Bilim sohasi: 900 000 –Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot


Download 131.5 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1703490
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Konstituziyas



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI






«TASDIQLAYMAN»
Toshkent tibbiyot akademiyasi
rektori A.K.Shadmanov
_______________________
20___ yil «____» ___________



Ro‘yxatga olindi:
_______________________


__________________________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
O‘QUV DASTURI









  1. Bilim sohasi:

  1. 900 000 –Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

  2. 400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

  1. Ta’lim sohasi:

  1. 910 000 –Sog‘liqni saqlash

  2. 410 000 – Biznes va boshqaruv

  1. Ta’lim yo‘nalishi:


60910200 – Davolash ishi
60910100 – Farmatsiya
60910100 - Stamotologoya
60910300 - Pediatriya ishi
60910600 - Tibbiy biologic ish
60911100 - Xalq tabobati
60411200 - Menejment
60711800 - Biotibbiyot muhandisligi
60000000 - Oliy ma‘lumotli hamshira
60910400 - Tibbiy profilaktika ishi









Bilim sohasi:

900 000

  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Ta’lim sohasi:

910 000

  • Sog‘liqni saqlash

Ta’lim yo‘nalishlari:

60910400

– Tibbiy profilaktika ishi















Toshkent–2023


Fan/Modul kodi
FS1204

O‘quv yili
2023/2024

Semestr
3-4

ECTS-Kreditlar
2

Fan/Modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlar (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)




O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

30

30

60

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstituziyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish fani to‘g‘risidagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish. Talabalarda Konstituziyni asosiy g‘oyalarini bilim bazasida shakllangan umuminsoniy tafakkur taraqqiyotining tizimli qonuniyatlari ko‘nikmasini shakllantirish, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bulishini, davlat hokimiyatining oliy organi ham qonunlarga bo‘ysinishi va qonunlarning muqqarar ijrosini ta’minlanishini, Konstituziyaning umummetodologik ko‘nikmalaridan foydalana olish xususiyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Fanning vazifasi talabalarga mamlakatimizda olib borilgan konstituziyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga, Konstituziyada belgilangan yangi huquq va erkinliklaridan xabardor bo‘lishlariga, umuman olganda, konstitutsiyaviy bilimlari ortishiga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarda O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstituziyasida mustahkamlangan muhim normalarga doir bilimlarini oshirish hamda amalda go‘llay olish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Konstitutsiyada davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligiga oid me'yorlar.
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilashi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishi. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili - o‘zbek tili. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subekti. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritishi.
2-mavzu. Insonning huquq va erkinliklari.
Insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishligi. Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi.
Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi. Insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi. Har kim o‘z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma'lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqi. Har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqi.
Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi. Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar, uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling