Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari


Eng umumiy ilmiy bilish metodlari


Download 99 Kb.
bet8/17
Sana02.11.2023
Hajmi99 Kb.
#1740091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo‘lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo‘lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bo‘lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to‘g‘ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o‘rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o‘rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ilg‘or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo‘lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o‘sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o‘zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.
Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi.
Ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi uchun qo‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini,ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling