Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Farg‘ona Davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Farg‘ona Davlat universiteti psixologiya kafedrasi. UzSSR oliy va o‘rta maxsus ta’limi ministrining 1991 yil 21 fevraldagi 44G‘50 – sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona Davlat pedagogika instituti Farg‘ona Davlat universitetiga aylantirilgandan so‘ng universitet tarkibida qator yangi fakultetlar bilan birga “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishi bazasida “Psixologiya va amaliy sotsiologiya” fakulteti tashkil qilindi. Fakultetda “Psixologiya”, “Amaliy sotsiologiya” va “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Fakultet tarkibida “Umumiy va sotsial psixologiya”, “Amaliy sotsiologiya”, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Pedagogika”, “Fakultetlararo psixologiya” kafedralari faoliyat ko‘rsatgan.
Fakultetga 1991-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi T. A. Egamberdieva, 1992-1993 yillarda falsafa fanlari nomzodi M. Raximov, 1993-1998 yillarda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M. Atadjanovlar raxbarlik qilishdi. 1992 yilda fakultet tarkibida tashkil qilingan “Iqtidorli yoshlar markazi” psixologiyada iqtidor muammosini tadqiq qilish, mustaqillik sharoitida tashkil qilingan iqtidorli o‘quvchilar uchun ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni ilmiy asoslangan usullar yordamida tanlab olish yo‘nalishlarida samarali ilmiy va amaliy faoliyat olib bordi. Markazga turli vaqtlardi psixologiya fanlari nomzodlari J. Zaynobiddinov va M. Atadjanovlar raxbarlik qilishdi. 1994 yildan fakultetda amaliyotchi psixolog F. Mustafaev raxbarligida “Psixolog” psixologik xizmat markazi faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu markaz psixoanalitik usullar yordamida fuqarolarga psixologik sog‘lomlashtirish yo‘nalishida samarali xizmatni tashkil eta oldi. Fakultetda ilmiy faoliyat jarayoniga har ikkala markaz, shuninigdek 1989 yilda tashkil qilingan “Farg‘ona vodiysida ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish ilmiy markazi”da millataro munosabatlar, ijtisoiy va siyosiy vaziyat, fuqarolarning ijtimoiy kayfiyati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ijobiy turtki rolini o‘ynadi. O‘tgan davr mobaynida psixologiya mutaxassislik kafedrasi “Psixolog. O‘qituvchi” yo‘nalishi bo‘yicha 2000 dan ortiq mutaxassislar tayyorladi. Kafedrada «Mustaqil O‘zbekiston fuqarolari shaxsini shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusida psixologik tadqiqotlar olib boriladi. Kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova tomonidan «Psixolog faoliyatida psixogimnastika mashqlarini qo‘llash texnologiyasi» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, M.Isaqova va 340-guruh iqtidorli talabasi N. Soyipova hammuallifligida «Globallashuv va yoshlar» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma tayyorlandi. Kafedrada 2013 yil 30 may kuni “Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda amaliy psixologiyaning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling