Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5341492182828195581
marvariddek tovlanadi. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
356.Uning chaqnoq ko'zlari, siyrak qoshi, o'ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. Ushbu gapda sifat so'z turkumiga oid nechta so'z bor? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 357.Payt ma'nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo'shimcha qaysi? A) -iy (- viy) B) -simon C) -gi (-ki) D) -dor 358.O'xshashlik ma'nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo'shimcha qaysi? A) -iy (- viy) B) -simon C) -gi (-ki) D) -dor 359. Xoslik ma'nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo'shimcha qaysi? A) -iy (-viy) B) -simon C) -gi (-ki) D) -dor 360. Dastlabki kunlar yo'l unchalik mashaqqatli bo'lmadi. Ushbu gapda qanday ma'no hosil qiluvchi sifat yasovchi qo'shimcha ishtirok etgan? A) payt ma'nosini bildiruvchi B) xoslik ma'nosini bildiruvchi C) o'xshashlik ma'nosini bildiruvchi D) zidlik ma'nosini bildiruvchi 361. Sifat va ot yasovchi qo'shimcha omonimlik hosil qilgan so'zlarga misol keltiring. A) sayroqi - tutatqi, oqshomgi - sezgi B) kechki - tepki, erinchoq - o'yinchoq, chizg'ich - yulg'ich C) qishlik - yoshlik, yashirin - bo'g'in, yasama - bostirma D) barchasi 362. Sifat tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi? A) 2 turga: 1. Sodda. 2. Qo'shma B) 2 turga: 1. Tub. 2. Yasama C) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo'sh-ma. 3. Juft. 4. Takror D) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo'sh-ma. 3. Juft. 4. Inkor 363. Qo'shma sifatlar asosan qanday yoziladi? A) qo'shib B) ajratib C) chiziqcha bilan D) qo'shib va ajratib 364. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko'ra qaysi turi ishtirok etgan? A) sodda B) qo'shma C) sodda, qo'shma D) sodda, qo'shma, juft 365.Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi () hamma ulardan bahra oladi. Ushbu gapda qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak? A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul 366.Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. Ushbu gapdagi juft sifat qanday vazifa bajargan? A) aniqlovchi B) yordamchi so'z C) ega D) hol 367. Menga o'xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. Ushbu gapdagi juft so'z qan-day so'zlardan tarkib topgan? A) tub so'zlardan B) o'zaro shakldosh, yasama so'zlardan C) o'zaro ma'nodosh, yasama so'zlardan D) otdan 368.Onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta takroriy sifat bor? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 369.Kimdir yelpib-yelpib, barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti. Ushbu gapdagi sifatning sintaktik vazifasi nima? A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim 370.Sifatlar qaysi xususiyatiga ko'ra asl va nisbiy sifat kabi turlarga bo'linadi? A)bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq-kamligi jihatidan B)belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalashiga ko'ra C) qo'llanishiga ko'ra D) tarkibiga ko'ra 23 371. Belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalaydigan va uni darajalab ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan sifatlar qanday ataladi? A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar C) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar 372. Belgini to'g'ridan to'g'ri emas, boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydigan va uni darajalab ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmagan sifatlar qanday ataladi? A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar C) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar 373. 1. Mazali. 2. Go'zal. 3. Chiroyli. 4. Ro'molli. 5. Sermeva. 6. Erksevar. 7. Paxtali. 8. Tonggi. 9. Kuzgi. 10. Chillaki. 11. Yuzaki. 12. Derazali. 13. Beor. 14. Devoriy. 15. Devsifat. 16. Do'ppili. 17. Xushbichim. 18. Soyaki. 19. Qishki. 20. Ko'chma. 21. Derazali. 22. Qizil. Bularni asl va nisbiy sifatlarga ajrating. A)1, 2, 3, 6, 11, 17, 22 - asliy sifat, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 19, 20, 21 - nisbiy sifat B)1, 2, 3, 6, 11, 22 - asliy sifat, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 - nisbiy sifat C)1, 2, 3, 6, 9, 11, 17, 22 - asliy sifat, 4, 5, 7, 8, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 19, 20, 21 - nisbiy sifat D)D) 1, 2, 3, 5, 6, 11, 17, 22 - asliy sifat, 4, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 19, 20, 21 - nisbiy sifat 374. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling