I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 338.32 Kb.
bet11/11
Sana24.06.2020
Hajmi338.32 Kb.
#121247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soliq UMM





Mavzu: Ijtimoiy soliq.
Mavzu bo‘yicha savollar.

Ijtimoiy soilq to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanishadi?

Ijtimoiy soilqmablag‘lari qanday tartibda jamg‘armalarga taqsimlanadi?

Ijtimoiy soilq ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?

Ijtimoiy soilqdan qanday chegirmalar nazarda tutilgan?

Ijtimoiy soilqni i qanday tartibda hisoblab chiqariladi?

Ijtimoiy soilqni to‘lash tartibi tushuntiring?

Masalani yeching.

Yanvar oyida ishchi ish normasini 30 foizga ortiq bajardi. Uning oy uchun bajargan ish haqi miqdori 2300 ming so’mni tashkil etdi. Korxonada qabul qilingan mukofotlash to’g’risidagi nizomga asosan ishchi ish normasini ortiq darajada bajarganda unga ish haqining 30 foizi miqdorida mukofot beriladi. Ijtimoiy soilqni hisoblang.

Korxona buxgalterining lavozim maoshi 2185 000 so’m, qo’shimcha lavozimda ishlaganlik uchun qo’shimcha to’lov (ustama) – 600 000 so’m. Ijtimoiy soilqni hisoblang

Yanvar oyida ishchi ish normasini 23 foizga ortiq bajardi. Uning oy uchun bajargan ish haqi miqdori 1800 ming so’mni tashkil etdi. Korxonada qabul qilingan mukofotlash to’g’risidagi nizomga asosan ishchi ish normasini ortiq darajada bajarganda unga ish haqining 28 foizi miqdorida mukofot beriladi. Ijtimoiy soilqni hisoblang.

Korxona buxgalterining lavozim maoshi 2250 000 so’m, qo’shimcha lavozimda ishlaganlik uchun qo’shimcha to’lov (ustama) – 600000 so’m. Ijtimoiy soilqni hisoblang


Misollar hisoblashga izoh : Sijs= Mhtd∙ Sstavka

Bunda:


Sijs- ijtimoiy soliq summasi

Mhtd- Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar



Sstavka-ijtimoiy soliq stavkasi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “2020-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

[Ko‘chirma]

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlarini kengaytirish, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning mas’uliyatini yanada oshirish, mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan yangi budjet tizimi joriy etilmoqda.

Ilk bor, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda to‘liq mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan daromad turlari kengaytirildi.

2020-yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.

O‘z navbatida, amalga oshirilayotgan islohotlar vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi darajali xarajatlarni, davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish borasida javobgarligini oshirishni, manbasi aniq bo‘lmagan tadbirlarni amalga oshirmaslikni hamda budjet intizomini yanada qat’iylashtirishni talab etadi.

Davlat moliyasini tizimi va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;

makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;

budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda xalqaro moliyaviy institutlarning takliflarini inobatga olgan holda 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjet-moliya sohasidagi asosiy vazifasi etib belgilansin:

soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish, soliqlar yig‘ilishi darajasini oshirish, mavjud zaxiralarni safarbar etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali tegishli budjet daromadlari prognozining bajarilishini ta’minlash;

budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda uni tejash, budjet intizomini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi bo‘yicha hisobdorlik tizimini kuchaytirish;

birinchi navbatda moliyalashtiriladigan (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar) xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va kreditor qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik;

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘larni, birinchi navbatda, oldingi yillardan o‘tuvchi obyektlarni ishga tushirishga yo‘naltirish;

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarz mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltirish hamda ulardan samarali foydalanish orqali natijadorlikni ta’minlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yilda:

konsolidatsiyalashgan budjet defitsitini yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizidan oshmasligini;

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromad va xarajatlari balanslashtirilgan holda ijro etilishini;

O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 mlrd AQSh dollaridan oshmasligini;

O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladigan tashqi qarzni o‘zlashtirishning cheklangan hajmi 1,5 mlrd AQSh dollaridan oshmasligini ta’minlasin.

4. Belgilansinki, davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlarning natijadorligini baholash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

yakunlangan loyiha va dasturlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi auditdan o‘tkazib, audit natijalari bo‘yicha axborotni har chorak yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga yuboradi;

tegishli vazirlik va idoralar yakunlangan loyiha va dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga 3 oy ichida taqdimotlar o‘tkazadi;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi loyiha va dasturlarning ishlab chiqilishi, tanlab olinishi, monitoringi va audit natijalariga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlarda joylashtirilishini ta’minlaydi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida boshqaruv xodimlarining soni 3 ta shtat birligidan iborat davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlarni audit qilish sektorini tashkil etsin;

uch oy muddatda davlat qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni baholash va auditdan o‘tkazish hamda ularni xatarlar bo‘yicha guruhlashtirish masalalarini o‘z ichiga oluvchi tartibni tasdiqlasin.

6. 2020-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. 2020-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshirilsin.

2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;

eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin;

soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligi:

mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin;

ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun va mohiyatini soliq to‘lovchilarga tushuntirish hamda amaliyotga joriy qilishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirsin.

9. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan qo‘shilgan qiymati solig‘ining salbiy summasini soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra qoplash tartibi 2020-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda elektron hisobvaraq-faktura tizimi operatorlari sonini ko‘paytirish hamda operatorlar bilan hamkorlikda 2020-yil 1-aprelgacha elektron hisobvaraq-fakturalar almashish tizimini to‘laqonli joriy qilish choralarini ko‘rsin;

elektron hisobvaraq-fakturalar yuritishga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotlarini topshirish tartibini soddalashtirish, shuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat-kassa mashinalar yuritishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik choralarini joriy etish bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. 2020-yilda soliq yukining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, jismoniy shaxslar mulkiga kadastr qiymati asosida belgilangan mol-mulk solig‘i summasi 2019-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 barobaridan ortiq oshirilmasligi belgilansin.

11. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

a) budjet tashkilotlari bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 99,2 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,4 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;

b) boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,4 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,8 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

12. 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

rentabellik darajasidan kelib chiqib, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda solig‘i stavkalari 4-ilovaga muvofiq;

Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy va kumush uchun 20 foiz va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida tasdiqlansin.



14. Belgilansinki, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi va 2020-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llaniladi.

15. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

2020-yil 1-aprelga qadar “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari bo‘lgan barcha yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini yetkazsin;

2020-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, xalqaro tajribadan kelib chiqib, 2021-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini belgilashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

16. Belgilansinki, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahri shahar budjetlariga ajratiladigan mablag‘lar har oyda (hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yil yakuni bo‘yicha oxirgi ish kuniga qadar) o‘tkaziladi;

daromadlar prognozining bajarilmagan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, prognozning oshirib bajarilgan qismi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti ixtiyorida qoldiriladi.

17. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat soliq xizmati organlari rahbarlari budjet daromadi prognoz ko‘rsatkichlarini ortiqcha to‘langan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilsin.

2020-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra ortiqcha undirilgan soliq summalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan stavkada foizlar to‘lagan holda qaytarish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman va shaharlar budjetlariga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — tegishli mahalliy budjetlar hisobidan;

budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlangan soliqlar bo‘yicha — tegishli budjetlar hisobidan ularga ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

18. Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdorlari va davriyligini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali tegishli masalalarni ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish yo‘li bilan aniqlash huquqi berilsin.

19. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini to‘liq hajmda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetiga qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

qo‘shilgan qiymat solig‘i (mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno);

foyda solig‘i (mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

20. 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

21. 2020-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin:

moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmasa;

belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari)siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish;

pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tender (konkurs) o‘tkazmasdan (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa) tanlab olish asosida.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishi ustidan Bosh vazirning tegishli sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

22. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish me’yorlari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning hosildorlik oshishiga, suv va moddiy (elektroenergiya, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) resurslar iqtisod qilinishiga ta’sirini mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.

Mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplansin.

24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining:

davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda zarar yetkazilmasligini ta’minlash;

Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish yuzasidan chiqariladigan qarorlarini majburiy tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishilishi hamda zararlarni qoplashda ularning davlat budjeti va mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishi yuzasidan mas’ulligi belgilab qo‘yilsin.

25. Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy jarimalardan ajratmalar miqdorini budjetdan tashqari mablag‘lardan to‘lab kelinayotgan ish haqi va rag‘batlantirish to‘lovlarini unifikatsiyalashtirgan holda Davlat budjeti orqali amalga oshirish hisobiga maqbullashtirish bo‘yicha taklif kiritsin.

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan ularning xodimlariga uy-joy va avtomashinalar xaridi uchun imtiyozli kreditlarni va foizsiz ssudalarni ajratish bekor qilinsin.

26. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirlik, idoralar va davlat maqsadli jamg‘armalarining:

milliy valyutadagi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi faqat Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi;

vaqtincha bo‘sh turgan milliy valyutadagi mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning so‘rovlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

tijorat banklari depozitlariga 2020-yilgacha joylashtirilgan milliy valyutadagi mablag‘lari depozit muddati tugagandan so‘ng, muddat uzaytirilmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar so‘ndirilgandan so‘ng Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining tijorat banklardagi hisobvaraqlarining harakati bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.

28. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davolash va profilaktika muassasalarida, “barkamol avlod” markazlarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, sport muassasalarida, davlat madaniyat muassasalarida, veterenariya bo‘linmalarida, shuningdek, adliya organlarida pullik xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini o‘rganib chiqqan holda aholiga yanada qulaylik yaratish, pul tushumlarining shaffofligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.

29. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar davlat tashkilotlarida yengil xizmat avtomashinalari cheklangan sonini belgilash, shuningdek, rahbar xodimlarga xizmat avtomashinalarini klassiga qarab biriktirish tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

30. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda o‘z tasarrufidagi muassasalarda ovqatlantirish bo‘yicha joriy etilgan autsorsing tizimining samaradorligini o‘rganib chiqsin va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.

31. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida ta’lim muassasalarida ish xaqini rejalashtirish va moliyalashtirish bo‘limlarini tashkil etish uchun hududiy g‘aznachilik organlarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga qo‘shimcha 4 tadan shtat birliklari ajratilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta’lim maktablarining o‘quv binolaridan samarali foydalanishga hamda sinflarni komplektlash jarayonining shaffofligini oshirishga qaratilgan umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, hududiy moliya organlari tomonidan esa hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi uch yil uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari chegaralangan miqdorlarini va budjetlararo transfertlar miqdorlarini har yili 15-iyunga qadar yetkazish tartibi joriy etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga har yili 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining keyingi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozi aniqlashtirilgan ko‘rsatkichlarini, har yili 15-avgustga qadar esa o‘rta muddatli (kelgusi uch yilga) davrga mo‘ljallangan prognozlarini taqdim qilsin.

33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari o‘rtasida budjetlararo transfertlarning miqdorini aniqlash va o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti xarajatlarini samaradorligini baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

2020-yil davomida sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, avtomobil yo‘llari va suv xo‘jaligi sohalarida 2018-2019-yillardagi tadbirlarga yo‘naltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning natijadorligini xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan holda tahlil etib, baholash;

baholash natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Suv xo‘jaligi vazirligi xarajatlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda, tajriba tariqasida, ularni baholash tizimini joriy etish, shu asosda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning 2021-yil uchun budjetlarini shakllantirish;

2021-yildan boshlab barcha vazirlik va idoralarning budjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimiga o‘tkazish va mazkur tizimni 2022-yil budjetini shakllantirishda tatbiq etish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida 5 ta shtat birligidan iborat Budjet xarajatlari samaradorligini baholash va budjetni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli uslublarini joriy etish bo‘limi tashkil etilsin.

35. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlasin.

36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlar mablag‘larining sarflanishi, shuningdek, respublika budjetidan mablag‘ oluvchi budjet mablag‘lari taqsimlovchilari tomonidan ularga ajratilgan budjet mablag‘laridan manzilli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar;

2020-yil 1-sentabrga qadar yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini va javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi Ichki nazorat va ichki auditni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotidan boshlab moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy o‘tkazmalarni Davlat moliyasi statistikasining xalqaro standartlaridan kelib chiqib, hisobotda aks ettirsin.

40. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari 113 500,0 mlrd so‘m miqdorida;

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlari 26 260,0 mlrd so‘m miqdorida;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining xarajatlari 426,0 mlrd so‘m miqdorida.

41. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat moliyasini boshqarish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish, shuningdek, budjet muassasalarida ishlovchi ishchi xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobini to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha axborot dasturlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobiga server va telekommunikatsion qurilmalarini yangilasin.

42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

43. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 30-dekabr,

PQ-4555-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga

1-ILOVA

2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari

mln so‘m

Budjet mablag‘lari taqsimlovchilarining nomi

1.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

3070 202.4

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

1.1.Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi

45 007.4

1.2.Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

4 234.1

1.3.Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

263 116.1*

1.4.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

2.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

746 516.2

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

2.1.“O‘zbekkino” Milliy agentligi

61 015.0

2.2.O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

84 188.0

shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

16 029.5

2.3.Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

14 094.1

3.O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

893 535.9

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

3.1.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi

4 524.4

3.2.O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

160 000

4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1480 696.8

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

4.1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

5 583.5

4.2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

5 071.8

4.3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

11 301.8

4.4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

1 052.0

4.5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

59 646.8

4.6.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

3 955.1

4.7.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2 171.8

4.8.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

19 008.0

shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

8000.0

4.9.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi

2 343.4

4.10.“Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari

1 172.3

4.11.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

3 378.6

4.12.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

8 207.6

4.13.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

5 010.5

4.14.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

1416.0

4.15.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

149 592.1

shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

15000.0

4.16.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

2 108.3

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

742 577.9

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

5.1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

18 963.5

5.2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma�rifiy yodgorlik majmuasi

8 714.2

5.3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

19 222.6

5.4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

105000.0

5.5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

61 603.1

5.6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

4 770.6

5.7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi

86 912.6

6.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

115 155.8

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

6.1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatiningboshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

38 033.9

6.2.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

8 826.2

7.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

734 184.7

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

7.1.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

67 206.8

7.2.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

114 470.9

* Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilinganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.

Izoh: Mazkur ilovada ko‘rsatilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga

2-ILOVA

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari(so‘m)

Nafaqa va moddiy yordam turlari

1.14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa

shundan:

bitta bolali oilalarga

131 000

ikkita bolali oilalarga

217 000

uchta va undan ortiq bolali oilalarga

304 000

2.Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa

434 000
3.Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam

326 000 dan

653 000 gacha

4.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam

434 000 dan

1 085 000 gacha

Izoh: Ko‘rsatilgan nafaqa va moddiy yordam miqdorlari 2020-yil 1-fevralga qadar tayinlangan nafaqa va moddiy yordamni to‘lashda ham qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga

3-ILOVA

2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

mlrd so‘m

1.Bevosita soliqlar

40 584.6

1.1.Foyda solig‘i

22 058.7

1.2.Aylanmadan soliq

2 458.1

1.3.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

16 067.8

2.Bilvosita soliqlar

58 285.0

2.1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i

44 199.4

2.2.Aksiz solig‘i

11 373.6

2.3.Bojxona boji

2 712.0

3.Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i

20 796.0

3.1.Mol-mulk solig‘i

2 369.6

3.2.Yer solig‘i

2 474.4

3.3.Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

15 606.4

3.4.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

345.6

4.Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar

8 794.4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga

6-ILOVA

2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari

mln so‘m

Budjetlar nomi

Aylanma kassa mablag‘lari

1.O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti

1 000 000,0

2.Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti

28200,0

3.Andijon viloyatining mahalliy budjeti

21 714,0

4.Buxoro viloyatining mahalliy budjeti

24 828,0

5.Jizzax viloyatining mahalliy budjeti

13 157,0

6.Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti

22 709,0

7.Navoiy viloyatining mahalliy budjeti

12 100,0

8.Namangan viloyatining mahalliy budjeti

19 524,0

9.Samarqand viloyatining mahalliy budjeti

36 279,0

10.Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti

17 260,0

11.Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti

12 078,0

12.Toshkent viloyatining mahalliy budjeti

32 417,0

13.Farg‘ona viloyatining mahalliy budjeti

26 900,0

14.Xorazm viloyatining mahalliy budjeti

17 747,0

15.Toshkent shahrining mahalliy budjeti

34 324,0

Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyat mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari kamayishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga jamlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlarini oshirishga yo‘naltiriladi.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining aylanma kassa mablag‘lari miqdori xorijiy valyutadagi mablag‘larni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga

7-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidagi “Jamg‘arma” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yilda qurilgan ko‘p kvartirali uylarni realizatsiya qilishda Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga milliy valyutada 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan dastlabki 5 yil davomida yillik 3 foiz stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan tijorat bankining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasini chegirgan holda hosil bo‘ladigan stavkada mablag‘lar taqdim qilinadi.”.



3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

budjetnie organizatsii, poluchayuщiye dopolnitelnie doxodi iz istochnikov, ukazannix v statyax 60 — 63 Budjetnogo kodeksa Respubliki Uzbekistan, ot vsex vidov vzimayemix nalogov”.



4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “1,6 trillion” va “1 trillion” so‘zlari tegishincha “1,245 trillion” va “645 milliard” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “600” raqami “450” raqami bilan almashtirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida “200” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

b) 42-bandidagi “2020” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin;

v) 25-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4541-son qarorida:

a) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi “bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

b) 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan O‘zA va Qoraqalpog‘iston axborot agentligini saqlash, jumladan, moddiy-texnik ta’minot uchun ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarini moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.”.



9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14 va 44-bandlaridagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 203-bandidagi “bosh boshqarmasi” so‘zlari “departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanib, o‘z balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.”;



b) 9-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

9. Jamg‘arma quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:



mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan manbalardan tushuvchi mablag‘larni o‘zining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlash;”.

12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bunda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutiladigan rejali budjet mablag‘lari mulkiy va ma’naviy zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning manbalari hisoblanadi.”.



13. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 1-ilovaning 48-bandidagi “bankdagi” so‘zlari “shaxsiy g‘azna” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Jamg‘arma alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasida tuziladi hamda uning mablag‘lari “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”.



14. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 1-ilovaning 5-bandidagi “milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan maxsus” so‘zlari “shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

2-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Jamg‘arma — Qo‘mita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;



Jamg‘arma maxsus hisob raqamlari — Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni jamlash uchun Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamlar”;

4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochishga;



mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatishga;”.

15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 201-son “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “aksiyadorlik tijorat Xalq bankida alohida hisob raqamlar” so‘zlari “Moliya vazirligi G‘aznachiligida alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘arma shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.”;



b) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “shu jumladan xorijiy valyutadagi mablag‘lar tijorat bankida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus hisob raqamlarda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

17. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining birinchi xatboshisidagi “bank hisob raqamiga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamga” so‘zlari “shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”;



quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:”;



ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”;



Quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:”;



ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

v) 6-bandning “v” kichik bandidagi “uning markaziy apparati ta’minoti uchun korporativ bank plastik kartochkalaridan foydalanish,” so‘zlari chiqarib tashlansin.

21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy statistikani yanada takomillashtirish va milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksida:

a) 17-satrning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2019-yil sentyabr” va “2019-yil mobaynida” so‘zlari tegishli ravishda “2020-yil fevral” va “2020-yil mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

b) 18-satrda:

Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.”;

Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2019-yil sentyabr” so‘zlari “2020-yil fevral” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlaridan keyin “Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinganidan so‘ng umumta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yetkaziladi.



Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori Respublikaning barcha umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)

O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ilgari amal qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Stavkalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining asosiy stavkasi — 12 foiz;

dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar uchun foiz stavkasi — 5 foiz.

O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun:

dividend va foizlar — 10 foiz;

xalqaro yuk tashishdagi transport xizmatlariniko‘rsatishdan olingan daromadlar (yuk tashishdan olinadigan daromadlar) — 6 foiz;

mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, boshqa daromadlar — 20 foiz.


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-dekbrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan


2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan

3 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет





4 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет


5 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет


6 O‘zbekiston Respublikasi Solik Kodeksi 16-modda.


7 Яҳёев Қ. Солиққа тортиш назарияси ва амалиёти. Т.: «Ғафур Ғулом» 2000 й. 10-бет.



8 www.mf.uz – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy internet sayti ma`lumotlari asosida tuzilgan


9 www.mf.uz – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy internet sayti ma`lumotlari asosida tuzilgan


10 Қ.Яхъёев “Солиққа тортиш назарияси ва амлиёти” Т: “Фан ва технологиялар маркази” 2005 й , 30-бет


11 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir.- T.: «O‘zbekiston».2005. 89 bet



Download 338.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling