Tushuncha - predmetning muhim umumiy, zarur aloqalarini va xossalarini aks ettiradi.
Gipoteza — haqiqiyligi aniqlanmagan ilmiy taxmin yoki farazdir. Gipoteza, bu – fanda o‘rtaga qo‘yilgan savolga javob berishga intilib, bildirilgan fikrlar tizimidir. Shu bilan birga bu fikrlar faktual emas balki nazariy xarakterga egadir.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Gnoseologiya nimani o‘rganadi?
«Gnoseologiya» va «Episistemologiya» tushunchalarini gapirib bering?
Bilish nima?
Bilishning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
Bilishning qanday shakllari mavjud?
Bilish darajalari nechaga bo‘linadi?
Hissiy bilish va uning shakllarini gapiring?
Aqliy bilish shakllariga nimalar kiradi?
Hissiy va ratsional bilishning o‘ziga xosligi nimada?
Bilish obyekti, subyekti, predmeti tushunchalarini izoxlang?
Bilishda subyektning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
Bilishda obyekt qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
Ilmiy bilishning asosiy usul (metod) larini ko‘rsating?
Bilishning yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishdagi ahamiyati nimada?
Haqiqat nima?
Obyektiv haqiqat nima?
Haqiqatning mezonlari to‘g‘risida nima bilasiz?
Ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mutlaq va nisbiy haqiqatning o‘zaro nisbati nimada?
Haqiqatning qanday mezonlari bor?
Yolg‘on, dezinformasiya, yanglishish nima?
Haqiqatni aniqlashda emotsiyalar qanday rol o‘ynaydi?
«Metod» va «Metodalogiya» deganda nimani tushunasiz?
Dialektika metodining mohiyatini so‘zlab bering?
Sofistika, eklektika, metafizika uslublarini gapirib bering?
Sinergetika haqida nimalarni bilasiz?
Ilmiy metodning uch jihatliligini asoslang?
Ilmiy metodning o‘ziga xos belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Ilmiy bilishning barcha metodlarini umumiyligi va qo‘llanish darajasiga qarab guruhlarga bo‘linganligini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |