Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Oliy ta’lim muassasalarida psixologiya kafedralari faoliyati


Download 1.38 Mb.
bet92/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Oliy ta’lim muassasalarida psixologiya kafedralari faoliyati
(ushbu mavzu oliy ta’lim muassasalarining internet saytlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida tayyorlandi)
O‘zbekiston Milliy universiteti psixologiya kafedrasi 1976 yilgacha «Mantiq va psixologiya» deb nomlanib filologiya, tarix fakultetlari tarkibida faoliyat olib borgan va 1976 yildan alohida «Psixologiya kafedrasi»ga aylantirilgan.
Kafedraning ilmiy mavzusi: barkamol shaxsni shakllantirish, deb nomlanib, shu vaqtga qadar kafedra a’zolari tomonidan 11 ta darslik, 22 ta o‘quv qo‘llanma, 15 ta monografiya tayyorlanib nashr qilingan.
Kafedrada xozirda 1ta professor, 11 ta dotsent, 6 ta psixologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi, 2 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedra ilk faoliyatini boshlaganda universitetda faqat fakultetlararo “umumiy psixologiya” fanidan ma’ruzalar o‘qilgan bo‘sa, hozirgi kunga kelib 16ta fakultetda oltita fan bo‘yicha psixologiya tarmoqlari o‘qitilishi bilan bir qatorda mutaxassislik tayyorlash bo‘yicha rus, o‘zbek tillarida bakalavr yo‘nalishida 24 ta fan, magistratura yo‘nalishida 21 ta fan yo‘nalishlari o‘qitilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi tashkil etilgan davrdan beri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F.N.Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I.R.Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.A. Azimov, N.I. Ivanova, U.S.Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar U. D. Qodirov H. T. Mahmudova, O. E. Hayitov, o‘qituvchilar Z. T. Sayitmetova, L. L. Kurishkina, T. P. Predibaylo, D. B. Vaxobova, D. R. Qudratova, D. B. Qosimova, Sh. Sh. Usmanova, G. S. Alixodjaeva, A. U. Haitov, Yu. B. Rahimboeva, Z. P. Rasulov, J. M. Ishtaevlar talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg‘or an’analarni davom ettirishga munosib hissa qo‘shdilar va bu jarayon davom etmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriat bosqichi talabalariga “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Kasbiy psixologiya”, “Sport psixodiagnostikasi”, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Yosh va pedagogik psixologiya”, “Pedagogika va sport pedagogikasi”, “Pedagogik texnologiya”, “Kasbiy pedagogika” va “Pedagogik mahorat” kabi fanlaridan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “Sport psixologiyasi”, “Sport pedagogikasi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fanlari bo‘yicha ta’lim berib kelishmoqda. Kafedrada 2009 yili “Sport psixologiyasi” mutaxassisligi ochildi. Hozirgi kunda 98 nafar talaba mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqda. Kafedra tashkil bo‘lgandan buyon 5 nafar o‘qituvchi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda kafedra o‘qituvchilaridan 6 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Turli sport federatsiyalari bilan shartnomalar tuzib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo‘nalishda maslahatlar berish, psixokorrektsion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling