Bilimlarni mustahkamlash


Download 211.5 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1102420
Bog'liq
oyla izla dars


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI



Termiz shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining


Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
Tursunova Sayyora Qahramonovnaning
“MATEMATIKA” fanidan o’tgan

o‘yini shaklida
BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH”
mavzusidagi



Termiz shahri – 2014 yil


Dars mavzusi: BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH.
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchi bilimlarini mustahkamlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Iqtisodiy bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarni aqliy fikrlashga o‘rgatish, taffakurini shakllantirish hamda qiziqarli masalalarga yechishga o‘rgatish.
Dars uslubi: Noan’anaviy
Dars jihozi: Darslik, ko‘rgazmalar, tarqatmalar, harakatli o‘yinlar.
Darsning borishi: Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
b) navbatchi axboroti;
d) kun, oy, sana, ob-havo ma’lumotlari va fasllarni so‘rash;
e) rebus orqali sana aniqlanadi va she’riy tarzda sana tahlil qilish so‘raladi.
O‘qituvchi:
Qani ayting sanani
O‘nlik birlik xonani.
Sondan toping juftini
Ayta qoling juft sonni.
O‘quvchi: 22 soni ikki xonali son. Unda 2 o‘nlik, 2 birlik bor. 2 o‘nlik ham 2 birlik ham juft son. Sanada toq son yo‘q.
O‘qituvchi uy vazifalarini o‘quvchilar daftarlaridan ko‘rib chiqadi.
Yangi mavzudan oldin diqqatni jamlash uchun o‘quvchilar shiori aytiladi:
O‘quvchimiz kichkina
O‘tiramiz tinchkina.
Diqqatimiz jamlaymiz
Yangi mavzu tinglaymiz.
Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi: Bolalar bugun biz o‘tilgan misol va masalalarni takrorlaymiz, bilimlaringizni mustahkamlaymiz. Shuning uchun bugungi dars mavzusini qiziqarli o‘yinlarga boy tarzda “O‘yla, izla, top!!!” deb nomladik.
Doskaga sanani yoziladi.
Men daftarni ochaman
To‘g‘ri qilib qo‘yaman.
To‘g‘rilayman qomatim
Darsda soim diqqatim
Ruchkani bunday ushlayman
Chiroyli yoza boshlayman.
2-misol. Daraxt shoxlaridagi gullar orasida asalarilar bo‘ladi. Gullarni ochib asalarilar chizilgan rasm orqasida nisollar yozilgan misolni to‘g‘ri yechgan o‘quvchi o‘sha gulni olib orqada o‘tirgan o‘qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan ayollar bayrami bilan tabriklab gulni sovg‘a qilishadi.
65 + 7 = 72
24 + 14 = 38
76 + 6 = 82
9 + 74 = 83
43 + 26 = 69
48 + 9 = 57

3-misol. Mustaqil yechish uchun.


42 – 5 = 37 61 – 44 = 17
58 – 27 = 31 23 – 9 = 14
80 – 68 = 12 69 – 45 = 25
O‘quvchilar mustaqil misol yechayotgan vaqtda qatrolar bellashuvi amalga oshiriladi, ya’ni magnit doskasida 3 ta gul qo‘yilib, 3 ta kapalak ko‘rsatiladi (o‘lkamizga bahor fasli eshik qoqayotganligi eslatiladi). Oxirgi qatrodagi partadagi partada o‘tirgan o‘quvchiga kapalak beriladi. Bu kapalak orqasida har bir o‘quvchi uchun bittadan misol yoziladi va o‘quvchi birinchi misolni yechib yonidagi o‘quvchiga г шллштсрш misolni yechib oldingidagi o‘quvchiga uzatadi va shu tariqa old qatrodagi oxirgi o‘quvchi kapalakni gulag qo‘ndirishi lozim.

1 qator 2 qator 3 qator

Mustaqil misollar tekshirilib, g‘olib qator rag‘batlantiriladi (yulduzchalar bilan).


Jismoniy mashq daqiqasi o‘tkaziladi (fizminutka).
Bir deganda turamiz
Ikki qadam yuramiz.
Uch deganda qo‘l silkib
To‘rt tomon egilamiz.
Joylariga o‘tirishadi va o‘qituvchi quvnoq daqiqani amalga oshirish haqida aytadi. O‘g‘il bolalardan 7 tasi sichqon bo‘ladi va o‘qituvchi ushbu she’riy to‘rtlikni aytadi, o‘quvchilar sahnalashtiradilar.


To‘rtta shumtaka sichqon,
Pishloqni topib yeyishdi.
Yana keldi uchtasi
Rosa to‘polon qilishdi.
Nechta bo‘ldi sichqonlar,
Qani, topingchi bolalar?


Bolalar: Jami 7 ta sichqon deb javob beradilar.
O‘qituvchi: Pishloqni yeb bo‘lishib
Chopib uyga ketishdi.
Barakalla to‘g‘ri topdingiz. Endi kitobimizdagi 4-masalani topamiz.

O‘quvchi masalaning shartini yozgunga qadaq 2 ta o‘quvchini turg‘azib xotira mashqi bajariladi bunda 5 ta son yozilgan ko‘rgazma ko‘rsatiladi.





kabi sonlarni o‘quvchilar aytadi. 2 martadan so‘ng esida qolganini aytadi, shu tariqa baholanadi.


Masala: O‘quvchilardan biri bu masalani yechish uchun doskaga chiqariladi va qo‘shimcha savollar bilan baholanadi.


O‘quvchilarga “KIM CHAQQON” o‘yinini o‘ynash qoidasi tushuntiriladi.


3 stul qo‘yiladi Stul atrofida esa 4 nafar o‘quvchi musiqa bo‘lganda stulni aylanib o‘ynaydilar. Musiqa to‘xtaganda stulga o‘tirib olishi kerak. O‘tira olmagan o‘quvchi o‘yinni tark etadi va stul soni bittaga kamaytiriladi. Shu tariqa o’yin davom etadi.

O‘tilgan mavzuni yakunlash, darsda faol o‘quvchilarning reyting ballarini izohlab berish va rag‘batlantirish.


Uyga vazifa: 5-6 misollar.
Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling