Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi


Download 62.65 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi62.65 Kb.
#1385746
Bog'liq
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi

Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi

Reja:

1.Diqqat psixodiagnostikasi.

2.Korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish.

3.Intellekt testlardan foydalanish imkoniyatlari


Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Psixologiya bo‘yicha mavjud o‘quv qo‘llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‘rgani metod va metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986).
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o‘tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‘z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi.
Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o‘rganish uchun metodikalar
Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobiliyatlilik sur'atini xarakterlaydi. Ma'lumki, bola hayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits, 1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda, hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi (E.A.Golubeva, 1980; E.B.AYurova, 1986).
Bu metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu metodikani qo‘llash uchun sinaluvchi bir necha o‘nliklar ichida eng sodda arifmetik operatsiyalar – qo‘shish va ayirishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‘shilishi va ayrilishi kerak bo‘lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog‘oz taklif etiladi.
Krepelin bo‘yicha hisoblashda, (masalan: 30 da 3 gacha, 100 dan 7 gacha) tadqiqot qarorida to‘xtab qolishning uzoqligi va xatolar xarakteri qayd etib boriladi.
Masalan:
30-3....27....24....21....19*....18....15....12....9....6....3....0
Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) bilan belgilab qo‘yiladi, sinaluvchiga xatolarni to‘g‘rilash taklif qilinadi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra «nuqta» shartli ravishda 1 soniyaga to‘g‘ri keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobiliyati jadalligini o‘rganishga ham mo‘ljallangan. Bajarilgan qo‘shish va ayirishlar soni ko‘pligi aqliy malakaning avtomatlashganidan, diqqatni uzoq vaqt bir narsaga to‘play olish qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi. Bajarilgan topshiriqlar sonining kamligi, ko‘p to‘xtab qolish faol diqqatning barqaror emasligidan, psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.
Tajribani bir sinaluvchi ustida inividual va guruh bilan o‘tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin, sinaluvchilarga ko‘rsatma beriladi va 1 daqiqa davomida mashq qildirib o‘rgatiladi, mashqlardan so‘ng sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba 5 daqiqa davom etadi (3-ilova).
Tadqiqot natijalarini qayta ishlash maxsus qog‘oz orqali amalga oshiriladi. Unda o‘chiriladigan harflar o‘rni va o‘chiriladigan harflar soni o‘ng tomonda va har bir qatorga o‘tganda bu o‘chiriladigan sonlarning yig‘indisi chap tomonda beriladi. Kalit (blank)ni sinaluvchi qog‘ozi ustiga qo‘yib tadqiqotchi miqdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin.
Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak
Tajriba o‘tkazish uchun bir xilda bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi.
Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‘lgach, eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.
Download 62.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling