1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish — Da'vat bosqichi
(20 daqiqa)
|
1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi, rejasini va kutilayotgan natijalarni bayon etadi (1-ilova).
1.2. "Moychechak" bo’yicha alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqidagi mavjud ma'lumotlarni yozish so’raladi (2-ilova).
1.3. Alohida yordamga muhtoj bolalarni o’qitish va tarbiyalash fanining tuzilishini taqdim etish: bo’limlarga qisqacha ta'rif.
1.4. Fan miqyosida bajariladigan metodik va tashkiliy ishlar bilan tanishtiradi.
1.5. Fanning reyting nazorat turlari va baholash mezonlarini tushuntiradi (3-ilova).
|
Tinglaydilar, yozib oladilar
Tarqatilgan qog’ozga alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga oid ma'lumotlarni to’ldirishadi. Tarqatilgan qog’ozga alohida yordamga muhtoj bolalarni o’qitish va tarbiyalash faniga tegishli ma'lumotlarni to’ldirishadi.
|
2-bosqich
Asosiy -anglash bosqichi
(50 daqiqa)
|
2.1. "Yelkan" strategiyasi asosida
talabalar fan orqali egallamoqchi bo’lgan ma'lumotlarni stiker qog’ozlariga yozib yopishtirishlari so’raladi (4-ilova).
2.2. Mavzu bo’yicha Amaliy matn tarqatiladi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etadi.
2.3. Slaydlar yordamida mavzuning asosiy nazariy ma'lumotlari bayon etiladi, berilayotgan tushunchalarni ajratib ko’rsatadi.
|
Talabalar stiker qog’ozlarga fan orqali egallamoqchi bo’lgan ma'lumotlarni yozadilar.
Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi.
Talabalar slaydlarda ko’rsatilgan muhim chizma va jadvallarni o’z daftarlariga qayd etishadi.
|