Bilimlarni nazorat qilishning vazifalari


Ijodiy ishlarda uchrayotgan xatolar ustida ishlash


Download 165.5 Kb.
bet11/11
Sana21.02.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1219322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yozma ish baho

.2 Ijodiy ishlarda uchrayotgan xatolar ustida ishlash
Ijodiy ishlarda uchrayotgan xatolardan keyingisi uslubiy xatolardir. Ularning vahimasi o‘ziga yarasha: baholash mezonlarida bir uslubiy xato 3-4 imlo xatosiga tenglashtiriladi. Bu xatolarning ildizi individning murg‘ak davri va kitobxonlikka borib taqaladi.
“Grippga dori yedim”, — desam, 5 yashar nevaram Doniyor: “Dorini yeb bo‘lmaydi”, — dedi. Men: “Suyuq dorilar ichiladi, tabletkalar yeyiladi”, — deb fikrimni yoqlamoqchi bo‘ldim. “Baribir, — dedi u qat’iy, — dori yeyilmaydi”. Unga uslubiyatdan kim saboq berdi ekan?

Oramizda o‘smirlik va undan oshgan yoshdagi “murg‘aklar” borligi tasodif emas. Обучение баданига китобдан аллергия тошади. Ular jon-jahdi bilan o‘zlarini kitobdan olib qochadi. Natijada dunyoqarashi torayib, fikrlashdan mosuvo bo‘ladi. Ona tili o‘qituv­chisi uchun uslubiy xatolikka oid xatolarni izlash zarurati yo‘q, chunki u har kuni o‘quv­chilar daftarini tekshirar ekan bu xatolar qarshisida bo‘y ko‘rsataveradi. Mana ularning “klassik” namunalari:


Mutolaa qiluvchi kishiga farqi yo‘q, u asarmi, romanmi...
Kitob inson qalbidagi misli kamalakdir...
Kitob shunchalik kuchli xazinadir, u insonni ma’naviyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Jaydarichasiga aytganda, uslubiy xatolik eplab gap tuzolmaslikdir. Unda so‘z ma’nodoshlaridan o‘rinsiz (nojo‘ya) foydalanish: Go‘zal qiz Oysuluvning basharasida ...; paronimlarning o‘rnini almashtirib qo‘llash: Bu narsa do‘stimga qiziq tuyildi; so‘z ma’no­sini anglamaslik: Zebining xasisligiga havas qilaman; kelishik shakllarini farqlamasdan qo‘llash: Insonni kitobga bo‘lgan munosabati...; o‘rinsiz takror: O‘rik daraxti ko‘p yillik daraxt bo‘lib, u sariq rangda bo‘lib, da­nagi qattiq bo‘lib, mag‘zi juda shirin bo‘ladi va boshqa shu kabi holatlar kuzatiladi. Bu xatolardan muhofazalangan boy so‘z zaxirasiga ega kitobxon o‘quvchining yozma nutqida uslubiy xatoliklar kam uch­raydi.
Kitobning o‘zi so‘z qo‘llash, ifoda texnikasi borasidagi bilim, ko‘nikmalarni o‘qituv­chidan ko‘ra samarali o‘rgatadi. Buning birgina sababi Qodiriyning ifoda texnikasi bilan o‘qituvchi salohiyati orasida osmon bilan yercha farqda emas, balki Qodiriyning yozuvchi, o‘qituvchining yozuvchi emasligidadir. Qodiriyning “Uloqda” hikoyasidagi “Manim uyqum o‘chdi” ifodasini “Manim uyqum qochdi”ga o‘zgartirib bo‘lmasligini anglash o‘qituvchi salohiyatining belgisi, bu salohiyat hammada ham yo‘qligi — boshqa masala. O‘qituvchidan qodiriylikni talab qilmayapmiz, uning muallim bo‘lishi yetarlidir. Qodiriy esa muallimning hurmatini joyiga qo‘ygan, uni e’zozlagan, unga havas qilishdan orlanmagan bo‘lardi.
Biz bir ulug‘ yozuvchimiznigina misol keltirdik. Mana bu ifoda ham faqat kitob (M.Norbekov, “Tentakning tajribasi”, 1-kitob, Toshkent: “Spectrum Media Group”, 2017, 24-bet)da bor: “Qanaqasiga? — de­dim nafasim ichimga tushib, pastki jag‘im naq kindigimgacha osilib”. A.P.Chexov hayrati o‘zgacha: “Men dengizning mukammal ta’rifini 6-sinf o‘quvchisining inshosida uchratdim, u: “Dengiz kaaaaatta edi”, — deb yozibdi”.
O‘quvchini kitobga oshno qilish nafaqat uslubiy xatolarni bartaraf etish, balki yozma nutqni shakllantirish debochasidir. 
XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR
O‘quvchini kitobga oshno qilish nafaqat uslubiy xatolarni bartaraf etish, balki yozma nutqni shakllantirish debochasidir. Maksimalistlar biz yozuvchi emas, o‘quv­chiga ta’lim-tarbiya beramiz, deb iddao qilishmasin, chunki o‘quvchingiz maktab davrida o‘qishi lozim bo‘lgan 150—200 kitob mutolaasi bilan yozuvchi bo‘lib qolmaydi, bor-yo‘g‘i risoladagi o‘quvchi maqomiga ega bo‘ladi, xolos. Yozuvchi bo‘lish uchun o‘qilgan kitoblar miqdori muhim emas, balki kitob ichida yashash kerakligi muhim!
Uslubiy xatolarni bartaraf etish uchun juda ko‘p ter to‘kish zarurati yo‘q. Bor-yo‘g‘i o‘quvchilaringizni kitobga oshno qilsangiz, kifoya. Muhtaram o‘qituvchi, birorta o‘quv­chingizni kitob o‘qishga qiziqtira oldi­ngizmi? Unda ishingiz — “besh”. Mabodo, unday bo‘lmasa, hali ham kech emas. “Ma’rifat” gazetasining 2019-yildan boshlab oy boshidagi sonlarida ma’lum asarlarni o‘qish va unga taassurot yozish topshirig‘ini bajarishga urinib ko‘ring. Gazeta tavsiya etayotgan asarning eng ta’sirli o‘rnini avj nuqtasida ke­sib o‘qib yoki aytib bering, qolganini o‘quv­chingizning o‘zi eplaydi. Siz 3-4 nazorat ishlari tahlili darslarida uslubiy xatolar ustida puxta ishlasangiz, keyingi nazorat ishlarida daftar hoshiyasidagi W belgisi ishora qilgan gapdagi xatolikni o‘quv­chining o‘zi bartaraf eta oladi va bora-bora uslubiy xato qilmaslikka erishadi. Uslubiy xatolikni bartaraf etish, avvalambor, barcha uchun birday qiziqarli mashg‘ulot sanaladi. Biron o‘quvchining uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan gapi hammaning e’tiborini tortadi. Gap “muallifi”dan boshqa barcha gapdagi g‘aliz­likni oson ko‘radi va silliqlay oladi. “Muallif”ning ushbu g‘alizlikni payqamasligi tayin, chunki payqaganida gapni boshqacha ifodalagan bo‘lar edi. Uslubiy xatolik ustida ishlanar ekan, eng to‘g‘ri yo‘l ushbu xatolikni “muallif”ning o‘zi bartaraf etishiga erishishdir. Mabodo, bu ish uning qo‘lidan kelmasa, boshqalarga imkoniyat berish lozim. Siz bu xatolikni juda tez bartaraf etishga urinib to‘g‘ri variantni taqdim etishga shoshilmang. Xatolikni o‘quvchilar to‘g‘rilashiga imkon bering, chunki bu ular­ning o‘ziga bo‘lgan ­ishonchini oshiradi.

Maktablarda qog‘ozdagi monitoring guruhi ishlarini yo‘lga qo‘yish nafaqat yozma savodxonlik, balki ta’lim sifat va samaradorligini kompleks oshirishning zaruriy omi­li­dir.
Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling