Bilish va bilim


qarashlarda muxim o`zgarishlarni vujudga keltirdi. Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muxim o`rin tutadi. Haqiqat


Download 34.31 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi34.31 Kb.
#233370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilish va bilim

qarashlarda muxim o`zgarishlarni vujudga keltirdi.

Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muxim o`rin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining vokelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi xisoblanadi. Haqiqat o`zining mazmuniga ko`ra mutloq va nisbiy bo`lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo`lib, ularning majmuasidan mutloq haqiqat vujudga keladi.



Haqiqat o`z mazmuniga ko`ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xoxish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, O`zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o`z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin bo`zish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo`ladi va o`z qadrini yo`qotadi. Shuningdek, haqiqat xech kachon mavxum emasdir. U hamisha konkretdir. Хegel so`zlari bilan aytganda, nimaiki voke bo`lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vokelikdir. Haqiqat mazmunining konkret harakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.

Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muxim ahamiyatga egadir. O`zok yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob’ektivlik, holislik ilmiylikning muxim mezoni deb xisoblab kelindi. Birok XX asr o`rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini kuya boshladi. Aqlli mavjudot bo`lgan inson har kachon tabiatni o`rganishda hamisha o`z manfaatlarini ko`zlaydi. Тabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoklama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafkatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo`lish zaruriyati chuqurrok anglana boshladi.

Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy bog`liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi: insoniyat o`z tarixini yaratuvchi va o`z-o`zini biluvchidir.



Тabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Тabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga xech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o`zgaruvchi sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan muxim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish soxalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va G`oyalarni ham o`rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy G`oya va milliy istiqlol mafko`rasini shakllantirishda muxim rol o`ynaydi.

Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-qadrlarda muayyan ilmiy layokat va qobiliyatlarni shakllantirishga kumaqlashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga quyilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o`rganish, ulug` ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Download 34.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling