”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari


Download 18.71 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi18.71 Kb.
#1649174
Bog'liq
Bilish jarayonining rivojlanishi

.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari


Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

  • bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

  • o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

  • predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

  • raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;

  • makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

  • elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;

  • atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

  • atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.

Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud
Kutilayotgan natija:

  • atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;

  • kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;

  • yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;

  • rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;

  • o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;

  • o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;

  • bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;

  • ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).

Kichik soha: Elementar matematik malakalar
Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega.
Kutilayotgan natija:

  • hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;

  • geometrik shakllar va figuralarni biladi;

  • 20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;

  • 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

  • son qatori haqida tushunchaga ega

  • guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);

  • hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi;

shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.
Bu berilgan standart ostiga “qayta yasalishi” va bo‘ysundirilishi emas, balki shaxsning rivojlanishi, “uning qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinishi”dir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’yektlarining shaxsiy majburiyatlari (funksiyalari) rivojlanishining to‘laqonli namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ko‘zda tutadi.
Shaxsiy funksiyalar – bu shaxs tomonidan “uyg‘un rivojlangan shaxs bo‘lish”dek ijtimoiy buyurtmani amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarning namoyon qilinishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o‘zaro munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga bog‘liq holda bola o‘zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda (tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko‘rishni o‘rganadi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo‘llari pedagogning qadriyatli yo‘nalishlariga, ya’ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, yo‘l-yo‘riqlar, ishonch-e’tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi. Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashda hamda imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotchi hududidagi guruhlardagi holat shunday yaratiladiki, bunga ko‘ra u bolaning tanlovni mustaqil amalga oshirishi imkonini berishi lozim. Har bir guruhning xonasi bi nechta markazlarga ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning har birida o‘rganish va o‘ynash, tajriba va sinov o‘tkazish, boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro harakat qilish uchun yetarlicha miqdordagi materiallar mavjud bo‘ladi. Har xil guruhlarda markazlardagi to‘plamlar bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan ular almashtirilishi, bir markaz boshqasiga transformasiyalanishi mumkindir. Masalan, syujetli-rolli markazi bir vaqtning o‘zida tasviriy faoliyat markazi bo‘lishi, boshqa vaqtda esa kitoblarni tomosha qilish va o‘qish markazi bo‘lishi mumkin. Lekin kitoblarni toza havoda ham o‘qish mumkin, shuning uchun maktabgacha ta’lim markazi hududini ham rivojlantiruvchi muhitning muhim tarkibiy qismi sifatida olib qarash kerak bo‘ladi. Maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlarda 5 tadan kam bo‘lmagan turli xil faoliyat markazlarini ko‘zda tutish tavsiya qilinadi1.



1


Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling