Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yunalishlari


Download 83.35 Kb.
bet39/43
Sana08.01.2022
Hajmi83.35 Kb.
#250759
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
bilish

Mulohaza fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog’lash yo’li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi (yoki rad etiladi). Masalan, «Terak – o’simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o’simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch kelamiz.

Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o’z holicha tushunchalar mavjud bo’lgan va ular bir-biri bilan mantiqan bog’lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo’lmas edi. Ma’lumki, so’zning hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstida «yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza ko’rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo’lmaydi.

Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o’zi esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin. Nima yuksakroq - tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.

Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo’lgan gap mulohazani ifodalashning og’zaki shaklidir. Har qanday mulohaza subyektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko’rilmaydigan turlari subyekt, predikat va ular o’rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikasiyalari bilan bog’liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan subyekt predikat bilan bog’langan hukm. Olovni ham, kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o’rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi.

Subyektning o’zgarishiga qarab hukmlar, masalan, shaxssiz bo’lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo’q». Yakka, ayrim va umumiy hukmlar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli bo’ladi», «Suyak – faol to’qimalardan biri». Hukmlar tasdiqlovchi va inkor etuvchi bo’ladi: «Tanang kuchni o’simlik sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar yulduzlar emas».

Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki bilvosita yo’l bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin.

Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda tushunchalar va mulohazalar alohida o’rin to’tmaydi. Ular aqlning yanada murakkabroq harakatlari zanjiri – mushohadaning bo’g’inlari hisoblanadi.

Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo’li bilan yangi mulohaza yaratiladi.

Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti-vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan o’tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo’lmagan narsalarni oldindan ko’rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo’lgan voqyealarni bashorat qilishi mumkin.



Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o’sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog’liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko’rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleyev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.


Download 83.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling