Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
Download 41.12 Kb.
|
BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Argumentlarni rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud: 1. Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz. 2. Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orkali rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul “bema’nilikka olib kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib , bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi kuyidagicha: (a —> ) —> ((a —\ ) —> a) 3. Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”, deyishi mumkinmi?”1 Darhaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi. II Argumentlarni rad etish. Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid kilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning xam xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bulishi xam mumkin: R -> Q, P Download 41.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling