5-ma’ruza mashg’uloti


Download 32.22 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi32.22 Kb.
#1762748
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza mashg’uloti-fayllar.org


5-ma’ruza mashg’uloti

5-ma’ruza mashg’uloti: Analiz va sintez metоdlari. Bоshlang’ich sinf matematikasida analiz va sintez metоdlaridan fоydalanish. Masalani tahlil qilishda analiz va sintez usullari. Arifmetik usulda masala yechish. Harfiy ifоdalar tuzishga o‘rgatish yo‘llari. Algebraik usulda masala yechish
Reja:


  1. Analiz va sintez metоdlari. Bоshlang’ich sinf matematikasida analiz va sintez metоdlaridan fоydalanish.


  2. Masalani tahlil qilishda analiz va sintez usullari.


  3. Arifmetik usulda masala yechish. Harfiy ifоdalar tuzishga o‘rgatish. yo‘llari.


  4. Algebraik usulda masala yechish.


Tayanch ibora va so’zlar:Masalani tahlil qilish, analiz va sintez usullari
O’quvchilarga masalalar tuzishni o'rgatish hamda ularga masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o'z aksini tonishini anglab olishlarida yordam berish zarur.
Ular masala tuzilishini o'rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan soniarning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishni, qo'shish va ayirish amallarini ongli tanlash hamda ifodalashni, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday miqdoriy o'zgarishlarga olib kelishini tushunib oladilar. Bolalar masala savoliga to'liq va to'g'ri javob berishga o'rganib boradilar. Bu davrda sonli material yo birinchi beshlik bilan chegaralanadi, yoki ikkinchi beshlik ichida 1 ni qo'shadilar yoki ayiradilar.
Ikkinchi bosqichda bolalar qo'shish va ayirish amallarini asosan tanlashgagina o'rgatilib qolmay, balki 1 talab qo'shish va ayirish usuliaridan to'g'ri foydalanishga yoki oldin 2 sonini, keyin 3 ni ayirishni o'rgatib boriladi. Bolalarning masalada berilgan sonlarni ajratib olishni o'rganishlari hamda kelib chiqadigan miqdor o'zgarishlarning ma'nosini tushunib olishlari uchun ko'rsatmali ko'rgazmalar zarur. Boshlang`ich matematika o`qitishda o`quvchilarning mantiqiy fikrini ustirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Matematik bilmlarni bolalar aniq tushinish uchun moslashtirilgan narsalarni o`zaro bog`liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar.
Narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni «tahlil» deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o`zaro bog`lab o`rganishni esa «sintez» deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operasiyasi bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir.
Tahlil va sintez o`zaro bog`langan bo`lib, arifmetik qonuniyatlarni o`qitishda qanday qo`llansa, misol va masalalar yechishda ham shunday qo`llaniladi.
O`qitishning birinchi qadamidayoq, ya’ni, birinchi o`nlikni o`qitishda o`quvchilar ko`rgazmali qurol yordamida predmetlar to`plamini ularni tuzgan elementlarga ajratib tahlil qiladi va ko`rgazma asosida elementlar sintez (birlashtirib) qilib to`plam hosil qiladi.
Shunga o`xshash ko`rgazmali tahlil va sintezlar natijasida o`quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, eng yuqori ko`rsatgichdan ongli tahlil va sintez qilishga erishadilar.
Masalan, o`quvchi o`qituvchi yordamida «1- qatorga 5 ta tiko, 2- qatorga 4 ta damas o`yinchoq-mashinalarini joylashtiradi. Ikki qatorga necha mashina joylashtirildi» - degan masalani yechish kerak.
Oldin o`quvchi o`qituvchi yordamida masala mazmunini tahlil qiladi. Masalada berilgan sonlarni (5 va 4) alohidaga ajratib, masalani shart va savol qismini aniqlaydi. O`quvchi ikki qatordagi markalarni fikran o`zaro birlashtirib sintez qiladi va masalaga javob topadi.
Bu yerda o`quvchi eng avval masalani tahlil qiladi, masalada sonli berilganlarni va talab qilinganlarni aniqladi va sintez qilib javob topdi.
Boshlang`ich matematikani o`qitishda taqqoslashdan ham keng foydalaniladi. Taqqoslash yordamida son, misol va masaladagi narsalarning bir xil va farq qiluvchi tomonlari aniqlaniladi.
Masalan, o`quvchiga sonni bir necha birlikka va bir necha marta orttirish to`g`risida taqqoslash berilgan bo`lsin:
Necha birlikka katta? Necha marta katta?
Bir qutida 6 ta qalam bor, ikkinchisida undan 3 ta ortiq qalam bor. Ikkinchi qutida nechta qalam bor? Bir qutida, 6 ta qalam, ikkinchi qutidagi qalamlar soni undan 3 marta ortiq, Ikkinchi qutida nechta qalam bor?
O`qituvchi rahbarligida o`quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar ham bir xil. Farqi: 1-masalada 2- qutida uchta qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq qalam bor deyiladi.
Masala yechilgandan keyin o`quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi. 1-si qo`shish, ikkinchi masala ko`paytirish bilan bajarildi. Shundan keyin masala sharti bilan masalani yechish usulini moslashtiradi.
Natijada o`quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab tushunib oladi.
Masalani tahlil qilishda analiz va sintez usullari.
Masalalar yechish
M urakkab m asalalam in g b a ’zi xillarini yechish. 0 ‘quv ch ilar sodda masalalar shartini analiz q ilish va shu asosda am al tanlash m alakasi egallab o lganlaridan keyingi m urakkab m asalalarini y ech ish g a o ‘tish mumkin. Analiz va sintez, bir tomondan, bilish jarayonlari bo‘lib, barcha aqliy faoliyat turlari pirovard n atijada ularga keltiriladi. M ana shu jih atd an ular p sixologiyaning o ’rganish obyektlaridir. Bu tadqiqotlarn in g asosiy natijalari didaktikada ishlab chiqilgan o‘qitish tamoyillari va usullari asosida yotadi. Ikkinchi tom ondan, analiz va sintez fanda yangi bilim lam i hosil q ilish n in g m antiqiy y o ‘llaridir. 0 ‘q u v ch ilam i analiz va sintezga o ‘rg atish vazifasi k o ‘p d arajada boshlang’i ch sinflarda matematikani o ‘q itish d a hal etilishi lozim.
Matematikada analiz d ey ilg an d a aso san isbotlanayotgan da’vodan rostligi ilgari isbotlangan yoki isbotsiz qabul qilin g an d a ’volarga olib k eladigan fikrlash tushuniladi. Analiz isbotning tuzilishiga emas, balki faqat uning g ‘o y asig a olib keladi. Sintez, bu topilgan isbotlash g ‘oyasi aso sid a rost d a ’vo lar shartida berilgan m a’lum otlardan q anday q ilib isbotlanayotgan d a ’vo hosil bo‘lishini ko‘rsatuvchi fikrlashdir.
Boshlang‘ich sinflarda analiz va sintezdan bilim bo’lagi sifatida foydalanish sohasi arifmetik xossalar, tenglamalar va isbotlashi talab etiladigan jumlalar to‘plamidan iboratdir. Masala shartini analiz qilish m alakasini tarkib to p tirish n in g bir q ato r im koniyatlari m avjud. Shulardan m iso llar keltiram iz, m ustaqil bajaring:
1 . 0 ‘quvchilar bir tup pom idordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga qaraganda 1 kg ortiq p o m id o r terishdi. 0 ‘qu v ch ilar ikkinchi tupdan qancha p o m id o r terishgan?
2. 0 ‘quvch ilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan esa birinchisiga q arag an d a 1 kg kam p om idor terishdi. 0 ‘q u v ch ilar ikkinchi tupdan
qan ch a p o m id o r terishgan?
3. 0 ‘q u v ch ilar b ir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan q arag an d a 1 kg p o m id o r terishdi. 0 ‘quv ch ilar ikkala tupdan qancha p o m id o r terish gan?
4.O‘quv ch ilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan 1 kg. p o m id o r terishdi. O‘quvchilar birinchi tupdan ikkinchisiga qarag an d a necha kg pom idor ortiq terishgan?
O’qituvchio ‘quvchilarga bir q ato r shunday m asalalam i berib, ulardan q o ‘shish (ayirish) amali b ilan y echiladigan m asalalam i k o ‘rsatishni talab qiladi. M asala sh artin in g to ‘la analizini b olalarda shakllan tirish kerak, bunda shunday vaziyat topish kerakki, m asala savoliga e ’tib o r berish shart b o ‘lsin.
M isollar keltiramiz:
1.Olim ning qancha puli b o ‘lgan? U ning o ‘zid a 50 s o ‘m bo’lgan va yana onasi 20s o ‘m bergan.
2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. U laming buvisida qancha olma bor? v) Hovlida 4 ta o ‘g ‘il bola o ‘ynayotgan edi., ularga ana 3 ta qiz kelib q o ‘shildi. Hovlida nechta qiz bola o ‘ynay boshladi?
Birinchi masalada bolalar uchun nima berilganini va nimani toppish kerakligini aniqlash qiyin, chunki masalaning berilganlari bilan savoli o ‘rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala hazil masaladir. Bunda bolalaning butun e’tibori masala savoliga qaratilishi kerak.

Download 32.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling