Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni Reja


Download 31.39 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi31.39 Kb.
#1715461
Bog'liq
Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni


Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni
Reja:

  1. Bilish nazariyasi.

  2. Ilmiy jihatdan bilish nazariyasining asosiy vazifasi.

  3. Bilish shakllari.

  4. Nazariy darajada bilish.



Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimidan biri boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz, sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obyektiv dunyoning subyektiv intiqosi. U sezgi aʼzolari orqali borliq hodisalari, buyumlarning xususiyat va sifatlarini bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, „odam“ tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.

Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. 19 asr va 20 asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi.Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi.


Atrof-muhit (dunyo) obyektlari (moddiy tizimlar, voqealar, jarayonlar va
hodisalar) biz uchun bilish predmetlari hisoblanadi. Bizni oʻrab turgan material
dunyoni bilish (anglash)da tabiat qonuniyatlarini oʻrganish, tadqiq qilish, ularni
oʻzaro bogʻliqligi, uzviyligini baholash, moddiy boyliklarni hisobga olish,
mahsulotlarni sifatini aniqlash, kishilarning u yoki bu faoliyatini miqdoriy baholash
muhim ahamiyatga ega. Albatta har qanday miqdoriy informatsiya oʻlchash
yordamida olinadi (aniqlanadi). Shunday qilib, oʻlchashlar bilish jarayoni,
oʻlchash informatsiyasini olish amali esa bilish (anglash) amalidir.
Ilmiy adabiyotlarda bilish nazariyasi GNOSEOLOGIYA deb ataladi (qadim
grekchada γνοζίζ – bilim, bilish va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan). Hamon
oʻlchashlar bilish vositasi ekan, oʻlchashlar haqidagi fan – METROLOGIYA (
μετρον – oʻlchov va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan) gnoseologiyaga oid qarash
mumkin, metrologiyaning dastlabki tushunchalari esa bilish nazariyasining
elementlari hisoblanadi.

Oʻlchashlarsiz zamonaviy fanni, sanoatni, qishloq xoʻjaligini va xalq


xoʻjaligining bironta boshqa sohalarini tasavvur qilib boʻlmaydi. Hozirgi vaqtda
oʻlchashlarga bir tomonlama nuqtai nazarda qarash mumkin emas. Ba’zida
oʻlchashlarga har xil turdagi baholashlar ham taalluqli boʻladi. Masalan, oʻquvchi
bilimini ballarda baholash, kishini aqliy qobiliyatini baholash, mehnat
unumdorligini baholash va shunga oʻxshashlar.
Bilish – bilim egallash, toʻplash, uni doimiy chuqur oʻrganish
(chuqurlashtirish), kengaytirish va takomillashtirish jarayonidir. Bilim esa bilish
natijasi.

Bilish – bu odam ongida tashqi dunyoni aks ettirilishidir.


Ilmiy jihatdan bilish nazariyasining asosiy vazifasi – barcha obyektiv
qonunlarni anglash, namoyon etish boʻlsa, uning maqsadi esa obyektiv haqiqatga
erishishdir. Shuning uchun, ilmiy bilishning xarakterli tomoni obyektivlik
hisoblanadi.
Bilishni manbai, uning asosi, uning harakatlanuvchi kuchi – amaliyotdir.
Amaliyot kishilik jamiyatining ehtiyojini hisobga olib yer maydonlarining
yuzalarini, masofalarini, jismlarning oʻlchovlarini, massalarini, vaqtni va h.k. ni, har
xil tabiatdagi jarayonlarni yuzaga kelish sabablarini, manbalarni bilishni, aniqlashni
taqozo etadi. Va albatta bular, muayyan matematik bilimlar hosil boʻlishiga olib
kelgan. Barcha bilishlik jarayoni amaliyotni vazifasi va ehtiyojidan kelib chiqadi va u muayyan muammolarni hamda ularni yechimini talab etadi. Bilishni asosi
amaliyot hisoblanadi, chunki bilish texnik vositalar, asboblar, qurilmalar, uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunda tadqiqotchining vazifasi nafaqat atrof muhit
(dunyo) dagi hodisalar, jarayonlar, voqealarni bilish va ularni tavsiflash, balki
olingan bilimlarini oʻzlarining moddiy va manaviy ehtiyojlarini, kishilik jamiyatini
rivojlanishi uchun va nihoyat hayotlarini yaxshilashda qoʻllashdir.
Bilishning shakllari ikki xil koʻrinishda boʻladi

Bilish shakllari.

Ilmiy bilish (anglash) – bu bir butun tizim boʻlib, nihoyatda murakkab
strukturaga ega. Bu strukturalarning asosiy elementlari quyidagilar hisblanadi:
- material, omillar, tushunchalar;
- ilmiy gipotezalar; qonunlar;
- konsepsiya (prinsip) va nazariyalar.
Ilmiy bilish ikkita asosiy darajani oʻz ichiga oladi: empirik va nazariy.
Empirik darajada sezgi orqali bilish ustun turadi. Bunda asosan hodisa va
moddalarning tashqi jihatlari boʻyicha faktlar yigʻiladi. Empirik darajada bilish
obyektni kuzatish, solishtirish, oʻlchash, eksperiment, tahlil qilish yoʻli va vositalari
yordamida tekshiriladi.
Nazariy darajada bilish – tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning
qonuniyatlarini, oʻzaro bogʻliqliklarini oʻzlashtirish demakdir. Bunga empirik
malumotlarni (tushuncha, nazariya, qonun, kategoriya, prinsip va h.k.) ratsional
qayta ishlash yordamida erishiladi. Nazariy darajada bilishda abstraktlash koʻp
qoʻllaniladi (bunda predmetlarni qator xossalari va munosabatlari ajratiladi);
ideallashtirish – koʻrilayotgan obyekt obrazini fikran yaratish; sintez – tahlil qilish
natijasida hosil boʻlgan elementlarni tizimga birlashtirish. Nazariy jihatdan
tushuntirish va tekshirish asosida kelajakni ilmiy jihatdan oldindan koʻra bilish, fikr
yuritish mumkin boʻladi.
Nazariy darajada bilishning asosiy strukturasi ilmiy muammo, gipoteza va
nazariyadan iborat boʻladi.
Ilmiy muammo – bu eski mavjud nazariya yordamida tushuntirib
boʻlmaydigan yangi omillar sodir boʻlganda kelib chiqadigan savol. Yangi
muammoni yechish uchun urinish gipotezani kelib chiqishiga olib keladi. Gipoteza
– bu taxminiy bir qator faktlar asosida shakllangan boʻlib, uning haqiqiyligi absolyut
aniqlikda isbotlanmagan, lekin bir muncha ehtimoliy ilmiy muammodir.
Ilmiy gipoteza albatta prinsipial tekshiruv shartlarini qanoatlantirishi zarur.
Gipoteza – tahlil qilinadi, mantiqiy munozara qilinadi, eksperimental tekshiruvdan
oʻtkaziladi. Agar tekshiruvlar natijasida gipotezani tasdiqlovchi takroriy isbotlar
olingan boʻlsa, u holda qonun statusiga oʻtadi.
Qonun bazasida ilmiy nazariya, ya’ni ilmiy bilim shakllanadi, bu esa real
dunyoning muayyan sohasidagi qonuniyatlarning va ichki uzviy bogʻliklarini bir
butun aks ettiradi. Istalgan nazariyaning asosiy elementi bu qonun, shuning uchun
uni qonunlar tizimi deb qarash kerak-ki, u tekshirilayotgan real obyektning
mohiyatini yoritib beradi. Ilmiy nazariyalarga misol qilib Nyuton yaratgan klassik
mexanika, elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi Maksvell nazariyasi, Eynshteynning
nisbatlar nazariyasi, D.J. Teylorning xatoliklar nazariyasi, Shuxart Deminning sifat
tizimining statistik usullari toʻgʻrisidagi nazariyasi va yana bir qator nazariyalarni
keltirish mumkin.

Empirik va nazariy darajadagi bilishlar oʻzaro bir – biri bilan bogʻliq. Istalgan


nazariyani yaratilishiga amaliy tajriba va uni tajribada toʻgʻri tekshirilgani
boshlangʻich turtki boʻladi. Empirik (tekshiruv) tadqiqot yangi malumotlarni
namoyon qiladi va nazariy bilishga asosiy stimul boʻlib, oʻz navbatida empirik bilish
vositalari va metodlarini takomillashtirishga moʻljallaydi va yoʻnaltiradi.
Download 31.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling