Jismoniy bilimlar – real dunyo tо‘g‘risidagi bilimlar.
Mental bilimlar – obe’ktlarning munosabatlari tо‘g‘risidagi bilimlar.
Masala dunyosi – masalada qо‘llaniladigan bilimlarning majmuasi.
Foydalanuvchi dunyosi – foydalanuvchining bilimlari dunyosi.
Dastur dunyosi – dasturda qо‘llanilayotgan dasturlar majmuasi.
Morfologik va sintetik bilimlar – tasvilanilayotgan voqealar yoki obyekt strukturasining (tuzilishining) qurilish qoidalari tо‘g‘risidagi bilimlar (masalan, xarflar, sо‘zlar, gaplar va x.k.larni yozilish qoidalari).
Semantik bilimlar – tasvirlanayotgan voqealar va obe’ktlarning ma’nosi hamda moxiyati tо‘g‘risidagi bilimlar.
Pragmatik bilimlar – tasvirlanayotgan obe’ktlar va voqealarning konkret vaziyatlardagi amaliy ma’nosi tо‘g‘risidagi bilimlar (masalan, numizmat va filatelist uchun noyob tanga har xil pragmatik qiymatga egadir).
Do'stlaringiz bilan baham: |