Bilish va bilim


Download 34.31 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi34.31 Kb.
#233370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilish va bilim

metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o`z harakteriga ko`ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo`linadi.

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo`lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish, induksiya va deduksiya, kiyoslash va modellashtirish kabilarni ko`rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida ko`zatish, eksperiment, takkoslash umumilmiy metodlar bo`lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar xisoblanadi.

Хususiy ilmiy metodlar har bir fanning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suxbatlashish, anketa surovi, xujjatlarni o`rganish sotsiologiya faniga xos bo`lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to`g`ri metodni tanlash bilishda muvaffakiyat garovi xisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o`rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o`rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to`g`ri belgilashga yordam beradi.

Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Ilg`or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muxim yutuq bo`lib, u ilgarigi ilmiy


Download 34.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling