I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Download 338.32 Kb.
|
Soliq UMM
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
- 2-mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
- 3-mavzu. Soddalashtirilgan soliq tizimi
- 4-mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
- 5-mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i
- 7-mavzu. Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
- 8-mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
- 9-mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
- 10-mavzu. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
- 11-mavzu. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar
- 12-mavzu. Mahalliy yig’imlar
- 13-mavzu. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar
- SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTIS H
- Soliq to‘lovchining vakillari
- Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik
- O‘zbekiston Respublikasining rezidenti
- Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Iqtisod va pedagogika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarning iqtisodiy bilimlarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynovchi “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining o’quv dasturi fanning predmeti, vazifalari va maqsadi, yuridik shaxslar tushunchasi, soliqqa tortishning ob’ektiv zarurligi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari, ularni hisoblash va to’lash tartibi, soliq hisobotlarini to’ldirish va taqdim etish muddatlari, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash mexanizmi, soliq imtiyozlari va preferentsiyalar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarining davlat budjetida tutgan o’rni, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish muammolari bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan. II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni O’zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo’llay olish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir. Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob’ektlari, sub’ektlari, soliqni hisoblash yo’llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida bakalavr: soliqlarning funktsiyalari va vazifalari; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning guruhlanishi; soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari; respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslari; soliq stavkalarining joriy etilishi; soliq imtiyozlari; soliqlarning byudjet daromadlari tarkibida tutgan o’rni va salmog’i; jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tarkibi; soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; soliq to’lovchilarni Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi; soliqlarni hisoblash usullari va to’lash tartiblari haqida tasavvurga ega bo’lishi; soliq elementlari va ularning tarkibini; soliq sub’ektlari tarkibi va ularning guruhlanishini; soliq ob’ektlari va ularning tashkiliy tuzilishini; soliqqa tortiladigan baza uni aniqlash usullarini; soliq stavkalari va ularning tabaqalanishini; soliq imtiyozlari va ularning guruhlanishini; soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblash usullarini; soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblash; mikrofirma va kichik korxonalarni soliqqa tortish; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish; qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini soliqqa tortish; tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan olinadigan qat’iy soliqni hisoblash; qo’shilgan qiymat solig’ini undirish; aksiz solig’ini hisoblash; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish; jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash; yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash; jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash; yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni undirish; mahalliy yig’imlar va ularni undirish; davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlarni hisoblash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Fanning amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimi bilan tanishtirishga qaratilganligi. Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar va ularning o’ziga xos jihatlari bo’yicha talabalarda ko’nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi. Mazkur fanni o’rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o’yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyatini ifoda etib berish. Soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi, ularning amal qilish xususiyatlari. O’zbekiston soliq tizimida amalda bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va va boshqa majburiy to’lovlarning budjet daromadlaridagi salmog’i hamda ularning o’zgarish sabablari. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi; budjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi; soliq to’lovchilari nuqtai-nazaridan guruhlanishi. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarkibi. Jismoniy shaxslarning soliqli to’lovlariga tavsif. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda budjetga to’lashda soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ustidan soliq organlarining nazorati. Muddatida bajarilmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish usullari.
Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ining budjet daromadlarida tutgan o’rni. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini undirishda qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlar tarkibi. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i to’lovchilari tarkibi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs rekvizitlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ining soliq solish ob’ekti. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi. Jami daromadlar tarkibining tuzilishi: mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar, intellektual mulk ob’ektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad; foiz ko’rinishidagi daromad; dividendlar; bepul olingan mol-mulklar; mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; royalti; tekin moliyaviy yordam; da’vo muddati o’tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va hakazolar. O’zaro aloqador yuridik shaxslarni soliqqa tortishda foydalariga o’zgartirish kiritish tartibi. Jami daromaddan chegirmalar. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ini hisoblash va to’lash muddatlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i bo’yicha davlat soliq xizmati organlarining nazorati.
Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati. Soddalashtirilgan soliq tizimining tarkibiy tuzilishi: yagona soliq to’lovi. Yagona soliq to’lovi va uning amal qilish jarayoni. Yagona soliq to’lovi to’lovchilari tarkibi. Yagona soliq to’lovi to’lovchilari tarkibiga kiritilish mezoni. Yagona soliq to’lovining soliq ob’ekti. Yalpi tushum va uning tarkibi: mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum; asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan daromadlar; favqulodda daromadlar. Yagona soliq to’lovi stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanish mezonlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yagona soliq to’lovi bo’yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferentsiyalar. Yagona soliq to’lovi hisoblash va to’lash tartibi. Yagona soliq to’lovi bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Yagona soliq to’lovini buxgalteriya hisobida aks ettirish.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq va uning o’ziga xosligi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq ob’ekti. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari. Jami yillik daromad tarkibi: mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; moddiy naf tarzidagi daromadlar va boshqa daromadlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: soliq solinadigan daromadga kiritilmaydigan daromadlar; soliqdan to’liq ozod qilinadigan jismoniy shaxslar; har to’liq oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdoridagi imtiyoz. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash uslubiyati. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to’lov manbaida ushlab qolish. Deklaratsiya tushunchasi va uni joriy qilish sabablari. Jismoniy shaxslarning deklaratsiyaga kiritiladigan daromadlari tarkibi. Deklaratsiyani to’ldirish va soliq organlariga topshirish tartibi hamda muddati. Deklaratsiyani muddatida topshirmagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jarimalar. Deklaratsiya bo’yicha qo’shimcha hisoblanadigan soliq summasini budjetga to’lash muddati. 5-mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i O’zbekistonda qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari tarkibi. Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq ob’ektining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo’yicha aylanmalari; tovarlarning importi bo’yicha aylanmalar. Soliq solinadigan aylanma tarkibi: tovarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma; ishlarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma; xizmatlarning realizatsiyasi bo’yicha aylanma. Soliq solinadigan aylanmani aniqlash. Soliq solinadigan aylanmani tuzatish. Soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydigan aylanmalar. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkalari. Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’i. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar. Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash tartibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha mavjud muammolar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiz solig’i va uning soliq tizimida tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun aksiz solig’i. Aksiz solig’i to’lovchilarining tarkibi. Aksiz solig’ining soliqqa tortish ob’ekti. Soliq ob’ekti tarkibi: qat’iy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlar bo’yicha sotilgan mahsulot hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi; o’z ichiga aksiz solig’ini olgan qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan holda yuklab jo’natilgan tovar qiymati. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig’i stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston Respublikasiga import qilinadigan aksizosti mahsulotlariga qo’llaniladigan soliq stavkalari. Aksiz solig’ini hisoblash tartibi. Aksiz solig’ini hisobga olish. Aksiz solig’ini to’lash muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida import qilinadigan aksizosti mahsulotlaridan soliq undirish tartibi. Aksiz markalari va ularni qo’llash tartibi. Aktsiz markalari bo’yicha xarajatlarni hisobga olish.
Benzin, dizel yonilg’isi va gaz iste’moliga soliqning amaliyotga kiritilishi va uning iqtisodiy ahamiyati. Soliqni to’lovchilar tarkibi va soliqni solish ob’ekti. Soliq stavkalari va soliqni hisoblash tartibi. Soliq hisobini yuritish tartibi va uni to’lash muddatlari. 8-mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig’ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini undirishning huquqiy asoslari. Mol- mulk solig’i to’lovchilari tarkibi. Mol-mulk bo’yicha soliqqa tortiladigan ob’ekt. Soliqqa tortiladigan mol-mulk bo’yicha o’rtacha qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati. Me’yordagi muddatlarda o’rnatilmagan asbob-uskunalar uchun mol-mulk solig’ini hisoblash. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga mol-mulk solig’ini hisoblash. Qurilishning belgilangan muddatini aniqlash jarayoni. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: mol- mulkiga soliq solinmaydigan yuridik shaxslar; mol-mulklarga muddat bo’yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlari. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini hisoblash va to’lash muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’i va uning ahamiyati. Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’i bo’yicha ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan mol-mulk solig’ini undirish tartibi. Jismoniy shaxslar olinadigan mol-mulk solig’i to’lash muddatlari. 9-mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i Yer solig’i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lovchilar tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ining soliq solish ob’ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari. Soliq stavkalarining guruhlanishi: jamoa qishloq xo’jalik sug’oriladigan yerlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; lamikor ekinzorlar, bo’z yerlar va ko’p yillik ko’chatzorlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan boshqa yerlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; Toshkent shahar yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; shahar va qo’rg’onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; korxona, muassasalar va tashkilotlardan qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i va uning iqtisodiy ahamiyati. Yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’ining to’lovchilari. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’ining ob’ekti va uni aniqlash tartibi. Yer solig’i bo’yicha jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari va ularning tabaqalanishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer solig’ini hisoblash va uni budjetga undirish tartibi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’ini to’lash muddatlari.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirishning huquqiy asoslari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob’ekti va uni aniqlash tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bo’yicha; yer osti suv resurslari manbalari bo’yicha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha imtiyozlar tarkibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to’lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari. 11-mavzu. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning o’ziga xos xususiyatlari. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning to’lovchilar tarkibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning ob’ekti. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha imtiyozlar va ularning qo’llanilish tartibi. Soliqni hisoblash va budjetga o’tkazish muddati. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq hisobini yuritish va uni buxgalteriyada rasmiylashtirish. 12-mavzu. Mahalliy yig’imlar Mahalliy yig’imlar va ularning amal qilish xususiyatlari. Mahalliy yig’imlar va ularning mahalliy budjetlarni shakllantirishdagi o’rni. Mahalliy yig’imlarni to’lovchilar tarkibi. Mahalliy yig’imlarni hisoblash va to’lash tartibi. Patta haqi to’lovlari. Patta to’lovi miqdori va uni belgilash tartibi. Patta to’lovlaridan hosil bo’lgan mablag’lardan foydalanish jarayoni. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda yig’imlarning ahamiyatini oshirish. 13-mavzu. Davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar Yagona ijtimoiy to’lov. Yagona ijtimoiy to’lov miqdori va uni hisoblash ob’ekti. Yagona ijtimoiy to’lovni to’lash muddatlari. Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta badallarini hisoblash va to’lash tartibi. Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan davlat maqsadli jamg’armalariga tushadigan majburiy ajratmalar va boshqa to’lovlarni joriy qilinishining sabablari hamda huquqiy asoslari. Soliq to’lovchilar tarkibi, soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza, majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to’lash tartibi. Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar. Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlarning turlari, soliq to’lovchilar tarkibi, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, yig’imlarni to’lash tartibi.
fanidan
GLOSSARIY Soliq to‘lovchilar - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalaridir. Soliq agentlari - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. Soliq to‘lovchining vakillari qonunga yoki ta’sis hujjatiga muvofiq soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslardir. Davlat soliq xizmati organlari - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari; Bojxona organlari - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari; Moliya organlari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari; Notijorat tashkilotlari- deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik - faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti-: O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi -norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara- mol-mulkni (moliyaviy ijara ob’ektini) egalik qilish va foydalanishga o‘n ikki oydan ortiq muddatga shartnoma bo‘yicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir. asosiy ish joyi - ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi; asosiy faoliyat turi - yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot - birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar); budjetdan ajratiladigan subsidiya - davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari; soliq to‘lovchiga muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar grant - davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk; dividendlar - aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari ijara (lizing) to‘lovi - ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa; ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi - buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) ob’ektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi; insonparvarlik yordami - aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi; Download 338.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling