4-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.
Bilish bosqichlari va darajalari
|
Falsafiy qonun va kategoriyalarning izohi
|
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
|
Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan. Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi.
|
Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.
|
Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma'lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat. Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s'ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma'lum. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan.
|
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.
|
Kategoriya o‘zi nima. Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilmaxillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta'riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob'ektiv voqyelikning umumlashgan in'kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e'tirof qilinadi. Ma'lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika 11 (notiqlik san'ati) fanlari sistemalashgan, ya'ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta'riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob'ektiv voqyelikning in'ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma'noda borliq, voqyelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta'minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
|
Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
|
|
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |