Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Baratov Sharif Ramazonovich (1960- yilda tug‘ilgan)
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jabborov Azim Meyliqulovich (1957- yilda tug‘ilgan)
- Safaev Nuriddin Salixovich (1959- yilda tug‘ilgan)
Baratov Sharif Ramazonovich (1960- yilda tug‘ilgan), psixologiya fanlari doktori, Buxoro Davlat universiteti.
Nashr qilingan ilmiy ishlari: “Izuchenie otnoshenie uchahixsya mladshix klassov k vo‘polneniyu razlichno‘x vidov trudovo‘x zadaniy” (1988), “Osobennosti otnosheniya mladshix shkolnikov k sovmestnomu trudu” (1990), “Pedagogik muomala madaniyatining sotsial psixologik asoslari” (1991), “Kichik yoshdagi o‘quvchilar faoliyatini baholash” (1992), “Psixologiyadan masalalar to‘plami” (1992), “O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari” (1995), “Psixologik xizmat. Nizomga qo‘shimchalar” (1997), “Ta’limda psixologik xizmat asoslari” (1991), “Mehnat jamoalarida tashkil etilgan psixologik xizmat samaradorligini o‘rganish” (1998), “Umumiy psixologiya. Qo‘llanma” (2000). Jabborov Azim Meyliqulovich (1957- yilda tug‘ilgan), psixologiya fanlari doktori, Qarshi Davlat universiteti. O‘zbek maktabi o‘qituvchisining psixologik va etnik xususiyatlarini o‘rganish, ana shunday sifat va fazilatlarning shakllanishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni, hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashni, shuningdek ta’lim jarayonida samarali o‘zlashtirishning etnopsixologik tamoyillarini tadqiq qilishni istiqbol rejasi sifatida belgilagan. Nashr qilingan ilmiy ishlari: “O‘zbek xalqining o‘ziga xosligi” (1998), “Ajdodlarimiz tajribasi” (1996), “Xalq siymosi aks etar bunda” (1996), “Ma’rifat elchilari mas’uliyati” (1997), “Oila tarbiya o‘chog‘i” (1997), “Tilning aloqa vositasi sifatlari” (1997), “Abu Rayxon Beruniyning etnopsixologik qarashlariga doir bebaho manba” (1997), “Markaziy Osiyoda XV asr ta’limidagi demokratik g‘oyalar” (1997), “Etnik stereotip nima?” (1990), “Ta’limdagi muhim muammolar” (1998), “Psixologiya fanini o‘qitishda Alisher Navoiy merosidan foydalanish” (2000). Safaev Nuriddin Salixovich (1959- yilda tug‘ilgan), psixologiya fanlari doktori, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. O‘quvchi yoshlarda mutaxassislikni egallash jarayonida milliy o‘zlikni anglashning psixologik asoslarini shakllantirishni o‘rganish, shu yo‘nalishda milliy o‘zlikni anglash xususiyatlarini tadqiq etish muammolari bilan shug‘ullanmoqda. Nashr qilingan ilmiy ishlari: “Metodicheskie ukazaniya po eksperimentalnomu izucheniyu intensivnostno-vremenno‘x harakteristik sluxovogo vospriyatiya” (1986), “Laboratorno‘e raboto‘ po kursu obhey psixologii” (1988), “Sistemno‘y podxod i fenomeno‘ sensornoy sistemo‘” (1991), “Muomala sirlari” (1992), “Ta’limning modul tizimi. Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishning ilmiy asoslari” (2000). 1990-yillarda O‘zbekistonda psixologiya fanining turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha F.S. Ismoilova, D.Z. Zaynobiddinov, N. Majidov, B. Gapparov, I.Maxmudov, L.K. Saitov, M.I. Musaeva, V.G. Gorobets, D.D. Sharipov, R.K. Shoxnazarov, J.U. Mavlonov, A. Eshatov, A.V. Majitova, M.I. Sagatov, M. Atadjanov, D, Egamberdieva, G. Abdusamatova, K. Sobirov, A. Sindarov va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Mustaqillikdan keyin Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasining tashkil qilinishi qolgan barcha fan sohalari bilan bir qatorda psixologiya fanida ham ilmiy psixologik kadrlar tayyorlash jarayoniga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda O‘zbekiston Milliy universiteti, Farg‘ona Davlat universitetlarida psixologiya, qator universitetlar va pedagogika institutlarida pedagogik psixologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida minglab amaliyotchi psixologlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarining psixologiya kafedralarida yuksak saloxiyatli olimlar saboq berishmoqda. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling