni oʻzlashtirish va shaxs sifatida shakllanib boradigan jarayonidan iborat.
Yosh bu individning psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega boʻlgan bosqichidir.
Psixik taraqqiyotining har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik oʻzgarishlar kuzatiladi . Asosan psixologiyada Xronologik va psixologik yoshga ajratiladi. Xronologik yosh psixik rivojlanishni darajasini ifodalaydi va u aqliy yosh deb ataladi.Bolalar rivojlanishida bolalar psixologiyasi fanining zimmasida.Chunki bola psixologiyasi juda murakkabdir. Bola rivojlanishi turli tomonlarini har xil fanlar va medokilar oʻrganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi faniga falsafa pedagogika tibbiyot umumiy psixologiya ijtimoiy psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi mavjud.
Falsafa bu tabiat jamiyat va inson taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Falsafa qonuniyatlari boshqa fanlarning shu jumladan bolalar psixologiyasi fanining qonunlari boʻlib hisoblanadi. Bola taraqqiyoti ham qarama qarshiliklar birligi va kurashi yani mavjud ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari oʻrtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos hisoblanadi.
Pedagogika talim va tarbiya qonunlari metod va usullari haqidagi fan.U talim va tarbiyaning maqsadi va vazifalarini ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi oʻrnini ochib beradi.Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga talim va tarbiya berish sohasidagi hamkorlikligi chuqur tarixga ega. Oʻz davrida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga tayangan va bu fanlar orasida esa psixologiya markaziy oʻrin egallaydi deb takidlaydi.Bolaga talim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib talim tarbiya berish kerakligini aytsa psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar talim tarbiyasida oʻyin usullaridan foydalanish kerakligini aytsa psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrlarida oʻyin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi
Umumiy psixologiya bu umumiy psixologik qonuniyatlarni psixologiyaning nazariy tamoyillarini asosiy kategoriyalarini metodlarini oʻrganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir.Ummiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari tafakkur turlari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlaridan tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishi uning qanday rivojlanishini oʻrganadi. Bunda u umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi uning metod va kategoriyalaridan foydalanadi.
Bolalar psixologiyasi -yosh psixologiyasi fanining boʻlimlaridan biridir. Yosh psixologiyasi va bolalar psixologiyasining psixologiya fanidan farqi shundaki u psixika miyaning hodisalarning oʻzini emas balki rivojlanishi va yosh bilan bogʻliq ravishda oʻrgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasining bugungi kunda eng muhim muomalar
Turli psixofizologik funksiyaslarning yoshga oid meʼyorlarini ilmiy jihatdan asoslab berish
Individ shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash
Hayotning turli bosqichlarida insonning real va potensial imkoniyatlarini aniqlash
Inson hayotining dastlabki bosqichlarida uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol oʻynashini tushunish va ilmiy tahlil qilish
Ushbu muomalarni hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida bolalik oʻsmirlik yetuklik va qarilikda uning psixikasida roʻy bergan oʻzgarishlarni oʻrganish talab etiladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak bola tarbiyasi va uning rivojlanish xususiyatlari juda murakkabdir uning tugʻilishidan tortib to yetuklik darajasiga yetguncha anchagina qiyinchilik tugʻiladi.Chunki inson psixikasi juda ham murakkab jarayon hisoblanadi.Psixologiya fani ham inson psixikasini oʻrganishiga ham juda koʻp yillik kerak boʻladi. Har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun talim tizimini oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalash u dunyoga kelganidan boshlab to tarbiya yoshgacha boʻlgan davrdagi psixologik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda barkamol avlodni voyaga yetkazish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir ota ona farzandi sogʻlom bilimli va yetuk inson boʻlib voyaga yetishiga masʼuldir.Axir yurt kelajagi yoshlar qoʻlida . Albatta yoshlarimiz ham ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishiga ishonaman
Foydalanilgan adabiyotlar:
1Z.Nishonova G Alimova Bolalar psixologiyasi 2006
2.A.K.Shamshetova R.N.Meliboyeva Umumiy psixologiya
3.F.Haydorova N.Xalilova Umumiy psixologiya
4.A.M.Nazorov M.N.Usmonova Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar muomalar yutuqlar innovatsiyalar mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman toʻplami2023
5.https//BuxDU.uz
Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling