Bilimli avlod-Buyuk kelajakning, Farovon hayotning,Taraqqiyotning kafolatidir. Ndpi tarix fakulteti,tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 3 b guruhi talabasi Qulatova Gulzodaning


Download 36.26 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi36.26 Kb.
#212554
Bog'liq
qulatova gulzoda


Bilimli avlod-Buyuk kelajakning, Farovon hayotning,Taraqqiyotning kafolatidir.

NDPI Tarix fakulteti,tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 3 B guruhi talabasi Qulatova Gulzodaning ,,Uchinchi renessans-yoshlar nigohida’’nomli tanloviga hujjatlari.

2021-yil biz yoshlar uchun yangi davr boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.Chunki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilni ,,Yoshlarni qo’llab quvvatlash,Aholini salomatligini himoya qilish yili’’ deb belgilaganligi yoshlarga davlat siyosatida tubdan burilishi kata imkoniyatlar kaliti bo’ldi.Prezitentimiz shu yilgi murojaatnomada ham yoshlarga oid katta islohotlar amalga oshirishni ko’zda tutdi.Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ,,Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo’l urmaylik avvalo,siz kabi yoshlarga sizlarning kuch-g’ayratingiz,azmu-shijoatingizga suyanamiz.Barchangiz yaxshi bilasiz,bugun o’z oldimizga ulkan marralar qo’yganmiz’’.Ona Vatanimizda uchinchi Renessans eng muhim bo’g’inlari deb hisoblaymiz.Shu sababli aynan ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.Ishonamanki mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va Vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib munosib hissa qo’shadilar .Vaqt va makon,e’tibor va rag’bat birlashgan nuqtada biz kutgan yosh,Amir Temur,Temur Malik,Jaloliddin Manguberdilar maydonga chiqadi.Ayni o’shanday kelajak tafti Prezidentimizni yoshlarga oid fikrlarida ham ufirib turdi.Bu fikrlar O’zbekistonning tarixida yangi sahifa 2021-yilda tuziladigan rejalarda yoshlarni ham o’z so’zi va ovozi bo’ladigan zo’r imokoniyat bo’ldi.Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvda ularni ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlab borishni ta’kidladi.Hozirgi kunda o’quv jarayonlarida turli xil yangiliklardan foydalanilmoqda.Eng xarakterli innovatsion g’oyalar keltirilgan.Zamonaviy ta’limning yetakchi tamoyillari Insonparvarlik Vatanga muhabbat,Tariximizga hurmat ruhida yo’nalish berishimiz kerak.Bugungi kunda yoshlar ongida Vatanparvarlik g’oyalarini singdirishda Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash Vatan tuyg’usini teran anglab yetishga o’rgatish Vatanparvarlik-yuksak axloqiy fazilat ekanligini tushuntirish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo’lib qolmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to’g’ri ko’rsatib o’tganlaridek ,,Holbuki Vatan himoyasida toblangan mard o’g’lonlarimiz o’zining mardlik va jasurlik fazilatlarini yuksak Vatanparvarlik tuyg’usi bilan obro’-e’tibor qozongan harbiy xizmatchilartimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va o’rnak na’munasi bo’lishi mumkin’’.Darhaqiqat Vatanparvarlik tuyg’usini kuchayishiga sabab bo’luvchi buyuk ajdodlarimiz xususan Jaloliddin Manguberdi jasoratlari asrlar o’tsa hamki o’z qadr qimmatini,ahamiyatini bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda hech ham yo’qotmagan,aksincha uning qahramonligi to’g’risidsagi ma’lumotlar yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yorqin na’muna bo’lib hisoblanadi.Tarixdan ma’lumki Jaloliddin Manguberdining yaqin a’yonlaridan biri bo’lgan mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasafiy Vatanparvarlikning o’lmas timsoli bo’lgan Jaloliddin Manguberdining shunday tasvirlagan edi. ,, U bug’doyrang O’rta bo’yli turkey qiyofali va turkeyda gapiradigan odam edi.Shu bilan birga forsiyda ham so’zlasha olardi.Uning mardligi jasurligiga kelsak janglardagi qahramonliklarini eslab o’tishning o’zi kifoya qiladi.U sherlar orasida sher edi,qo’rqmas chavandoz,lashkarboshilar orasida eng botiri edi.U jahldor emasdi,haqoratnomus so’zlarni aytmasdi.U nihoyatda jiddiy edi.Kulmasdi faqat jilmayib qo’yardi kam gapirardi.Jaloliddin ona yurtimiz himoyasi uchun hatto jonidan ham kechgan Vatanparvar inson edi’’. Chingizxonni lol qoldirgan Jaloliddinni hayot yo’lini tahlil qiladigan o’sha tarixiy voqealarga bugungi kun ko’zi bilan qarab baho beradigan bo’lsak ular mana shunday ibratli saboq xulosalar chiqarishga undaydi.Chunki hayot bor ekan davlat el-yurt bor ekan shu erkin osuda hayotni ko’rolmaydigan hasad va fitna bilan yashaydigan zo’ravonlik bilan o’z hukmronligini o’rnatishga,xalq tinchini buzishga urinayotgan yovuz hamisha bo’ladi.Buni nafaqat o’z tariximiz va hayotimizda ko’rish mumkin.O’zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo’gul bosqinchilariga qarshi ko’rsatgan mislsiz jasorati Vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va ruhini abadiylashtirish maqsadida Jaloliddin Manguberdi ordeni,haykali,korxonalar,ko’chalar nomlari maydonlarga Jaloliddin Manguberdi nomlari qo’yildi.Bugungi kunda biz yoshlarning o’rtasida Vatanparvarlik ruhini kuchaytirish uchun Buyuk ajdodlarimizni yoshlarimiz o’rtasida tadbiq etishimiz kerak.Ular haqida videofilmlar,kinolar,qo’shiqlar, badiiy kitoblar,Telegram,Instagram sahifalarida ham ularni jasorati haqida kerak bo’lsa har kuni targ’ib etishimiz kerak.Hamma o’z tarixini ulug’laydi.Lekin bizning mamlakatimizdek boy tarix bobolaridek buyuk allomalar hech qayerda yo’q.Biz bilimli avlod sifatida yurtimiz o’tmishda Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini yaxshi bilamiz.Chunki biz Temuriylar avlodimiz .Ana shunday buyuk bobolarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun dunyoga xizmat qilmoqda.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev e’tirof etishlaricha ilm,ma’rifat va madaniyati rivojlanmagan davlatning rivojlanish stratergiyasi ham muvaffaqiyatsizdir.Zero insoniyat tarixini ontogenezini bilish ilm olish jarayonisiz tasavvur qila olmaganimizdek shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo madaniyatlari texnologiyalari,ilm-fanlari chuqur integratsiyalashayotgan ya’ni globallashuv jarayonlarining jadallashuvi konteksida mamlakatlarimizdagi islohotlarni amalga oshirishni,asr taraqqiyotiga adekvat tarzda taraqqiy etishning ilm va ma’rifat rivojisiz tasavvur qilolmaymiz.Tarbiya ta’lim ilm fan inson hayoti faoliyatining eng zarur,eng muhim omillaridan bo’lib,ularsiz mamlakat jamiyatining barqaror o’sishini amalga oshirib bo’lmaydi.Ularni iqtisodiyotning barcha sohalari uchun zarur bo’lgan malakali mutaxasislarni tayyorlashdek murakkab bir masalaning yechimi islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim bir omili sifatida rivojlanishning strategiyamizning ustuvor yo’nalishlari qatoridagi eng old pozitsiyalariga chiqarish juda dono yechim desak mubolag’a bo’lmaydi.Bunday qaror zaminida Vatanimiz o’tmishgidagi tarixiy yutuqlarning turli davrlarida rivojlanish tendensiyalarining chuqur ilmiy tahlili va zamonamizga xos bo’lgan yondashuv bor.Muqaddas zaminimiz Movorounnahrda o’rta asrlarda ilm-fan,ta’lim-tarbiya,ma’rifat va ma’naviyat kabi pedagogik kurashlar juda muhim ahamiyat kasb etgan.Markazlashgan buyuk Temur davlatlarinig barpo etilishi Movorounnahrda fan va madaniyat,ma’rifat ravnaq topishiga yo’l ochgan.Amir Temur hukmronligi davrida jahonning o’nlab shaharlaridan Samarqand va Hirotda madrasalar,kutubxonalar va rasadxonalar quriladi.Tibbiyot,riyoziyot,falakkiyot,geografiya,tarix,adabiyot,falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid yuzlab ajoyib asarlar yaratiladi.Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlanadi va bular bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.Amir Temurni harbiy yurishlarda qo’llagan texnikalari ham zamonaviy armiyada qo’llab kelinyapti.Biz Amir Temur harbiy san’atini Temuriylar maktablarida harbiy o’quv yurtlarida kuchli fan sifatida chuqur o’zlashtirib o’tishimiz kerak.Amir Temur harbiy san’atini nafaqat harbiy bilim yutrlarida balki uyushmagan yoshlar o’rtasida ham harbiy to’garaklar tashkil etib ularni harbiy soha bilan yaqindan tanishtirib,ulardagi Vatanparvarlik ruhini yanada oshirishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.Bundan tashqari Amir Temur qurdirgan me’moriy yodgorliklarni dunyoga tanitishimiz kerak.Buning uchun me’moriy obidalarni faqat o’zimizni tilimizda emas barcha jahon tillarida tarjima qilib hujjatli filmlar,kitoblar chop ettirib ,,Agar bizni qudratimizga ishonmasang,biz qurdirgan binolarga boq’’ shiori ostida tadbiq etishimiz kerak.Butun Yevropa tan olgan Amir Temur faqatgina jang san’atini yoki qurdirgan binolarni emas odamiyligini ilmi,ma’rifatini,ijodkorligini ham tadbiq etishimiz lozim.Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi merosini mustaqil o’rganishning samarali usullarini yaratishimiz kerak.Amir Termur,Jaloliddin Manguberdi,Temur Malik ularni xalq erki,ozodligi,mustaqilligi yo’lidagi jasorati,mardligini allaqachon bilib olganmiz.Lekin ular shunday og’ir sharoitda ham Vatanidan kechmay oxirigacha xalqi bilan birga bo’lganini e’tirof etmasak bo’lmaydi.Temur Malik g’oyat murakkab taqdir yo’lini bosib o’tgan.Temur Malikning Markaziy Osiyo xalqlarining barchasi uchun beqiyos ibrat ekanligini e’tirof etish lozim.Temur Malikning hayoti,irqi,millatidan qat’iy nazar,yurtini sevish uning ravnaqi uchun qo’ldan kelgan barcha ishlarni qilishi,ulkan qalb egasi ekanligini ko’rsatadi.Temur Malikning faqat vatani uchun emas balki millat irqlarimizda birga kurashishimiz uchun yo’l ko’rsatadi.Hozirgi kunda Temur Malikning Xo’jandda muzeyi mavjud.Bu buyuk bobomiz haqida o’zimizda ham muzeyni,kutubxonalarni ochishimiz kerak.Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi,Temur Malik haqida ularni Vatanparvarligini dunyoga yoyishdan oldin, biz yoshlar ular haqida o’zimiz chuqur bilishimiz va uni dunyoga ko’z-ko’z qilishimiz kerak.Bir inson Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi yoki Temur Malik haqida qiziqarli ma’lumotlar internetga tarixiy kanallarga joylashtirsak biz yoshlar o’rtasida Vatanparvarlik tuyg’usini teran anglab yetishga yo’naltiramiz.Bobolarimiz jasorati haqida ilm-ma’rifati haqida, eng asosiysi Vatanparvarligi haqida alohida dastur ishlab chiqib,uni har bir maktabdan Oliy ta’limgacha bo’lgan alohida o’quv dasturi ishlab chiqishimiz,kerak bo’lsa Turkiyani qudratli deb hisoblangan Usmoniylar davlatini yenggan Temur bobomiz to’g’risida filmlar olishimiz kerak.Koshinkor,rangdor,salobatli me’moriy obidalarimiz haqida dunyo me’moriy joylari bilan solishtirib ustunligi haqida hujjatli filmlar badiiy kitoblar jurnallar chiqarishimiz kerak.Yana bir saboq shuki el-yurt va davlat uchun uning taqdiri va kelajagi uchun qayg’uradigan odamlarning ezgu niyatlarini o’ziga oliy maqsad qilib qo’ygan,elim deb yurtim deb yashaydigan inson har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib xavf-xatardan asrashimiz kerak.Jahon xalqiga nazar solsak har bir xalqni yuksalishi uning ma’naviy birlashuvi milliy g’oyasi bilan murakkab sinovlardan o’tib kelgan.Afsuski bizning xalqimiz orasida milliylikni,ajdodlar merosini qanchalik asrab-avaylashda ularga hurmat tarixiy obidalarimizni saqlash kerakligini hali chuqur anglab yetganimiz yo’q.Bugungi yosh avlodni ajdodlar merosi bilan tanishtirish,kelaqjakda o’z vataniga munosib bo’lish,ajdodlarmiz bosib o’tgan yo’llarni yosh avlodga yetkazib berish uchun biz Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi,Temur Malik haykallarini qurdirishimiz,Vatanparvarlik timosli bo’lgan ajdodlarmizga faqat tug’ilib o’sgan joyida emas har bir shahahrarimizda,kerak bo’lsa qishloqlarmizda ham ularga atab muzey bog’ va kutubxonalar tashkil etishimiz kerak bo’ladi.Ularni jasoratini madh etadigan qo’shiqlar yaratishimiz kerak.Bugungi kunda internet olamida ham yangi qo’shiqchilarni yoki aktyorlarni targ’ib qilmasdan ajdodlarimiz xotirasini ularni yurt tinchligi va ravnaqi uchun xizmatlarini yod etib davom ettirishni aytib borsak shundagina bizni ma’naviy hayotimizda ajralmas bo’lagiga aylanadi.Biz 2021-yildan boshlab maktab o’quvchilari Oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida ,,Bo’lajak tarixchilar’’ tanlovini tashkil etib yoshlarning o’rtasida eng yaxshi innavatsion g’oyalarni yaratganlarni ham ma’naviy ham moddiy rag’batlantirsak,ular uchun davlat grantlari,uy-joy ajratilsa biz yoshlarni o’qishga qiziqishini oshiramiz.Bundan tashqari Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi,Temur Malik yoshligidan davlatni boshqargan.Ularga o’xshagan boshqaruvchi yosh avlodni yetishtiradigan O’quv yurtlari yaratilishi kerak.
Download 36.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling