Formallashtirish - tekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma’lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavxumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan ifodalashdir.
Modellashtirish - o‘rganilayotgan obyektga tuzilishi yoki funktsiyasiga ko‘ra unga o‘xshash lekin uning o‘zi emas, uning nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiy obyektni tegishli xossa va xususiyatlarini o‘rganishdir.
Model - lotincha - nusxa - shartli obraz, sxema ma’nolarini bildiradi.
G‘oya - tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir.
Gipoteza - tekshirilayotgan predmet yoki hodisa to‘g‘risida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma’lumotlarga zid bo‘lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Skeptiklar bilishning mumkinligiga e'tiroz bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yganlar.
Agnostitsizm – bu shunday ta'limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi.
Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta'limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning eng yirik vakili fransuz matematigi va filosofi Anri Puankaredir (1854-1912).
Fan- dunyo to‘g‘risidagi, shu jumladan odamning o‘zi to‘g‘risidagi, obyektiv bilimlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyatdir.
Rux - ma’naviy - ruxiy, nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha.
Mantiqiy bilish - inson borliqni aqliy bilishidir.
Nazariya - haqiqatligi amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid ma’lum g‘oyalar, qarashlar, qonunlar va printsiplarni muayyan tizimi tushuniladi.
G‘oya – hodislarni fikrda ifoda etishning formalaridan biri bo‘lib, kelgusida batafsilroq shaklga keltiriladigan bilimning mohiyati va asosiy mazmunini anglashni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |