Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yunalishlari
Tafakkur va borliqning birligi
Download 83.35 Kb.
|
bilish
Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o’rtasida birlik mavjud. Tafakkur ularning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining obyektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo’llashi mumkin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o’ziga ongsiz tarzda yo’l ochadi.
Inson o’zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi a’zolari orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g’oyalar, masalan, Yerning yassi tuzilishi, Quyosh Yer atrofida aylanishi kabi g’oyalar manbai hamdir. Bu ko’pincha sezgi a’zolarining ma’lumotlariga ishonchsizlik uyg’otgan, rasionalistlar bu a’zolarning bilishdagi rolini kamsitishi va bilishda asosiy rolni tafakkur o’ynashini qayd etishiga sabab bo’ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e’tiroz bildirib, bilishda xatolarga ko’proq tafakkur yo’l qo’yganini qayd etadilar. Ularning fikricha, hayvon tabiat yo’llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida sezgi a’zolari orqali idrok etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hyech narsani o’ylab topmaydi va shuning uchun ham ular aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xomxayollar qurboni bo’ladi. Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar qayd etishicha, qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, matematikaga irrasional, ba’zan – kasr sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o’z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan isbotlashga harakat qilganlar. Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga majbur qilgan, bu esa matematikaning analitik metodlari Uyg’onish davriga qadar zamondan orqada qolishining sabablaridan biri bo’lgan. Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo’lmagan narsa tafakkurda ham bo’lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, sxemalar, tabiiy, sun’iy til va hokazolar ko’rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko’ra olmaydi.
Download 83.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling