Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil
Download 0,89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5341492182828195581
Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o'n chelak suv, bir savat non. Ushbu
birliklardagi hisob so'zlarni toping. A) hovuch, qop, bir, paxta, chelak, suv B) hovuch, qop, xalta, etak, chelak, savat C) suv, un, turshak, paxta, suv, non D) hovuch, ikki, qop, bir, turshak, etak, savat, non 425. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar qanday nomlanadi? A) sanoq son B) jamlovchi son C) miqdor son D) tartib sonlar 426.Tartib son qaysi shakl orqali hosil qilinadi? A) -tadan B) -(i)nchi C) -tacha D) -ta 427.Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo'shimchasi o'rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi? A) rim raqami bilan ifodalansa B) arab raqami bilan ifodalansa C) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa 428. Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo'shimchasi o'rnida chiziqcha (defis) ishlatilmaydi? A) rim raqami bilan ifodalansa B) arab raqami bilan ifodalansa C) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa 429. Ravish qanday belgilarni bildiradi? 26 A) harakat va holatning bajarilish tarzi, payti B) harakat va holatning bajarilish o'rni, daraja-miqdori C) harakat va holatning maqsad, sababi kabi belgilarni D) barchasi 430. Ravish qanday so'roqlarga javob bo'ladi? A) qanday, qachon, qayer, qancha? B) qay holatda, qancha, necha, qachon? C) qachon, qanaqa, qay holda, qay tarzda? D) barchasi 431. Ravishlar tarkibiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? A) 1. Sodda. 2. Qo'shma B) 1. Tub. 2. Yasama C) 1. Sodda. 2. Qo'shma. 3. Juft. 4. Takror D) 1. Sodda. 2. Qo'shma. 3. Juft. 4. Inkor 432. Ravishlar tuzilishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?A) 1. Sodda. 2. Qo'shma B) 1. Tub. 2. Yasama C) 1. Sodda. 2. Qo'shma. 3. Juft. 4. Takror D) 1. Sodda. 2. Qo'shma. 3. Juft. 4. Inkor 433. Qaysi qo'shimchalar ravish yasaydi? 1. -cha. 2. -lab. 3. no-. 4. -gi. 5. -larcha. 6. -ona. 7. -a. 8. -an. 9. -chasiga. 10. -aki. A) 1, 2, 5, 6, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 2, 4, 8, 9, 10 D) barchasi 434. Ravish qaysi turkumlardan yasalishi mumkin? A) ot va sondan B) ot va sifatdan C) sifat va olmoshdan D) ot, sifat, olmoshdan 435. Ravish tarkibida qanday qo'shimchalar yaxlitlanib qolishi mumkin? A) egalik, kelishik, shaxs-son qo'shimchalari B) egalik, jo'nalish va chiqish kelishigi qo'shimchalari C) jo'nalish va chiqish kelishigi, ko'plik qo'shimchalari D) egalik, kelishik, erkalash-kichraytirish qo'shimchalari 436.Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan jo'nalish kelishigiga misol keltiring. A) qo'qqisdan B) erkakchasiga C) jo'rttaga D) olg'a 437.Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan egalik qo'shimchasiga misol keltiring. A) ichkari, kechasi, yuzaki, kun- duzi B) avvallari, kechalari, kechasi, kunduzi C) saharlab, ertalab, mardona, erkakcha D) avvallari, ilgari, yuzaki, kechasi 438.Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan chiqish kelishigiga misol keltiring. A) to'satdan, ichkari, jo'rttaga, olg'a B) tubdan, chindan, to'satdan, birdan C) rostdan, kechasi, ertalab, qo'qqisdan D) birdan, ilgari, mardona, ohista 439.Ravishning qanday ma'no turlari bor? 1. Holat. 2. Payt. 3. Daraja-miq-dor. 4. O'rin. 5. Maqsad-sabab. A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 440.Qaysi so'zlar maqsad-sabab ravishlari sanaladi? A) qatorasiga, piyoda, jo'rttaga, ohista, hamon B) ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo'rttaga C) qasddan, sal, asta, piyoda, oz, atayin D) jo'rttaga, qasddan, doimo, rostdan, olg'a 441. Holat ravishlari qanday so'roqlarga javob bo'ladi? A) qanday, qancha? B) qanday, qay holda, qay tarzda? C) qachon? D) qanday holatda, qancha? 442. Holat ravishlari qaysilar? A) jim, yayov, chindan, qo'qqisdan, to'satdan, piyoda, ancha B)majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, xiyol, qatorasiga, birma-bir C)yakkama-yakka, yonma-yon, bafuq'a, arang, zo'rg'a, mardlacha D) A, B, C 443. Payt ravishlari qanday so'roqqa javob bo'ladi? A) qanday? B) qay tarzda, qay holda? C) qanday? D) qachon? 444. Payt ravishlariga misol keltiring. A) endi, hozir, so'ngra, hanuz, doimo, dastlab B) ilgari, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, atayin C) hamisha, hamon, tasodifan, astoydil, endi D) hozir, ilgari, doimo, bafurja, arang 445. O'rin ravishlariga qaysilar kiradi? A) endi, quyi, so'ngra, ancha B) olg'a, ichkari, tashqari, yu-qori C) quyi, uzoqdan, usti, osti D) B va C 446. 1. Salmon ota gapni uzoq-dan boshladi. 2. Uzoqdan bir odamning qorasi ko'rindanday bo 'ldi. Ushbu gaplarda uzoqdan so'zi ravishning qaysi turiga mansub? A) 1. Payt. 2. Holat B) 1. Payt. 2. O'rin C) 1. O'rin. 2. Maqsad-sabab D) 1. Payt. 2. Maqsad-sabab 447.Oldinda Shirinbuloq qishlog'i butun bo'y-basti bilan yastanib yotibdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi ishtirok etgan? A) holat ravishi B) payt ravishi C) o'rin ravishi D) daraja-miqdor ravishi 448.Daraja-miqdor ravishi qan-day so'roqqa javob bo'ladi? 27 A) qayerga? B) qay tarzda? C) qancha? D) qanday? 449. Qaysi ravishlar daraja-miqdor ravishi sanaladi? A) picha, xiyol, oz, ko'p, ancha B) asta-sekin, endi, kam, sal, xiyla C) xiyol, hamon, dastlab, ancha D) doimo, tez- tez, oz, kam, ancha 450.Qaddini rostlab uzoq taqillatdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi ishtirok etgan? A) holat ravishi B) payt ravishi C) o'rin ravishi D) daraja-miqdor ravishi 451.Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo'ppi-lo'ppi, yangi-yangi. Ushbu so'zlar... A) juft sifatlar B) takroriy sifatlar C) takroriy otlar D) yasama sifatlar 452.Sifatning orttirma daraja shakli nechta yo'l bilan hosil qilinadi? A) 2 yo'l bilan B) 4 yo'l bilan C) 3 yo'l bilan D) 5 yo'l bilan Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling