Bilingvizm va uning turlari


Download 106.74 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi106.74 Kb.
#1045939
  1   2   3   4
Bog'liq
Bilingvizm va uning turlari-hozir.org


Bilingvizm va uning turlari

Bilingvizm va uning turlari



Bilingvizm, Ikki tillilik — 2 tilni yoki muayyan adabiy til va uning dialektini mukammal bilish.
Bu ijtimoiy talab yoki biror sabab bilan yuzaga keladi. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sabab boʻladi.
Bilingvist odam miyasi bir nechta sezilarli afzalliklarga ega boʻladi. Baʼzilarini hattoki koʻrish mumkin: kulrang moddaning koʻproq zichlikga ega boʻlishidir. Bundan tashqari ikkinchi tilni ishlatganda miyaning baʼzi bir qismlarining faollanishining koʻpayishi kuzatiladi. Buni miyani charxlash deb aytishimiz mumkin.
Hozirgi kunda bilingvizmning kognitiv afzalligi juda tushunarli koʻrinadi. Ammo oʻz vaqtida bu ekspertlarni lol qoldirgan. XX asrning 60-yillarigacha ikki tillilik, tillar orasida doimiy oʻtishga kerak boʻlgan energiyani sarflagani uchun, bola rivojlanishni sekinlashtiradigan toʻsiq deb hisoblangan. Ushbu nuqtai nazar birinchi navbatda notoʻgʻri boʻlgan ilmiy ishlarga asoslangan edi. Oxirgi paytdagi tadqiqotlar bir necha til bilish insonning qaror qabul qilish, vazifalar oʻrtasidaoʻtish, eʼtiborni jamlash kabi fazilatlarini rivojlanishiga olib kelishini tasdiqlab berdi.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining (Oʻrta asrlar)koʻpgina vakillari ham oʻzbek, ham fors tilini yaxshi bilganlar. Masalan, Alisher Navoiy oʻz ona tili — turkiy til bilan bir qatorda fors tiliniham juda yaxshi bilgan. Bu tildagi asarlarini toʻplab devon ("Devoni Foniy") tuzgan. Bu devoni forsiy til shoirlar, xususan, Jomiytomonidan yuksak baholangan.
Individual bilingvizmning uch asosiy turi farqlanadi :
Koordinativ (sof) bilingvizm da ikki til mutlaqo muxtor bo’lib,har biri o’zining tushunchalar majmuyiga mos keladi,ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil bo’ladi :
Italyan tilida :

ALBERO
(tushuncha)


Daraxt

Albero
(fonema shakl)


TREE
(tushuncha)





Download 106.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling