Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dala tadqiqotlari.
- Dezinformatsiya samarasi.
- Determinizm.
- Dushmanlik agressiyasi.
- Yolg‘on konsensus samarasi.
- Jipslik.
Guruh. Bir necha daqiqadan ko‘proq vaqt mobaynida bir-biri bilan hamkorlik qiladigan, bir-biriga ta’sir qiladigan, o‘zini «biz» sifatida idrok qiladigan ikki va undan ortiq odamlar.
Guruh ichida. Guruhga mansublik, umumiy identichlilik xissiga ega bo‘lgan «Biz» - odamlar guruhi. Guruhdan tashqarida. Odamlar o‘z shaxsiy guruhlariga o‘xshamaydi va undan farq qiladi deb xisoblaydigan «Ular» - guruhi. Guruhiy qutblanish. Guruh ta’siri tufayli uning a’zolaridagi azaldan mavjud tendentsiyalarning kuchayishi; guruh ichida fikrlar bo‘linishining o‘rniga o‘rtacha tendentsiyaning o‘z qutbiga tortilishi. Dala tadqiqotlari. Laboratoriyadan tashqarida, tabiiy, real xayotiy vaziyatlarda bajarilgan tadqiqot. Dalillarga qarshi oldindan ishoch. Shaxsiy asossiz fikrni tasdiqlaydigan ma’lumotlarni qidirish tendentsiyasi. Dezinformatsiya samarasi. Xodisaning sodir bo‘lishida ishtirok etgan odam u xaqida yolg‘on informatsiya oladi va keyinchalik bu dezinformatsiyani bo‘lib o‘tgan hodisa xaqidagi o‘z xotirasiga kiritib qo‘yadi. Deindividualizatsiya. O‘z-o‘zini anglashning yo‘qolishi va baholash qo‘rquvi; anonimlikni ta’minlaydigan va alohida individga diqqatni tortmaydigan guruhiy vaziyatlarda paydo bo‘ladi. Depressiv realizm. Engil depressiya holatida (o‘z «Men»i foydasiga emas) ob’ektiv mulohazalar, atributsiya va bashoratlar tuza oladigan odamlar tendentsiyasi. Determinizm. Bizning butun xulqimiz qandaydir xodisalar ta’siriga bog‘liq va shuning uchun erkin namoyon bo‘lmaydi deb tasdiqlash. Diskriminatsiya. Guruh yoki uning a’zolariga nisbatan noxaq salbiy munosabat. Dushmanlik agressiyasi. Nafrat tufayli uyg‘onadigan va shaxsiy maqsadga aylangan agressiya. Do‘stlik-muxabbat. Xayoti bizning shaxsiy xayotimiz bilan chambarchas bog‘liq odamga nisbatan xis qilinadigan muloyimlik. Yolg‘on konsensus samarasi. Nojoiz yoki samarasiz xulq, biron bir qarashning keng tarqalganligiga oshirib baho berish tendentsiyasi. Yolg‘on noyoblilik samarasi. Qobiliyatlar va o‘rinli yoki samarali xulq keng tarqalganligi faktini etarlicha baholay olmaslik tendentsiyasi. Yon berish. Tashqi ta’sirlar ijtimoiy bosimga mos kelsa ham ichki norozilik ishtirok etadigan konformizm. Jamoachilik. Shaxsiy maqsadlarga nisbatan u yoki bu guruh (odatda, oila yoki ishchi guruh) maqsadlariga ustunlik berish kontseptsiyasi. Shunga mos ravishda o‘z-o‘zini identifikatsiya qilish amalga oshadi. Jipslik. Guruh a’zolarining masalan, o‘zaro simpatiya xisobiga bir birlari bilan aloqalari darajasi, «Biz» xissi. Jismoniy jozibadorlik stereotipi. Jismoniy jozibador odamlar ijtimoiy ma’qul sifatlarga ega bo‘lishadi prezumptsiyasi: nima chiroyli bo‘lsa demak, yaxshi. Jozibalilik. Auditoriyani jalb qiladigan sifat. Sub’ektiv ma’qullash katta rol o‘ynagan holatlarda jozibali (ko‘proq nimasi bilandir auditoriyaga o‘xshaydigan) kommunikator ishonchliroq bo‘ladi. ID – mazmuni nasliy yo‘l bilan olingan omillardan iborat bo‘lgan shaxs tuzilishining qirrasi. ID o‘ta sezgir, irratsional va har qanday cheklashlardan holi. Identifikatsiya – bolaning o‘z shaxsiy xavotiridan ozod bo‘lish va ichki ziddiyatlarini susaytirish uchun boshqalarning, birinchi navbatda ota – onasining harakter xususiyatlarini o‘zlashtirishi jarayoni. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling