Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi diqqat


Download 176.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi176.01 Kb.
#1750961
  1   2   3   4
Bog'liq
pdf



Bilish jarayonlari 
psixodiagnostikasi diqqat



Diqqat psixodiagnostikasi.

Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan 
foydalanish masalalari.

Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan 
foydalanish imkoniyatlari.

Xotira psixodiagnostikasi.


Diqqat psixodiagnostikasi 

Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi 
(S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova 
(1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik 
diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. 
(I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; 
A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari 
uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik 
metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Psixologiya bo‘yicha mavjud 
o‘quv qo‘llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‘rgani metod va 
metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; 
M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986).

Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini 
baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos 
emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni 
tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar 
va metodlar majmuidan iborat. 


SEGEN DOSKASI

Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan 
ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, 
motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq 
qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi. 



Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan 
murakkabligi bilan ajralib turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 
2 - doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki qismdan iborat; 3 -
doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada ikki 
qismdan iborat 5 figura.

Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar
stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, 
har bir figurani o‘z joyiga qo‘yishni so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator
2-3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning o‘zi topshiriqni
qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va xato
qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‘yishda bola qanchalik
diqqat-e'tiborli, buni u qanchalik o‘rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga
e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi
qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni bajarish vaqti, 
uning qilgan harakatlari maxsus qog‘ozga yozib boriladi (3-
jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng
unga yordamlashish mumkin.



Download 176.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling