Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identichlilikka erishish.
- Ijtimoiy mas’uliyat normasi.
- Ijtimoiy taqqoslash.
- Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.
- Ikki bosqichli kommunikatsion oqim.
Identichlilik diffuziyasi. Yosh yigit yoki qiz kasb yoki mafkuraviy e’tiqodlarni tanlash bilan bog‘liq identichlilik inqirozini boshdan kechiradigan yoki boshdan kechirmaydigan Ego-identichlilik maqomi, lekin shu bilan birga qiz yoki yigit aniq bir qarorga kelgani yo‘q yoki shunday qaror qabul qilishdan xali juda uzoq.
Identichlilik inqirozi. Yosh yigit yoki qiz «Men o‘zi kimman?», «Qayoqqa qarab ketayapman?» kabi savollarga zo‘r berib javob qidirayotgan vaqt davri. Identichlilik inqirozini boshdan kechirayotgan yoshlarga aksariyat o‘z shaxsiy ijtimoiy rollarini aniq tasavvur qilish etishmaydi va ular ayni vaziyatda o‘zlariga qaysi rol ko‘proq mos kelishi mumkinligi xaqida turli taxminlar qiladilar. Identichlilikka erishish. Kasb yoki mafkuraviy e’tiqodlarni tanlash bilan harakterlanadigan inqirozni boshdan kechirish natijasida odam u yoki bu qarorni qat’iy qabul qiladigan Ego-identichlilik maqomi. Ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi. Odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakatlari «mukofotni» ko‘paytirish yoki «sarfni» kamaytirish maqsadida o‘ziga xos bitimlardan iboratligi xaqidagi nazariya. Ijtimoiy identichlilik. «Men-kontseptsiya»mizdagi «Biz» aspekti. «Men kimman?»-degan savolga o‘zimizning u yoki bu guruhga mansubligimizga asoslanadigan javob varianti. Masalan: «Men o‘zbekman», «Men musulmonman». Ijtimoiy mas’uliyat normasi. Odamlar o‘zlariga tobe odamlarga yordam berishadi deb kutish. Ijtimoiy reprezentatsiyalar. Hamma tomonidan qabul qilingan e’tiqodlar. Bizning qarashlarimiz va madaniy mafkuramizni o‘z ichiga oladigan, ko‘pchilik tomonidan ma’qullanadigan g‘oya va qadriyatlar. Bizning ijtimoiy reprezentatsiyalarimiz bizga dunyoni izohlashga yordam beradi. Ijtimoiy taqqoslash. O‘z fikr va qobiliyatlarini o‘zini boshqalar bilan taqqoslash orqali baholash. Ijtimoiy fasilitatsiya. 1) Birlamchi mazmuni-ko‘pchilik orasida oddiy yoki yaxshi tanish vazifalarni yaxshiroq bajarishga undash tendentsiyasi. 2) Zamonaviy mazmuni-boshqalar oldida dominant reaktsiyalarning kuchayishi. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi. Ijtimoiy xulqqa kuzatish va imitatsiya vositasida hamda mukofotlash va jazolash ta’siri ostida o‘rganamiz deb xisoblovchi nazariya. Ijtimoiy qiziqish. Shaxsiy maqsadlardan ko‘ra ko‘proq jamiyat manfaatlari uchun boshqalar bilan o‘zaro hamkorlikda namoyon bo‘ladigan insoniyatga nisbatan empatiya xissi. Ijtimoiy yalqovlik. Odamlarning umumiy maqsad uchun o‘z kuchlarini birlashtirganlarida, individual mas’uliyatga nisbatan kamroq jon kuydirishlari. Ikki bosqichli kommunikatsion oqim. Ommaviy axborot vositalari ta’sirining, o‘z navbatida atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatadigan «fikr liderlari» orqali amalga oshadigan jarayon. Ikkilamchi jarayon – psixoanaliz nazariyasida individuumga na o‘ziga va na boshqalarga xavf keltirmasdan instinktiv ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan kognitiv – pertseptiv malakalar. Ikkilamchilik samarasi. Vaqt bo‘yicha oxirgi informatsiya ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Ikkilamchilik samarasi birlamchilik samarasiga nisbatan kamroq uchraydi. «Ilintirish» texnikasi. Biron-bir narsaga rozilik olish taktikasi. Birinchi iltimosga yon bergan odam, iltimos qiluvchi talabini oshirgan sayin rozilik berishda davom etaveradi. Birdaniga katta iltimos bilan murojaat qilingan odamlar unga rozi bo‘lishga kamroq moyil bo‘ladilar. Ingratsiatsiya. Boshqa odamlarni o‘ziga moyil qilishga intilish maqsadida, masalan, maqtovga o‘xshagan strategiyalardan foydalanish. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling