Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Ichki ishlar vazirligi akademiyasining psixologiya va kasb etikasi kafedrasida


Download 1.38 Mb.
bet95/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining psixologiya va kasb etikasi kafedrasida turli yillar mobaynida psixologiya fanlari doktori, professor R.Z.Gaynutdinov, pedagogika fanlari doktori, professor X.Q.Yo‘ldoshev, psixologiya fanlari nomzodlari V. G. Shepotkin, I. R. Ergashev, A. A. Beknazarov, D. N. Arziqulov, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent V. M. Bazarov, katta o‘qituvchi S. V. Asyamov, o‘qituvchi N. Donoqulov, o‘quv-metodik kabineti boshliqlari N. Yu. Kochetova, M. N. Berdiyorov, N. B. Abdurashitova va boshqalar faoliyat olib borganlar.
Ayni paytda kafedrada pedagogika fanlari doktori, dotsent R. M. Maxmudov, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B. N. Sirliev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent E. Yu. Agzamova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent R. X. Dushanov, katta o‘qituvchi Yo. A. Farfiev, katta o‘qituvchi N. E. Dusanov, o‘qituvchi R. N. Tojiboev, o‘qituvchi I. M. Xakimova, o‘qituvchi O. A. Tursunova va o‘quv-metodik kabinet boshlig‘i S. B. Xasanovalar faoliyat yuritmoqdalar.
Hozirgi paytda kafedra jamoasi «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatga moslashuvining axloqiy-psixologik jihatlari» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedra qoshida “Psixologik xizmatni ta’minlash markazi” faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu markaz ijtimoiy moslashish va qo‘llab quvvatlash jarayonida guruhiy va individual tarzdagi tadbirlarni, sog‘liqni tiklash va ishchanlik qabiliyatini oshirish, stress, toliqish va ish hajmi ko‘pligidan sodir bo‘ladigan charchashlarni tezroq bartaraf etish, xodimlar va tinglovchilarda o‘z- o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini shakllantirish vazifalari bilan shug‘ullanadi.
Termiz Davlat universiteti psixologiya kafedrasi 1991 – 1992 o‘quv yilidan boshlab mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. 1992 yildan psixologiya fanlari doktori, professor B.R.Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan. Kafedra huzurida bolalar iste’dodini tadqiq qiluvchi “Individual farqlar psixologiya va psixofiziologiyasi” laboratoriyasi faoliyat olib borgan. 1992 yilda bolalar va yoshlar layoqati, qobiliyati va iste’dodining pedagogik – psixologik va psixofiziologik masalalariga bag‘ishlangan “O‘zbekistonning iste’dodli bolalari” mavzusida psixologiya faniga doir birinchi Respublika ilmiy – amaliy konferentsiyasi Termiz shahrida o‘tkazildi. 1994 – 1999 yillari psixologiya fanlari nomzodi Umarov Baxriddin Mengboevich, 2000–2011 yillari psixologiya fanlari nomzodi dotsent Norbosheva Mehri Ochilovna kafedra mudiri lavozimini bajardilar. 2011 yil dekabr oyidan xozirgi kungacha kafedraga psixologiya fanlari nomzodi Jo‘raev Toshpo‘lat Saxievich rahbarlik qilib kelmoqda. Xozirgi kunda psixologiya kafedrasida 2 ta psixologiya fanlari nomzodi, 3ta magistr 1-o‘qituvchi faolimyat ko‘rsatmoqdalar va 22 ta talaba bilim olmoqda. Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 5210200-Psixologiya.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling